AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: O’SIMLIK QOPLAMINI MUHOFAZA QILISH.
QO’RIQXONALAR.
Reja:
1.
O’zbekiston o’simliklar qoplami.
2.
O’simliklar dunyosini muhofaza qilish yo’llari.
3.
O’zbekiston qo’riqxonalari va ularni maqsad-vazifalari.
Ishning maqsadi: Yer
yuzi va O’zbekiston o’simliklar qoplami va ularni
muhofaza qilish usullarini o’rganish.
Kerakli material va jihozlar: Turli o’simlik formatsiyalarini aks ettiruvchi
jadvallar, “O’zbekiston qo’riqxonalari” kitobi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi.
Nazariy material: O’simliklarning, xususan o’rmonlar maydonining
qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan
bog’liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar oziq uchun zarur bo’lgan narsalarning bir
qismini o’simliklardan olib, uning qisman bo’lsada, o’zgarishiga sababchi bo’lgan.
Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o’rmonlarning 2/3 qismi yo’q
qilindi. Natijada 500 mln. ga yerdagi o’rmonlar maydoni qisqarib, dasht-biyobonga
aylantirildi.
O’rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o’z navbatida tabiatdagi muvozanatni
buzilishiga sabab bo’ldi va insonning xo’jalik faoliyati uchun qo’yidagi salbiy
oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlashtirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi,
daryo va ko’llarning rejimi o’zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-
tez bo’ladigan sodir bo’ladigan, mikroiqlimga ta’sir etdi, cho’llarda ko’chma
qumlar maydoni kengaydi va hakazo.
Tog’li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o’rmonlarning
ahamiyati juda katta. Chunki o’rmonlar to yon bag’riga yoqqan yog’inning 90%ini
ushlab qolsa, aksincha o’rmon yonbag’irlarida yog’inning 90%i oqimga aylanib
selni vujudga keltiradi. Shu sababli Yer sharidagi qaysi tog’li joylarda o’rmonlar
betartib kesilgan bo’lsa, o’sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo’lib
turadi.
O’rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega.
Chunki 1 ga o’rmon 18 mln. m
3
havoni tozalab turadi. Binobarin, o’rmonli
yerlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga yerdagi archa
o’rmonlari katta bir shahar havosini tozalab tura oladi. Bulardan tashqari o’rmonlar
tabiatni yanada go’zal, shifobaxsh qiladi va u kishiga madaniy-estetik zavq beradi.
O’zbekiston tog’laridagi asosiy o’rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor,
Turkiston, Zarafshon kabi tog’ tizmalarida joylashgan.
Kishilar o’zlarining faoliyatida o’simliklardan haddan tashqari ko’p va
betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o’simlik qoplamida jiddiy,
salbiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda, juda ko’p o’simlik turlari kamayib, noyob
turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil
boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish
muhim masalaga aylanib qoldi.
2
O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning
umumiy maydoni 1355,6 ming ga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy bog’lar,
tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning
boshqa ko’rinishlari ham mavjud.
Davlat qriqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona
hududidagi barcha maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan
moliyalashtiriladi.
Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy
holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li
bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u yerdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib
relef shakllari, to jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari,
minerallar, ajoyib g’or, buloq, geyzer va ko’llar, o’simliklar va hayvonot dunyosi)
tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa
uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy
hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar
qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy
saqlanadi. Natijada, kelajak avlod qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga
o’rmonlari va to ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq
ma’lumotga ega bo’ladi.
Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3
ga.