17 – rasm. “SRZNACh” funktsiyasidan foydalanish oynasi
Yuqorida aytilganidek belgilangan yacheykaga, ko‘rsatilgan ustunlar sonlarining
o‘rtacha qiymati chiqadi.
18 – rasm. Jadval ustinida “SRZNACh” formulasi natijasi
Ba’zi hollarda jadvaldagi berilgan qiymatlar bo‘yicha shartli tekshirish zarur
bo‘ladi. Shartli tekshirish uchun “YeSLI” funktsiyasidan foydalaniladi. “YeSLI”
funktsiyasini ishga tushurish va bajarish quyidagi ketma – ketliklar orqali amalga
oshiriladi (19 – rasm).
natija chiqadigan yacheyka belgilanadi (misol bo‘yicha “G4”)
𝑓
𝑥
tugmasi bosiladi
paydo bo‘lgan oynachadan “YeSLI” funktsiyasi tanlanib “OK” tugmasi
bosiladi
funktsiya argumentining “Log_vyerajenie” maydoniga shart kiritiladi.
Maqsadga muvofiq shart beriladigan yacheyka adresi kiritilib, keyin shart
belgisi bilan shartni qanoatlantiruvchi son kiritiladi (masalan D4>=4)
funktsiya argumentining “Znachenie_esli_istina” maydoniga shart
bajarilgandagi qiymat yoziladi (masalan “guruh a’lochi”)
funktsiya
argumentining
“Znachenie_esli_loj”
maydoniga
shart
bajarilmagandagi qiymat yoziladi (masalan “guruh a’lochimas”)
oynachadagi “OK” tugmasi bosiladi
19– rasm. “YeSLI” funktsiyasi oynasi
Demak, kiritilgan shart bo‘yicha D4 yacheyka qiymati tekshiriladi. Agar D4
yacheykaqiymati “4” ga teng yoki undan katta bo‘lsa, bunga mos holda G4
yacheykaga “guruh a’lochi” degan yozuv chiqadi aks holda “guruh a’lochimas”
degan yozuv chiqadi. Komanda bajarilgandan keyin natija quyidagicha bo‘ladi
(20 – rasm).
20– rasm. “YeSLI” funktsiyasi orqali qiymatni tekshirish
Foiz chiqarish
Matematik tomondan foiz (%) – bu ikkita sonning bir biriga bog‘liqligini
ifodalaydigan amaldir. Yani “100” va “20” soni berilgan va bu yerda “20” soni
“100” sonining qancha foizini tashkil qiladi. Demak,
100 – 100%
20– X%
bo‘lsa,
𝑋 =
20
100
∗ 100%
(1)
formula orqali topiladi va natija 20 % chiqadi.
Microsoft Excel dasturida foizni hisoblashda natija chiqadigan yacheyka son
formati “Protsentnyey” da bo‘lishi zarur. Agar son formati “Protsentnyey” da
bo‘ladigan bo‘lsa, (1) formuladagi “*100%” ni yozish shart emas. Jadvalimizdan
foydalanib misol ko‘ramiz.
Jadvalda (8.30 – rasm) “Alochilar” ustuni bo‘yicha umumiy a’lochilar soni “27”
ga teng. Demak 210 guruhdagi a’lochilar soni umumiy a’lochilar sonining qancha
foizini tashkil qiladi?
1.
“G4”yacheyka formati “Protsentnyey” ga o‘tkaziladi
2.
Mos ravishda 210 – guruh a’lochilar soni umumiy a’lochilar soniga bo‘linida
(5/27 yoki mos ravishda yacheyka adreslarini D4/D10 kiritishimiz mumkin.
(21 – rasm)
3.
“Enter”tugmasi bosiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |