«Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish» fanining maqsadi:
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanishni;
qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyatini;
agrar-iqtisodiy islohotlar, ularni rivojlantirish yo’llarini;
qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, ularning ishlab chiqarish samaradorligi va ular faoliyatini takomillashtirish yo’llarini;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ishlab chiqarish xarajatlari, ularning tarkibi va kamaytirish yo’llarini;
qishloq xo’jaligini erkin bozor iqtisodiyoti talablari asosida boshqarishni barpo etish, takomillashtirishni;
yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, raqobatbardoshligini oshirish yo’llarini;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda foydalanilayotgan baholar tizimini;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida daromad va foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo’llarini;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini;
ishlab chiqarish vositalarini qaerdan, qanday qilib sotib olish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qachon, kimga, qanday tartibda sotish va bu jarayonlarni boshqarish yo’llarini va boshqa masalalarni o’rganish.
«Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish» fanining vazifalari:
ilg’or qishloq xo’jalik korxonalarining erishgan yutuqlarini chuqur o’rganish va ularni boshqa xo’jaliklarga joriy qilish uchun tavsiya etish ;
ekin maydonlari birligi hisobiga ko’proq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
qishloq xo’jaligini rivojlantirish mahsulot ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirishga, jamg’arma miqdori va kapital sarflar samaradorligini oshirishga, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bu masalalarni hal qilishda Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti fanining vazifasi jamg’arma samaradorligini oshirish mehnat unumdorligini oshirish va shu asosda ishlab chiqarish suratini yuksaltirish, ishlab chiqarish quvvatidan to’la foydalanishga erishish yo’llarini ko’rsatib berishdir.
1-topshiriq: Quyida berilgan mustaqil o’zlashtirish uchun mavzular bo’yicha esse yozing:
1) Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati.
2) Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari.
2-topshiriq: «Blits-so’rov» savollarga javob bering, jadval so’rov vaqtida to’ldiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |