Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ob’ektlarni loyihalash. Autocad-ga kirish. Autocad-sistemasini (tartibini) ishga tushirish. Tayanch so`zlar



Download 0,55 Mb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#204461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-amaliy mashg'ulot

Chiziq yo‘g‘onligini tanlash. Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri ke­ladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Format menyusining Vesa liniy bo‘li­mi­dan chaqiriladigan Parametrы vesa liniy muloqat oynasidan o‘rnatiladi. Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi VES tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziqyo‘g‘onligi Po sloyu, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi Po umolchaniyu bo‘limida tanlanadi.

Jihozlar panelidagi Ves liniy tugmasidan ham chiziq yo‘g‘on­ligini tanlash mumkin. Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi.

Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi VES tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak.

Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi.



Tekst(matn) uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi.

Tekst bir qatorli Odnostroch­nыy yoki ko‘p qatorli Mnogostrochnыy bo‘lishi mumkin.

Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugma­larning ayrimlari keltirilgan:





-

ko‘p qatorli Mnogostrochnыy tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi.



-

bir qatorli Odnostroch­nыy tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi.



-

ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli tekst esa joyida o‘zgartiriladi.



-

tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm)



-

belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish

Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, tekst yozish tugatilati.

Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgarti­rish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin.

Buyruqlarni muloqat oynasidagi tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sich­qoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin.

Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi:  - diametr belgisi %%s orqali,  - gradus belgisi %%d orqali va  - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) .

Format menyusining Tekstovыe stilы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm).

Odatda Standartnыy stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi.

Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak.

Bir qatorli tekstni tahrirlashning yana bir qulay usuli tekstni belgilab Svoystva oynasidan foydalanishdir (Svoystva oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa bo‘ladi).



Nazorat savollari

          1. AutoCAD dasturi qaysi sohalarda ishlatiladi?

          2. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun kompyuterda qanday manbaalar zarur bo‘ladi?

    1. AutoCADning ish stolida nimalar tasvirlangan?

    2. Odatda chizma Auto Cadning qaysi oynasida chiziladi ?

    3. Qog‘oz formati qanday tanlanadi?

    4. Burchak shtampini chizish qanday amalga oshiriladi ?

    5. Chiziq turlari haqida gapiring

    6. Shrift (yozuv)ni chizmada qanday qo`llash mumkin

    7. Chiziq yo‘g‘onligi qanday tanlanadi?

    8. Ko‘p qatorli Mnogostrochnыy tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi?

    9. Bir qatorli Odnostroch­nыy tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi?

    10. Belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish uchun qanday belgidan foydalanamiz?

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish