1.6. Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Nazariy qism
Ikki tomonlama tolali optik aloqani tuzish usullari
Ikki tomonlama tolali optik aloqani tashkil etishning quyidagi usullari mavjud:
ikki tolali bir polosali bir kabeli (to‘rt o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
bip tolali bir polosali bir kabelli (ikki o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
bir tolali ko‘p polosali bir kabeli yoki tÿlqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar.
– rasmda ko‘rsatilgan TOA ning tuzilish sxemasi faqat uzatishning bir yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (1.1 – rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi.
1 1
2 2
3 3
1.1-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli TOA sxemasi
Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun TOA ning uzatish va qabul qilish traktlari bitta kabel bo‘ylab tashkil etiladi, ya’ni TOA bir kabelli hisoblanadi. Shu tarzda, berilgan optik liniya traktini tashkil etish sxemasi ikki tolali bir polosali bir kabelli hisoblanadi.
Ushbu aloqa tashkil etish sxemasining afzalligi bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir. Kamchiligi esa optik tola (OT)ning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffisienti juda kichik.
Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada
qimmatligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi informasiyani uzatish hisobiga uning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola (OT) bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.
Bir tolali bir polosali bir kabelli optik liniya traktining tuzilish sxemasi
– rasmda ko‘rsatilgan. OT ni bir to‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qo‘llanilishi bu sxemaning xususiyati hisoblanadi.
1 1
2 2
3 3
OQq
MvQ
1.2-rasm. Bir tolali bir polosali bir kabeli TOA sxemasi
OAQ - optik ajratuvchi qurilma, yorug‘lik to‘lqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo‘naltirilgan to‘lqinlari turini ajratishni amalga oshiradi.
Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o‘zaro o‘tish shovqinlari hosil bo‘ladi. O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilishdan, yorug‘likni ulangan joylardan va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligiga, impuls formasiga va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so‘nishi, to‘lqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari) ga bog‘liq.
To‘lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama - qarshi yo‘nalishli signallarni uzatuvchi TOA tizimida o‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo‘ladi.
To`lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir tolali ko‘p polasali bir kabelli) TOA tizimida bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda to`lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llanilladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffisientini optik tashuvchi chastotasiga (yoki to‘lqin uzunligiga) nisbatan kam bog‘liqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola
bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
Optik kanallari to`lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATning tuzilish sxemasi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.
n KHQUdan signallar n optik uzatgich OUz ga uzatiladi. OUz chiqishidagi 1, 2,..., n to‘lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar multipleksor (MP) yordamida bir optik tolaga kiritiladi. Qabul qiluvchi stansiyada demultipleksor (DM) yordamida 1, 2,..., n to‘lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar ajratiladi va optik qabul qilgich (OQq) ga beriladi. Shu tarzda, bir optik tola orqali n to`lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan optik kanallar tashkil qilinadi, ya’ni o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffisienti boshqa an'anaviy tuzilgan optik tizimlarning liniya traktiga nisbatan n marta oshadi.
MvQ
KHQU
KHQU
MvQ
1
1
1 1
N N
KHQU
MvQ
MvQ
KHQU
1 1
N N
1.3-rasm. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimining tuzilish sxemasi
Optik tashuvchilarni birlashtirish va ajratish uchun turli optik spektral qurilmalar optik multipleksor va demultipleksorlar qo‘llanilishi mumkin. Ularning ishi fizik optikaning dispersiya, difraksiya va interferensiya xodisalariga asoslangan. Optik multipleksor va demultipleksorlar optik prizma, ko‘p qatlamli dielektrik, difraksion panjara asosida tuzilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |