Amaliy mashg’ulotlar 1- amaliy mashg’ulot mavzusi



Download 2,98 Mb.
bet7/50
Sana21.06.2022
Hajmi2,98 Mb.
#689010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
amaliy

Asosiy matn: Eng qadimgi kasrlar butun sonlarning teskari yozilgani boʻlgan. Bu qadimiy belgilar ikkining bir qismini, uchning bir qismini, toʻrtning bir qismini va hokazoni ifodalagan. Misrliklar misr kasrlaridan eramizdan avval taxminan 1000-yillarda foydalanishgan. Taxminan 4000 yil avval misrliklar sonlarni kasr bilan boʻlish uchun bir oz boshqacha uslublardan foydalanishgan. Ular surati bir boʻlgan kasrlar ustida amallar bajarish uchun eng kichik umumiy boʻluvchidan foydalanishgan. Ularning uslublari zamonaviy uslublar bilan bir xil natijalar bergan.
Yunonlar surati bir boʻlgan kasrlardan foydalanishgan. Eramizdan avvalgi taxminan 530-yilda yunon faylasufi Pifagorning shogirdlari ikkining kvadrat ildizini kasr koʻrinishida yozib boʻlmasligini aniqlashgan. Eramizdan avvalgi taxminan 150-yilda hindistonlik jainchi matematiklar „Sthananga sutra“ (talaffuzi: Sananga sutra) asarini yozishgan. Bu asarda sonlar teoriyasi, arifmetik amallar va kasrlar ustida amallar haqida yozilgan.
Bir sonni ikkinchisi ostida yozish va kasrlarni hisoblash usullari bizning eraning 499-yili atrofida Aryabhatta yozgan asarda uchraydi. Sanskrit adabiyotlarda kasrlar yoki ratsional sonlar doim butun son va uning ketidan kasr son koʻrinishida yozilgan. Kasr son butun son yozilgan qatorning ostiga yozilgan. Kasrning oʻzi ikki qatorda yozilgan. Birinchi qatorda yozilgan surat amsa deb atalgan, ikkinchi qatorga yozilgan maxraj cheda deb atalgan. Agar kasr biron-bir boshqa belgisiz yozilgan boʻlsa, demak bu kasrni yuqoridagi butun songa qoʻshish kerak boʻlgan deb tushuniladi. Agar kasrning oʻng tarafiga kichkina aylana yoki „+“ belgisi qoʻyilgan boʻlsa, bu kasrni butun sondan ayirish kerak boʻlgan deb tushuniladi. Masalan, hind matematigi Bhaskara I quyidagicha yozgan:
६ १ २
१ १ १
४ ५ ९ Yaʼni,
6 1 2
1 1 1
4 5 9
yozuvi 6+1/4, 1+1/5 va 2-1/9 ni ifodalagan.
Oʻrta asrlarda yashagan marokashlik musulmon matematik Abu Bakr al-Hassar birinchi marta surat va maxrajni ajratuvchi gorizontal chiziq haqida yozgan. Oʻz asarida al-Hassar: „…masalan, agar sizga beshdan uch va beshdan birning uchdan birini yoz deyishsa, bunday deb yozing: {\displaystyle {\frac {3\quad 1}{5\quad 3}}} .“ Kasrni shu uslubda yozish ozginadan keyin 13-asrda Leonardo Fibonaccining ishlarida ham uchraydi.
Fors matematigi Jamshid al-Kashi oʻnli kasrlarni 15-asrda oʻylab topganman deb aytsa ham, J. Lennart Berggrenga koʻra u adashgan. Chunki oʻnli kasrlar undan 5 asr oldin, yaʼni 10-asrda yashagan Bogʻdodlik matematik Abu'l-Hasan al-Uqlidisi ishlarida uchraydi.Matematika tarixchilari orasida al-Uqlidisi birinchilardan boʻlgani haqida har xil qarashlar boʻlsa ham, uning oʻnli kasr tushunchasiga katta hissa qoʻshganiga shubha yoʻq.


Kasr (yoki kasr son) deb shunday natural sonlar juftiga aytiladiki, ulardan chiziqcha ostiga yozilgani ob’ekt nechta teng bo’lakka bo’linganligini, ikkinchisi, chiziqcha ustiga yozilgani esa hosil bo’lgan ulushlardan nechtasi olinganligini bildiradi: 3/4, 7/8. Ulushning va kasrning ta’riflarini solishtirish ulush kasr sonning hususiy holi ekanligini ko’rsatadi. Ta’riflarda biz bilib turib “surat”, “maxraj” so’zlarini ishlatmadik, chunki ular boshlang’ich maktabda ishlatilmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki kasrlarni chiziqcha bilan yozuvi va o’qilishi, masalan, “to’rtdan uch”, “to’qqizdan yetti” va hokazolar eramizdan avvalgi VIII asrda Hindistonda, keyinchalik u Yevropaga (XII-XIII sarlar) o’tgan. Yosh pedagog – o’qituvchilar yo’l qo’yadigan xatolar va hokazolar nimani bildirishini tushuntirishlarida sodir bo’ladi. O’qituvchilar ko’pincha bitta narsa ikkita (uchta, beshta) teng bo’lakka bo’lingan deb aytishadi. Bunday tushuntirish keyonchalik 3/5 yozuvini tushunishni qiyinlashtiradi. Ulush tushunchasining kiritilishini o’quvchilarga bunday kirish suhbati yordamida asoslab berish zarur: “Qarang bolalar, mana bu bir bosh sarimsoq piyoz. Agar uning usti qismini olib tashlasak, bir nechta “tishchalarini” yoki ulushlarini ko’ramiz, agar apelsinning po’stini archsak, u 10 ta uluhga oson bo;linadi. Demak tabiatda butun narsa bir nechta bo’laklarga bo’linadi, mehnat faoliyatlarida odamlarning ham bir narsani ko’pincha bir necha teng bo’laklarga bo’lishiga (qirqishiga, kesishiga, ajratishga) to’g’ri keladi. 9 Masalan, duradgor, bir nechta taxtani bo’la turib, har bir taxtani bir necha teng bo’laklarga ajratishiga to’g’ri keladi, bog’bon gulzorni teng bo’laklarga bo’ladi. Bizning sinf ham guruhlarga bo’linadi. Narsa teng bo’laklarga bo’lingan holda u ulushlarga ajratilgan deb aytiladi. Ulushlarga har doim ham ajratish mumkin bo’lavermaydi. Masalan, piyolani teng ajratish mumkin emas. Biroq olmani, kartoshkani, nonni, gazlamani va hokazolarni bo’lish va bu holda ulushlar haqida gapirish mumkin. Ulushlar bilan mehnat darsida, o’qituvchi rahbarligida applikatsiya ishlarini o’tkazish vaqtida tanishtirish mumkun. Bundan tashqari ulushlarga masala va misollar keltirish mumkin. Masala: Tushlik qilgandan so’ng onam Shuhratga bir dona apelsin berdi. U apelsinni teng ikkiga bo’ldi va yarmini kichkina singlisiga berdi. Apelsinning yarmini apelsinning “ikkidan bir qismi” desak bo’ladi. Bu son - 1/2 deb yoziladi.

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish