Moddiy identifikatsiya raqamlari yordamida bitta obyekt uchun bir necha materiallar qo‘llash
Multi-spektral tadqiqotlar va olingan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining asosiy maqsadi energiyani nurlanish shaklida tarqatuvchi ob’ektlar va hududlarga qaratiladi va bu holat ma’lumotlarni atrof-muhit fonida ularni ajratib olish imkonini beradi. Masofadan zondlash bo‘yicha erning su’niy yo‘ldoshlari haqidagi qisqacha sharhlash tavsifidagi ma’lumotlar quyidagi umumlashtirilgan jadvalda o‘z ifodasini topgan. O‘z navbatida, masofadan turib zondlash ma’lumotlarini olish uchun eng qulay bo‘lgan davr - bu yoz fasli hisoblanadi (ya’ni, yoz fasli oylari davomida quyosh ufq ustida nisbatan tik burchak ostida joylashadi va shuningdek, kun uzoqligi sezilarli darajada katta qiymatga ega hisoblanadi). Ushbu qoidaning mustasno qilinishi holatlari sifatida, ma’lumotlarni faol tavsifga ega bo‘lgan datchiklar (masalan, radar, lidar 144 yordamida) olish, shuningdek issiqlik spektri bo‘yicha uzun to‘lqin uzunligi diapazonida olinuvchi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. Issiqlik asosida ko‘rish, ya’ni datchiklar (sezgir moslama) issiqlik energiyasini o‘lchashni amalga oshirish jarayonida er harorati va havoning harorati qiymatlari o‘rtasidagi farqlanish nisbatan katta bo‘lgan vaqt oraliqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu uslublardan foydalanish uchun, eng yaxshi vaqt - bu yilning sovuq oylari hisoblanadi, shuningdek yilning har qanday davrida tong otishidan bir necha oldingi vaqt qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, hisobga olish talab qilinuvchi bir nechta boshqa holatlar ham mavjud hisoblanadi. Masalan, radar yordamida qalin qor qoplami qayd qilingan vaziyatda erning yalang‘och holatdagi tasvirini olish mumkin emas, shuningdek ushbu holatni lidar qurilmasidan foydalanish vaziyatida ham kuzatish mumkin. Bundan tashqari, ushbu qayd qilib o‘tilgan sensorlar yorug‘lik nuriga nisbatan sezgir emas (yoki bundan tavsifga ega sezgirlik umuman qayd qilinmaydi), shu sababli bu qurilmalar yuqori kengliklarda (misol uchun) qo‘llanilishi uchun a’lo darajadagi qurilmalar sifatida qayd qilinishi mumkin. Shuningdek, radar va lidar ham (foydalaniluvchi to‘lqin uzunliklari qiymatlariga bog‘liq holatda) qalin o‘rmon qoplami usti bo‘ylab tasvirlarni olish imkonini beradi, bu holat ushbu qurilmalarning o‘simliklar qoplami rivojlangan hududlarda tasvirlarni olish uchun foydalilik darajasini oshiradi. Boshqa tomondan, ma’lumotlarni olish maqsadlarida spektral uslublardan (stereotasvirlar va Shuningdek, multi-spektral tasvirlarni olish imkonini beruvchi uslublar) foydalanish asosan quyoshli kunlar davomida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi, o‘z navbatida yoritilish darajasi past bo‘lgan sharoitda olingan ma’lumotlar tarkibida signallar (yoki shovqinlar) past darajada bo‘lishi qayd qilinadi va ularni qayta ishlash, izohlash jarayoni qiyinlashadi. SHu bilan birgalikda, stereo-tasvirlar o‘simliklar qoplami va eko-tizimlarni ifodalash va identifikatsiyalash imkonini beradi, ushbu uslub (multi-spektral zondlashdagi kabi) yordamida daraxtlar qoplami tagiga kirib borish, ya’ni ushbu sohalardagi er yuzasini tasvirlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |