Amaliy mashg’ulotini bajarish bo’yicha variantlar



Download 100,62 Kb.
bet1/4
Sana23.01.2022
Hajmi100,62 Kb.
#405105
  1   2   3   4

Amaliy mashg’ulotini bajarish bo’yicha variantlar

1) Topshiriqqa muvofiq funksiyaga doir bo’lgan masalalarni yechish lozim.



1- jadval



  1. Berilgan sonni kubini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordanida a,b,c,d sonlarini kubini hisoblang.

  2. Berilgan ikkita sonni “do’st son” larga tekshiradigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1, c va c1 sonlarini o’zaro do’stlikka tekshiring. Izoh: do’st sonlar deb birinchi sonning bo’luvchilari yig’indisi ikkinchi sonni, ikkinchi sonni bo’luvchilari soni birinchi sonni tashkil qilgan sonlar juftiga aytiladi.



  1. Berilgan parametrlar asosida uchburchakning yuzasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a1,b1,c1 va a,b,c parametrli uchburchaklarning yuzasini hisoblang.

  2. Berilgan a va b sonlar ichidan do’st sonlarni ekranga chop qiladigan dastur yarating. Ushbu dastur uchun do’st sonlar funksiyasidan foydalaning. Izoh: do’st sonlar deb birinchi sonning bo’luvchilari yig’indisi ikkinchi sonni, ikkinchi sonni bo’luvchilari soni birinchi sonni tashkil qilgan sonlar juftiga aytiladi.



  1. Berilgan sonni 4 darajasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordanida a,b,c,d sonlarini 4 darajasini hisoblang.

  2. Berilgan sonni tublikka tekshiradigan funksiya yarating. Bu funksiya yordamida a,b,c,d sonlarini tub songa tekshiring.



  1. Berilgan k sonini q darajasini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a ning b-darajasini va c ning d-darajasini toping.

  2. Berilgan a va b sonlari orasidagi tub sonlarni topuvchi dastur yarating. Ushbu dasturni yaratish uchun tub funksiyasini yaratib undan foydalaning.



  1. Berilgan parametrlar asosida to’g’ri burchakli uchburchakning yuzasini va radiuslarni(ichki chizilgan va tashqi chizilgan aylana) topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va b katetga, hamda c1 gipotenuza va b1 katetga ega bo’lgan uchburchaklarni hisoblang.

  2. Berilgan a va b sonlar orasidagi tub sonlarning o’rta arifmetik qiymatini hisoblang. Buning uchun tub sonlar funksiyasi hosil qiling.



  1. To’g’ri to’rtburchakning yuzasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 tomonga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning yuzasini toping.

  2. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya argumenti noldan kichik bo’lsa -1; noldan katta bo’lsa 1; nolga teng bo’lsa 0 qiymat qaytarsin. Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a)+ishora(b) ifodasi hisoblang.



  1. Kvadratning yuzini va perimetrini hisoblovchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a,b,c,d tomonga ega bo’lgan kvadratni hisoblang.

  2. Kvadrat tenglamaning izdizlar sonini va ildizlarini aniqlovchi funksiya hosil qiling.



  1. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang.

  2. n va m natural soni berilgan. Shu sonlar EKUBini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1 sonlari uchun EKUB ni toping.



  1. n natural soni berilgan. 2 ning n chi darajasini hisoblovchi daraja nomli funksiya hosil qiling. Matematik funksiyalardan foydalanmang. Daraja funksiyasini 2 xil ko’rinishda ishlab chiqing.Funksining prototipi quyidagicha bo’lsin:

void daraja(int , int *) int daraja(int)

  1. n va m natural soni berilgan. Shu sonlar EKUKini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1 sonlari uchun EKUK ni toping.



  1. 2 ta sonning o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya orqali a,b,c,d sonlaridan (a,b),(a,c),(a,d) juftliklarining o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblang.

  2. Berilgan sekundni soat minut sekund ko’rinishida chiqaradigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida t1,t2,t3 vaqtlarni hisoblang. M: 3723 sekund berilsa, natija 01:02:03



  1. Berilgan sonni factorialini hisoblaydigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a,b,c funksiyalarini factorialini hosil qiling.

  2. Palindrom funksiyasini hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarini palindromlikka tekshiring



  1. x va y butun solari berilgan. x,y nuqta qaysi chorakda joylashganligini aniqlovchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida x1 va y1, x2 va y2 nuqtalar joylashgan chorakni aniqlang.

  2. Arifmetik amallarni bajaruvchi hisoblash(int a,int b,char amal) funksiyasini hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 sonlari uchun arifmetik amallarni hisoblang.



  1. Berilgan radiusdan foydalanib aylananing uzunligini va doiraning yuzasini hisoblovchi funksiya yarating.Ushbu funksiya asosida r,r1,r2 radiuslar asosida hisoblang.

  2. Berilgan sonning raqamlar yig’indisini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida a,b,c sonlarini raqamlar yig’indisini hisoblang.



  1. Berilgan sonning n –o’rinda turgan raqamini qaytaradigan funksiya hosil qiling.Bunda agar berilgan son n ta xonadan iborat bo’lmasa 0 qaytarsin. Ushbu funksiya yordamida a,a1,a2 sonlarining n xonadagi raqami aniqlansin.

  2. Dastlabki n ta fibonachchi sonlarini chiqaradigan funksiya hosil qiling.



  1. Berilgan sanadan boshlab yangi yilga qadar qancha muddat qolganini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1,day2 kundan yangi yilgacha qancha muddat qolganini hisoblang.

  2. Berilgan kundan keyingi kunni chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1, day2,day3 larni hisoblang.



  1. Berilgan kundan oldingi kunni chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1, day2,day3 larni hisoblang.

  2. Kiritilgan yil kabisa yili yoki kabisa yili emasligini aniqlovchi funksiya hosil qiling. Izoh: Kabisa yilida 366kun mavjud, ya’ni 29-fevral bor bo’ladi.



  1. Uchta sondan kattasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c va a1,b1,c1 lardan kattasini toping.

  2. Satr toifali o’zgaruvchini uzunligini aniqlash uchun funksiya hosil qiling. Strlen ishlatilmasin. Ushbu funksiya yordamida s1,s2,s3 satrlarning uzunligi aniqlansin.



  1. A va B sonlari berilgan, Swap va uchinchi o’zgaruvchiga murojaat qilmasdan shu ikki qiymat o’zaro almashadigan funksiya hosil qilinsin. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 qiymatlar almashtirilsin.

  2. Berigan sonning raqamlar ko’paytmasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarning raqamlar ko’paytmasi hisoblang.



  1. Kiritilgan sonni xonalar sonini aniqlaydigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a1,a2,a3 sonlarining xonalar sonini toping.

  2. Ikkita tub son «egizak» deyiladi, agar bir-biridan farqi 2 teng bo‘lsa (masalan, 41 va 43 sonlari). Berilgan natural n uchun [n..2n] kesmadagi barcha «egizak» sonlar juftliklari chop etilsin. Masalani yechish uchun berilgan k sonini tub son yoki yo‘qligi aniqlovchi mantiqiy qiymat qaytaruvchi funksiya tuzish zarur bo‘ladi.



  1. Berilgan sonni uchga bo’linishi yoki bo’linmasligini tekshiradigan qism dastur yarating. Ushbu qism dastur yordamida a,b,c sonlarni uchga bo’linishga tekshiring.

  2. Kiritilgan sonni teskari tartibda chiqaradigan (son sifatida) funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarini teskari tartibda hosil qiling.




Download 100,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish