Amaliy mashg’ulotining ta’lim tеxnologiyasi


Himoyada jamoa harakatlari



Download 4,14 Mb.
bet15/15
Sana03.02.2022
Hajmi4,14 Mb.
#427133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7 - amaliy mashg\'ulot

Himoyada jamoa harakatlari: Jamoa harakatlari himoyada muhim rol o’ynab o’yinning taqdirini hal qilishi mumkin. SHaxsiy himoya jamoa himoyachilari bittadan hujumchini qo’riqlab yuradilar. Un to’p olib yurishiga, sheriklariga to’p chiqarishi va qabul qilish, darvozaga to’p otishi, umuman maydon bo’ylab harakatlanishiga to’sqinlik qiladilar. SHaxsiy himoyada himoyachilar tez-tez almashini turishi hujumchilarni chalg’itadi. Zonadagi himoyalarda hujumchilarni himoyachilar o’z zonasida qabul qilishib shu zonada ularning har qanday harakatlarini chegaralashga intiladilar.
Himoyada ja­moa harakatlarini tashkil etishni quyidagi usullari ham mavjud: Himoyachilar vazifalarini tez almashtirib turishi. Himoyada himoyachilar sonini tez orttirishi. Himoyachiing hujumchiga qarshi usullar qo’llashi. Uloqtirilayotgan va darvozaga otilgan to’pni to’sib qolish va ushlash usullari. Himoyada jamoa harakatlari ham murabbiy tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida tashkil etiladi. Buning usullari xilma-xil bo’lishi kerak. Raqib jamoasini o’yin olib borish xususiyati hamda hujumchilarni harakatlariga muvofiq bo’lgan himoya usullarini qo’llash zarur bo’ladi.
Hozirgi kunda qo’l to’pi o’yini jahonda keng tarqalgan bo’lib, har bir davlatda zo’r qiziqish bilan mashg’ulotlar va musobaqalar o’tkazilmokda. Qo’l to’pi o’yinida ishtirok etuvchi o’yinchilardan o’yin jarayonida yuqori darajada jismoniy tayyorgarlik, texnik va taktik tayyorgarliklar talab etiladi. Yuqori malakali qo’l to’pichi bo’lish uchun tayyorgarliklar yoshlikdanoq boshlanishi zarur. Bu yosh davrni 11-12 yosh deb belgilash mumkin. Qo’l to’pi o’yini yuksak darajadagi tezkor dinamik o’yin bo’lib o’yinchidan eng avvalo yuksak darajadagi shakllangan texnik, jismoniy tayyorgarlikni talab etadi.

4-ilova
Saf mashqlari



Bir kolonnadan uch kolonnaga saf tortish yonga o‘tish bilan

5-ilova
Yugurish texnikasi.



Maydon bo‘ylab qatorni buzmasdan, yugurish yo‘lagidan chiqib ketmasdan to‘g’ri yugurish. Yugurish paytida qo‘llar va oyoqlarni to‘g’ri ishlatish, tezlikni oshirmasdan yugurish, nafas olishga e’tibor berish.
6-ilova
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni umumiy metodik ko‘rsatmalarga asosan bajarish. O‘qituvchi ko‘rsatib berishiga e’tibor berish, tushuntirgandek va ko‘rsatgandek bajarish. To‘g’ri bajarishga qiynalayotgan talabalarga alohida ko‘rsatmalar berish.
7-ilova
Ertalabki gigiyenik badantarbiya mashqlarini bajarish.

Ertalabki badantarbiyani aslida ko‘chada, xiyobon yoki stadionda o‘tkazgan ma’qul, ammo imkon bo‘lmasa, shamollatib turiladigan xonalarda o‘tkazilsa bo‘laveradi.
Mashqlar barcha muskullarga tegishli va turli harakatlarni o‘zida mujassam etadigan bo‘lmog’i shart. Badantarbiyaning mohiyati-shug’ullanuvchining barcha a’zolari mukammal rivojlanishi uchun yordam berishdan iborat. Mashg’ulotlarni buyumlar va buyumlarsiz tashkil etsa ham bo‘ladi.
8-ilova
Keys‑stadi metodi.
Keys‑stadi (inglizcha sase-to‘plam, aniq vaziyat, stadi-ta’lim)-keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir.
Keys-stadi-ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir.
Ta’lim jarayonida quyidagi “keys”lardan foydalanish mumkin:
Muammoli vaziyat:
O‘qishga kelgan o‘quvchilardan biri “Men gimnastikachiman. Yoshligimdan gimnastika bilan shug‘ullanaman hatto olimpiadalarga bir necha marta qatnashganman darslarga qatnashmasam ham bo‘ladi-dedi.
1. Shunday vaziyatda siz qanday yo‘l tutasiz?
2. O‘quvchining bunday harakatini qanday baholaysiz?
3. Mazkur holatga fikringiz?
Muammoli vaziyat yechimi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Har bir o‘qishning o‘z usuli bor. Siz shunday katta tajribaga ega ekansiz, demak, biz, mashg‘ulotlar davomida sizning tajribangiz, bilimlaringizdan foydalanishga harakat qilamiz. Bunday katta tajribaga ega inson bizga ham kerak. Mashg‘ulotlardagi sizning ishtirokingiz bizni va guruh a’zolarini quvontiradi degan umiddamiz.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, murakkab mashqlarni bajarish vaqtida, albatta, nafas olish sur’atiga e’tibor berish zarur. Aks holda, nafas tiqilib, tezda toliqib qolish mumkin. Bu ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga kelmasligi uchun mashq bajarishdan avval, dastlabki holatda to‘liq nafas olib, bajarayotgan vaqtda chuqur nafas chiqariladi.
Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish