Amaliy mashg’ulot ishi №5
Mavzu: ATKda ishlatiladigan texnik-texnologik hujjatlar va hujjatlashtirish.
I. Ishning maqsadi: Avtotransport korxonalarida xarakat vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini rejalashtirishda, xisobga olishda va bajarishda qo’llaniladigan xujjatlar va topshiriqlarning shakllari bilan talabalarni tanishtirish va ularda xujjatlarni ishlatish bo’yicha ko’nikma xosil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar
Xazirgi kunda ATKlari O’zbekiston avtomobil transporti Davlat aktsionerlik korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan TXK va T ishlarini rejalashtirish, xisobga olish va bajarishda qo’llaniladigan xujjatlar shakli va ulardan foydalanish tartibi bilan ish ko’radilar.
III.Ishning mazmuni.
Ushbu ishda talabalar ATKlarida avtomobillarga TXK va Tda ishlatiladigan xujjatlarni shakli va tarkibi bilan tanishadilar, tuzilishi va qo’llanilishini, xarakatini o’rganadilar. Har bir talaba xujjatlardan bir nechtasini to’ldiradi. Ushbu ishda avtomobillarga TXK va Tda keng qo’llaniladigan quyidagi xujjatlar ko’rib chiqiladi:
Avtotransport vositalariga TXK va T reja grafigi. Ushbu reja ATKda avtomobillarga 1 oy davomida 1-TXK va 2-TXK o’tkazishni rejalashtirish va uni amalda bajarilishini xisobga olish uchun xizmat qiladi.
Avtotransport vositalariga TXKni reja xisoboti. Reja xisobot avtomobillarga 1-TXK va 2-TXKdan o’tadigan kunlarini belgilaydi va amalda bajarilishini xisobga oladi.
Tamirlash varaqasi. Avtotransport vositalariga 2-TXK va JT ishlarini bajarilishini xisobga oladi. Ta’mirlash varaqasi navbatchi mexanik tomonidan xaydovchi ishtirokida to’ldiriladi va unda avtomobil rekvizitlari, nosozliklari ro’yxati qayd etiladi.
Avtomobillarni ishga chiqish va qaytishini qayd etuvchi nazoratchi mexanik daftari.Daftarga ishga chiqqan, safarda bo’lgan, xaydovchisiz turgan, yonilg’isiz, akkummulyatorsiz, shinalarsiz, xamda 2-TXK, JT da turgan avtomobillar xaqida ma’lumot qayd qilinadi.
Avtomobillar agregatlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishni xisobga olish varaqasi. Varaqada avtomobil agregatlaridagi nosozliklar va ularning kelib chiqish sabablari xaqida ma’lumot keltiriladi.
Agregatni texnik xolati xaqidagi dalolatnoma. Dalolatnomada hay’at a’zolarini mansabi, ismi-shariflari va ularni agregatni texnik xolati haqidagi xulosasi keltiriladi.
IV. Ishni bajarish joyi.
Namangan shahridagi ilg’or avtotransport korxonalari
V. Ishni bajarish tartibi
Talabalar ATKlaridagi qo’llaniladigan xujjatlarning namunasidan nusxalar olib o’rganadilar. O’qituvchilarning topshirig’i bo’yicha xujjatlarni 3-4 tasini to’ldiradilar.
Xujjatlarni rasmiylashtirishda talabalar quyidagilarni bilishlari kerak:
Xujjat avval kim tomonidin to’ldiriladi va qaerda uzatiladi.
Xujjat nima haqida.
Qaysi muddatlarda ishlatiladi(doimiy, oylik, kunlik).
Xujjatga kim tomonidan va qanday ma’lumotlar kiritiladi.
Ish tugugandan so’ng xujjatlar qayerga topshiriladi.
“ATK da texnik-texnologik xujjatlar va xujjatlashtirish” bo’yicha
Xisobot.
Talaba: ________________________ guruxi _____________________
Raxbari ___________________________________________________
O’tkazgan joyi _____________________________________________
Sanasi (kuni, oyi, yili) ____________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |