15. –in qo‘shimchasi ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) o‘zlik nisbatini hosil qiluvchi qo‘shimcha B) o‘zlik va majhul nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimcha C) nisbat shaklini hosil qiluvchi va ot yasovchi qo‘shimcha D) shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi qo‘shimcha
16. Changi (ot) – changi (fe’l) so‘zlaridagi –i qo‘shimchalari qaysi jihati bilan bir-biridan farq qiladi?
A) urg‘u olish-olmasligiga ko‘ra B) vazifasiga ko‘ra
C) tuzilishiga ko‘ra D) A,B,
17. Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so‘zidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
18. Qaysi gapda no- old qo‘shimchasini so‘z yasovchi sifatida ajratib bo‘lmaydi?
A) Noto‘g‘ri narsalarni bo‘yab ko‘rsatishlarni rad etmoq darkor. B) O‘zini bilimdon deydigan nodondan qoch.
C) Noo‘rin savol xunuk javobga sabab bo‘ladi. D) Agarda til har narsani valdirayversa, hamma o‘zini noqulay sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |