20. Qaysi qatordagi so‘zda qo‘sh undosh xato qo‘llangan?
A) taraddud B) shilliqqurt C) yashshamagur D) hiqqildoq
21. Qaysi qo‘shimchalar doimiy morfologik yozuv qoidasi asosida yozilmaydi?
A) fe’l nisbatlari yasovchi qo‘shimchalar B) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga C) fe’lning zamon va shaxs qo‘shimchasi -di D) A,B
22. Qaysi qatordagi so‘z xato yozilgan?
A) tahqir B) taxir C) taqir D) tahir
23. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) qaytatdan, xushta’b B) qaytadan, hoynahoy
C) qiymatbaho, hoy-u havas D) qo‘qisdan, shaxanshoh
24. Qaysi qatordagi so‘z imlo qoidalariga ko‘ra xato yozilgan?
A) hayhot B) hatti-harakat C) xushhol
D) xohlovchi
25. Qaysi so‘zda (‘) belgisi noo‘rin qo‘llangan?
A) ta’ma qilmoq B) ta’m bilmoq
C) ta’zirini bermoq D) ta’riflamoq
Do'stlaringiz bilan baham: |