Masala yechimi (o`zgaruvchilar)ni joylashtiriladigan yacheykalarning adresini
Chiziqli dasturlash masalasini yechishda Excel dasturining qo`llashni quyidagi masalada
Masala
“Chor devor” firmasi qurilish kompaniyalariga eshiklar yetkazib beradi. 10 kishi
haftasiga 5 kun 8 soatdan ishlaydi. Jami bir haftalik ish vaqti 400 soatni tashkil etadi. Ishlab
chiqarish ikkita tehnologik jarayondan iborat. 1) Eshiklarni ishlab chiqarish; 2) Ishlov berish.
400 soatning 250 soati ishlab chiqarishga va 150 soati yakuniy ishlov berishga . “Chor devor”
3 turdagi eshiklar yasaydi.: Standart, polirollangan va o`ymakor. Bu eshiklarning 1tasini
ishlab chiqarishga ketadigan ish sarfi va undan olinadigan foyda jadvalda keltirilgan. Firma
foydasi maksimal bo`lishi uchun har bir turdagi eshiklardan nechtadan ishlab chiqarish
kerak?
Eshik turi
Ishlab chiqarishga
(minut)
Ishlov berishga
(minut)
Foyda (ming
so`m)
Standart
30
20
178
Polirollangan
30
30
218
O`ymakor
60
30
278
Masalaning matematik modelini tuzing.
MS Excel dasturining “Yechimni qidirish” dasturi yordamida masalaning kompyuter
modelini tuzing va yechimni toping.
v) Olingan natijalarni tahlil qiling va iqtisodiy jihatdan talqin qiling.
g) Masalaning optimal yechimini yanada yaxshilash uchun masala shartida qanday
o`zgartirishlar amalga oshirish zarur deb hisoblaysiz? Taklifingizni asoslab bering.
d) Masalani yanada rivojlantirish uchun (masalan, masala modelida avval hisobga olinmagan
boshqa omillarni modelda aks ettirish) nima taklif qila olasiz?
Masalaning yechilishi
Biz masalaning matematik modelini tuzishda korxona foydasini maksimal ko`rsatkichga
yetishini ta`minlashimiz kerak. Masala shartiga ko`ra firma 3 turdagi eshiklar ishlab
chiqaradi. Korxona o`zining mavjud ish vaqti resurslaridan foydalanib 3 turdagi
eshiklarning har biridan shunday bir miqdorda ishlab chiqarishi kerakki, bu kombinatsiya
firma foydasini maksimal qilsin. Firma foydasini maksimal qiladigan eshiklar ishlab
chiqarish kombinatsiyasini o`zgaruvchilar, ya`ni x1, x2, x3qilib belgilab olamiz.
X1 – firma foydasini maksimal bo`lishini ta`minlaydigan 1-turdagi (standart)eshikning ishlab
chiqarilish miqdori.
X2 – firma foydasini maksimal bo`lishini ta`minlaydigan 2-turdagi (polirollangan)eshikning
ishlab chiqarilish miqdori.
X3 – firma foydasini maksimal bo`lishini ta`minlaydigan 3-turdagi (o`ymakor)eshikning
ishlab chiqarilish miqdori.
Maqsad funksiyamiz maksimalga intiladi, demak quyidagicha ko`rinishga ega
bo`ladi:
U(x1, x2, x3) maks
Maqsad funkisyani matematik ko`rinishini tuzish uchun o`zgaruvchilarni mos ravishda har
bir eshik turidan olinadigan foyda miqdoriga ko`paytirib, qo`shib chiqamiz:
U(x1, x2, x3) = 178x1+218x2+278x3
Endi chegaraviy shartlarni kiritib olamiz. Korxona umumiy ish vaqti byudjeti
haftasiga 400 soatni tashkil etadi. Biz buni minut hisobga aylantirib olamiz. 400 soat 24000
minutga teng. Firma 24000 minutning 15000 minutini eshik ishlab chiqarishga, qolgan 9000
minutini eshiklarga ishlov berishga sarflaydi. Ishlab chiqarish va ishlov berishga ketadigan
vaqt sarfi belgilanganidan oshib ketmasligi kerak. Aynan shu shart masalaning chegaraviy
shartlari hisoblanadi. Chegaraviy shartlarni quyidagicha ifodalaymiz:
G1=30x1+30x2+60x3 ≤ 15000
G1=20x1+30x2+30x3 ≤ 9000
B) Bu masalani MS Excel dasturi yordamida yechishda biz “СУММПРОИЗВ” va “
Do'stlaringiz bilan baham: