Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish


Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli kimyoviy omillar inson organizmiga ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi:-



Download 3,3 Mb.
bet16/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli kimyoviy omillar inson organizmiga ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi:-umumiy zaharlovchilar,ya’ni organizmda umumiy zaharlanish holatini keltirib chiqaruvchilar;
-sensibilirik,ya’ni organizmda ma’lum bir moddaga nisbatan sezgirlikni keskin oshirib yuboruvchilar;
-konserogen,ya’ni organizmda asta-sekin to‘planib boruvchi va keyin o‘ta xavfli o‘simtalar va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaruvchilar;
-mutagen,ya’ni organizmning genetik apparatida buzilishlar va o‘zgarishlar keltirib chiqaruvchilar.
Xavfli va zararli kimyoviy omillar inson organizmiga kirib borish yo‘li bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi:
-nafas olish organlari orqali;
-oshqozon-ichak trakti orqali; teri va shilliq pardalar orqali.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli kimyoviy omillarga turli zaharli moddalar, pestitsidlar,gerbitsidlar,neftni qayta ishlash mahsulotlari,mineral o‘g‘itlar, ishlatiladigan turli gazlar va aerozollarning ta’siri kiradi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli biologik omillarga
-turli makro-va mikroorganizmlardan
- hayvonlar,yuqumli kasalliklar viruslari,bakteriyalar,rikketlar,zamburug‘lar va ular ajratadigan mahsulotlar,shuningdek zaharli o‘simliklar kiradi.
Ruhiy-fiziologik omillarga -jismoniy,asabiy-ruhiy zo‘riqishlar kiradi.
Jismoniy zo‘riqishlar dinamik,statik va gipodinamik holatda bo‘lishi mumkin. Asabiy-ruhiy zo‘riqishlar esa kuchli aqliy mehnatdan,mehnatning doim bir xil holat va ko‘rinishda(monoton)bo‘lishligidan kelib chiqadi.Mehnatning bir xilligidan zerikish,organizmda karaxtlik,beparvolik,e’tiborsizlik,tormozlanish va boshqa shu kabi salbiy oqibatlar yuzaga keladi.
Og‘irligi va zararligi bo‘yicha ish kategoriyalari.
Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilinadigan ishlarning samarali yakunlanishi,ya’ni ko‘zlangan maqsadga erishish,mehnat sharoiti holatini to‘g‘ri tahlil qilishga va bu holatni alohida elementlar bo‘yicha,hamda qandaydir bir ko‘rsatkich bilan umumiy baholashga bog‘liq.
Mehnat sharoitini umumiy baholash ko‘rsatkichi qilib hozirgi vaqtda“ish og‘irligi” tushunchasi qabul qilingan[36].Bunga sabab mehnat sharoitini shakllantiruvchi elementlarning har xil,o‘zaro turli yig‘ma ta’siriga odam organizmining bir xilda qarshi ta’sirlanishidir.Odam organizmida og‘irligi jihatidan bir xil bo‘lgan o‘zgarishlarni turli sabablar keltirib chiqarishi mumkin.Masalan,ma’lum bir og‘ir o‘zgarishning sababi,ma’lum bir holatda tashqi muhitning zararli omili,boshqa bir holatda o‘ta aqliy va jismoniy yuklanish,boshqa bir holatda esa o‘ta asab- emotsional yuklanishda harakatning kamligi bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib,ish og‘irligi mehnat sharoitini shakllantiruvchi hamma elementlarning inson hayot-faoliyatiga,ish qobiliyatiga,sog‘lig‘iga va ishchi kuchini tiklashiga umumiy ta’sirini xarakterlaydi.Ish og‘irligini bunday ta’riflash, uni jismoniy va aqliy mehnatni baholashda bir xilda qo‘llash imkonini beradi.
Ish og‘irligining darajasi to‘g‘risida odam organizmida yuz beradigan ta’sirlanishlar va o‘zgarishlar bo‘yicha hukm chiqarish mumkin.Pirovard natijada ular ishlovchilar mehnat sharoitini baholashning sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Funksional tizimlarning zamonaviy fizik nazariyasiga asosan odam organizmining uchta funksional holatini farqlash mumkin ekan: normal holat;chegaraviy holat; patologik holat.Ularning har biri tibbiy-fiziologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan aniqlab olinadigan o‘ziga xos belgilarga ega.
Mehnat jarayoni vaqtida turli omillarning ta’siri ostida insonda yuqoridagi uchta holatning faqat bittasi yuzaga kelishi mumkin.Shuning uchun ularni ish og‘irligining kategoriyalarini aniqlashda fiziologik daraja(shkala)sifatida qo‘llash mumkin.Yuqoridagi uchta holatga mos ravishda ish og‘irligining uchta asosiy kategoriyasi aniqlangan. Keyingi izlanishlar natijasida esa ularning ichida yana uchta ish kategoriyasi aniqlandi:
birinchi kategoriya-maqbul ishlab chiqarish sharoitida bajariladigan, maqbul darajadagi aqliy,asab-emotsional va fizik kuchlanishni talab qiladigan ishlar.Ish qobiliyati yuqori, unumdorlik katta,odam organizmi normal funksional holatda.Organizm reaksiyasi normal funksiyaviy holatning maqbul varianti holatida ekanligini ko‘rsatadi;
ikkinchi kategoriya-bu kategoriyaga yuzaga keladigan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori daraja (EYuD)va yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori konsentratsiyalar(EYuK),ya’ni me’yoriy-texnik hujjatlar talablari darajasidan oshmaydigan ishlar kiradi.Bunda ishlovchining ishchanligi pasaymaydi,sog‘liqda kasbga bog‘liq bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar butun ish faoliyati davomida kuzatilmaydi;
uchinchi kategoriya-sog‘lom odam organizmida chegaraviy holatga xos ta’sirlanishlar yuz beradi,ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasayadi.Ishlovchining mehnat sharoitini yaxshilash va dam olishini to‘g‘ri tashkil qilish natijasida salbiy oqibatlar bartaraf qilinadi;
to‘rtinchi kategoriya-sog‘lom odam organizmida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siri ostida chegaraviy holatga xos chuqurroq o‘zgarishlar yuz beradi.Odam organizmining ko‘pchilik fiziologik ko‘rsatkichlari, ayniqsa ish davri (smena,hafta)oxirida,yomonlashadi.Ishlab chiqarish omillari ta’siri ostida organizmda kasallanish oldi holati yuzaga keladi;
beshinchi kategoriya-ko‘ngilsiz,noqulay mehnat sharoiti ta’siri ostida ish davri oxirida sog‘lom odam organizmida patologik funksional holatga xos ta’sirlanishlar yuz beradi.Yaxshi dam olishdan keyin u holat ko‘pchilikda o‘tib ketadi,ba’zilarda esa kasb kasalliklariga va ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga aylanib ketishi mumkin;
oltinchi kategoriya-o‘ta ko‘ngilsiz,noqulay(kritik)mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar natijasida odam organizmida patologik ta’sirlanishlar tez rivojlanadi,organizmda og‘ir buzilishlar yuz beradi.
Amaliy jihatdan ishlarni og‘irligi,zo‘riqish,zararligi va xavfliligi jihatidan kategoriyalarga bo‘lish turli mehnat jarayonlarini solishtirish,mehnat sharoiti holatini baholash,kerakli va etarli darajadagi sog‘lamlashtirish ishlarini aniqlash va belgilash,zararli moddalarning va omillarning eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya va chegaralarini aniqlash,qo‘shimcha pul to‘lash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun qilinadi.Yuqoridagi keltirilgan maqsadlarga,ko‘zlangan boshqa maqsadlarga muvofiq ravishda ishlarning bir nechta klassifikatsiyasi bor, masalan [34]:“Ishning gigienik jihatdan klassifikatsiyasi(ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli omillari ko‘rsatkichlari bo‘yicha)”.4137-86 sonli raqam bilan 1986 yil 12 avgustda tasdiqlangan.Ish sharoitini yaxshilash bo‘yicha choralar ketma-ketligini aniqlash,qo‘shimcha pul to‘lash muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan.
№ 4088-86 sanitar me’yor (SM) va GOST 12.1.005-88 bo‘yicha qilingan klassifikatsiya ish og‘irligiga bog‘liq holda ishlab chiqarish xonalarida eng maqbul va yo‘l qo‘yiladigan mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi (1.1 - jadval).
Ish bajarayotganda ishning og‘irligini belgilovchi ko‘rsatkichlardan biri bu vaqt birligidagi energiya sarflanishidir.Bu ko‘rsatkichga qarab bajarilayotgan ish og‘irligi bo‘yicha quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:

  • engil ish–2,5 kkal/daq gacha (120-150 kkal/daq);

  • o‘rtacha og‘irlikdagi ish–2,5 dan 4,1kkal/daq gacha (150-250 kkal/daq gacha);

  • og‘ir ishga 4,1 kkal/daq(250 kkal/daq)dan yuqori bo‘ladi.


Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish