Amaliy mashg’ulot mavzusi xom-ashyoni saqlash usullari bilan tanishish amaliy mashg’ulotning maqsadi



Download 274,5 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi274,5 Kb.
#735590
Bog'liq
12-amaliy SAQLASH USULLARI BILAN TANISHISH


12-AMALIY MASHG’ULOT MAVZUSI
XOM-ASHYONI SAQLASH USULLARI BILAN TANISHISH
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Dorivor o’simlikning xom ashyolarini saqlash bilan tanishtiriladi.
Amaliy mashg’ulot uchun kerakli asboblar va uskunalar: Dorivor o’simlik xom ashyolarini saqlash yo’llari, yashiklar, qoplar, qogozli qoplar, elektron torozi, kisgich, elaklar.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng har bir sohaga alohida e’tibor qaratildi. Xususun farmatsevtika sanoatining dorivor o’simliklarga bo’lgan talabini qondirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida hozirgi kungacha dori-darmon ishlab chiqarish tarmog’ining o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabi imkon darajasida qondirilmoqda.
Respublikamizda farmatsetika sanoatining dorivor o’simliklar xom ashyosiga bo’lgan talabni qondirish, ularni belgilangan tartib va talab darajasida tayyorlash, quritish va saqlashni taqozo etadi. CHunki dorivor o’simlik xom ashyolari xalq xo’jaligi istemol mollari sirasiga kiradi. SHu bois, dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash o’rganadigan fandir.
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash fanining asosiy vazifasi darivor o’simlik xom-ashyolarini sifatli darajada tayyorlash, quritish va saqlash hisoblanadi.
Dorivor o’simliklarni tayyorlash, quritish va saqlash texnologiyasi xom-ashyo turlarini sifatli tayyorlash va saqlash jarayonlari, shuningdek ularni dastlabki qayta ishlash jarayonlarini o’rgatadi. Soha mutaxassislari yetishtirgan xom ashyo mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu fanni bilish barcha mutaxassis uchun yuqori va sifatli xom ashyo olishda zamin bo’lib xizmat qiladi.

Farmatsevtika sanoati tarkibidagi barcha sohalar bilan qishloq xo’jaligi fani o’rtasida aloqalarni to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni rivojlantirish. Tayyorlov idoralari va xo’jaliklar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirish. Ishlab chiqarish jarayonida va realizatsiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash.Dastlabki qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni takomillashtirish hamda xom-ashyo bazasiga yaqinlashtirish.
Xom ashyo mahsulotlarni tashish va saqlash uchun maxsus (refrijerator) transporti va konteynerlar bilan to’liq ta’minlash. Xo’jaliklarda keng ko’lamda omborxonalar, stelajlar,meva va urug’li xom ashyolarni quritish uchun maydonchalari tashkil etilish. Xom ashyo va boshqa mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash uni saqlash. Korxonalarni muntazam ishlashi uchun xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlar bo’lishi shart.
Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o’simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda.
Mutloq ko’pchilik mamlakatlarda (Xindiston, Koreya va b.q davlatlar), shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o’simliklar xomashyosiga bo’lgan talabni keskin ortishiga sabab bo’lmoqda.
Ta’kidlash lozimki, farmatsevtika sanoatining dorivor o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabini, faqat farmatsevtika standartiga mos keladigan xom ashyolarni tayyorlash orqali amalga oshirish mumkin.Ammo, dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash ma’lum bir talab, tartib va qiodalarga rioya qilishni taqozo etadi.
Dorivor o’simliklarni o’stirish, yetishtirish, quritish va saqlash texnologiyalariga to’liq rioya qilgan xolda biz farmatsevtika sanoatini sifatli va ekologik sof xom-ashyo bilan ta’minlash imkoniga ega bo’lamiz.
Dorivor o’simliklar xom-ashyosini tayyorlash texnologiyasi, albatta farmatsevtika standartlari talablarini puxta egallash va shu asosda dorivor o’simliklar xom ashyolarini tayyorlashni taqozo qiladi.
Mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni dorivor o’simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o’rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo’jaliklarida dorivor o’simliklarni 42 tagacha turlari o’stiriladi.
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moldova, Misr, Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o’simliklarni yetishtirish bilan shug’ullanish birmuncha yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir.
Dori vositalarini taxminan 50% dorivor o’simliklar xom ashyosidan tayyorlanadi va bu o’z navbatida dorivor o’simlik xom ashyolarini to’g’ri tayyorlashni talab etadi.
Keyingi vaqtda farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarining taxminan 50% dorivor o’simliklar xom ashyosidan tayyorlanayotganligini e’tiborga olsak, dorivor o’simlik xom ashyolarini yetishtirish texnologiyasi katta ahamiyat kasb etadi.
SHu sababli ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o’simliklar o’stirish bilan shug’ullanuvchi 6 ta ixtisoslashgan xo’jaliklar tashkil qilingan.
Bundan tashqari ko’plab o’rmon, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo’jaliklarda ham o’stirilmoqda. Ammo, mamlakatimizda dorivor o’simliklar xomashyosiga bo’lgan talabning keskin ortib borishi bilanxom ashyoni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Dorivor o’simliklarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi farmokognoziya va qishloq xujalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha oladi.
SHu bois, dorivor o’simlik xom ashyolarini tayyorlash, quritish, saqlash va dastlabki qayta ishlash xozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib xisoblanadi. Markaziy Osiyoda asrlar davomida o’ziga xos sharq xalq tabobati shakllangan, u ming yillar davomida shifobaxsh o’simliklardan foydalanish tajribasiga asoslangan.
Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish