Amaliy mashg’ulot ishi №2 Mavzu: atk da texnik-nazorat bo’limining ishini o’rganish. I. Ishning maqsadi



Download 162,43 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi162,43 Kb.
#494532
  1   2
Bog'liq
2-Amaliy mashg\'ulot


Amaliy mashg’ulot ishi №2


Mavzu: ATK da texnik-nazorat bo’limining ishini o’rganish.


I. Ishning maqsadi: Talabalarni avtotransport korxonalarida texnik nazorat bo’limi ishi bilan tanishtirish.


II. Umumiy ma’lumotlar
Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni sifatini nazorat qilish ishlab chiqarish jarayonini, tarkibiy qismini tashkil etadi. Nazorat qilish yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishni oldini oladi va sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish jarayonlarida, TXK va T sifatiga zamin yaratiladi hamda (avtomobilni ishlash davrida ham) bevosita nazorat qilish yo’li bilan baho beriladi. Ishlarning sifatli bajarilganligini, avtomobillarning TXK va ta’mirlashdan so’ng, uzoq muddat buzilmay ishlashidan bilish mumkin. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash sifatining, harakatlanuvchi tarkib harakat xavfsizligiga, ishlamay to’xtab qolishiga va sarf miqdoriga ta’siri kattadir. Avtomobillarga TXK va JT sifatini nazorat qilishni, samarali tashkil etish (ushbu ishlab chiqarishni, ish turi bilan bog’liq bo’lgan) murakkab vazifadir. Avtomobil (agregat) larga TXK va T da, mazmun jihatdan ko’p turdagi va kichik hajmdagi ishlar bajariladi. Ularni to’la hajmdagi ishlar bajarililishini nazorat qilish uchun, ko’p vaqt talab qilinadi. Masalan: avtomobillarga TXK ishlari to’la (hajmda) bajarilishini va sifatini to’la nazorat qilish, nazoratchini 50% gacha vaqtini oladi. SHuning uchun bunday nazorat ma’lum darajada takrorlanishi zarur. Bundan tashqari, ko’p ishlarni sifatli bajarilishini, ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilinib, ish sifatiga haqiqiy baho beriladi. Lekin, ish tugagandan so’ng, nazorat qilinib, baho berilmaydi. Bunday kuzatishlar o’ta murakkab bo’lgani uchun, yetarli miqdorda o’tkazilmaydi. SHuning uchun, odatda, ishlab chiqarishda bajarilayotgan hamma ishlarni, nazorat qilib bo’lmaydi. Harakatlanuvchi tarkibga TXK va T ishlarini sifatli bajarilishini (kuzatish) nazorat qilish vazifasi, texnikaviy nazorat bo’limi (TNB)ning zimmasiga yuklatiladi.
Texnika nazorati bo’limi ishchilarini (shtati) soni va ularni ish joylariga taqsimlanishi, avtokorxonani quvvati va ish tartibiga bog’liqdir. Amalda (oz miqdorda bo’lsa ham) nazorat qilish ishlarini usta va (ishlab chiqarish bo’linmalariga tegishli) mexaniklar amalga oshiradi. TXK va ta’mirlashni sifatini nazorat qilish, bevosita avtomobillarni texnikaviy holatini nazorat qilish bilan bog’liqdir. SHuning uchun, haydovchi «o’z» avtomobilining, sifatli TXK va T dan o’tkazilishini nazorat qiladi. Ular «o’z» avtomobilini uzoq vaqtgacha buzilmay ishlashidan manfaatdor bo’lgani uchun (o’z navbatida ularni o’zi) talabchan nazoratchi hisoblanadi. Ko’p avtokorxonalarda, TNB mutaxassislari, asosiy e’tiborni harakatlanuvchi tarkibni (ishga chiqib ketayotganda va ishdan ATK ga qaytganda) texnikaviy holatini hamda bevosita avtomobilni o’zida bajariladigan ishlarni sifatini tekshirishga qaratadilar. Avtomobildan yechib olingan detal, bo’g’in va agregatlarni ta’mirlash sifatini odatda, TNB mutaxassislari yoki tegishli ishlab chiqarish bo’linmalarining ustalari tekshiradi. Ishlab chiqarishni qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, katta hajmda bajariladigan ishlarni, turli ishlab chiqarish bo’limlarining ustalari nazorat qiladi. TNB mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan sifat nazorati ishlarini ma’suliyati, ya’ni sifatsiz ish bajarilishiga hamda harakatlanuvchi tarkib nosoz holda ishga chiqarib yuborilishiga javobgarligi, avtokorxonaning (tegishli bo’linmalarining) rahbarlarini zimmasidan ham olinmaydi.
Avtomobilda bajariladigan ishlarni sifatini nazorat qilish bevosita avtomobillarga TXK, tashxislash hamda ta’mirlash va NTP postlarida amalga oshiriladi. Avtomobildan yechib olingan bo’g’in va agregatlarni ta’mirlash sifatini, bevosita shu ishlarga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish bo’linmalarida tekshiriladi. 1-TXK va 2-TXK lar bajarilganda so’ng, nafaqat ularni sifati, balki qabul qilingan barcha turdagi amallarni bajarilishini ham tekshiriladi. Avtomobillar va agregatlarni texnikaviy holati tashxislovchi, ko’tarib yuradigan asboblar va mavjud jihozlar yordamida, tashqi tomondan (razm solish yo’li bilan) nazorat qilinadi. Bajarilgan ishlarni sifati va avtomobillarning ishga chiqarishga tayyorligini aniqlashda tashxislash vositalaridan foydalanish (qisqa vaqt ichida) haqiqiy ko’rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. SHuning uchun, keyingi paytlarda avtomobillarga TXK va ta’mirlash sifatini nazorat qilishda tashxislash vositalaridan keng miqyosida foydalanilmoqda.
Vaqt sarfini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish bo’linmalarining birida xizmat ko’rsatiladigan agregatlar yoki avtomobilning ma’lum qismi nazorat qilish uchun tanlab olinadi yoki harakat xavfsizligini ta’minlovchi bo’g’in, agregat holatini hamda murakkabroq ishlarni bajarilishi nazorat qilinadi. Belgilangan joriy ta’mirlashni bajarilishi odatda, ta’mirlash uchun berilgan buyurtma (zayavka) mazmuni va hisob varaqasida yozilganiga qarab, nazorat qilinadi. Bajarilgan ta’mirlashni mazmuniga qarab, uni sifatini tashqaridan razm solib yoki avtomobillarni tashxislash dastgohi orqali tekshiriladi. Avtomobil nazorat qilingandan so’ng, hamma belgilangan ishlar, texnikaviy talab (shart)lar darajasiga mos holda bajarilgan hamda avtomobil ishga chiqishga tayyor bo’lsa, NTP mexanigi hisob varaqasiga imzo chekadi va uni o’zida olib qolib, avtomobilni ishga yoki turar joyiga jo’natadi. Avtomobilni nosozliklari aniqlansa, bartaraf etish uchun, (o’sha avtomobilni ta’mirlangan) chilangar oldiga jo’natiladi. Aniqlangan yaroqsiz (brak) qismlarini hisob varaqasiga yoki yaroqsiz ishlarni hisoblash jurnaliga yoziladi. Hisoblash ma’lumotlariga ko’ra, NTP va ishlab chiqarish bo’linmalarining boshliqlari, nosozlikni sababi va sifatsiz ish bajaruvchi (aybdor) ni aniqlaydi hamda xamma ishlab chiqarish bo’linmalaridagi ishlarni sifatini oshirish uchun zarur tadbir-choralarni belgilaydi va uni amalga oshiradi. Sifatsiz (brak) ishlarning hisobini natijalaridan, ishlab chiqarish bo’linmalarining ishchi, xizmatchilariga mukofotlar qiymatini belgilashda foydalaniladi.
Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadi .
1-qabul qilish va topshirish mintaqasi;
1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post);
2-yuvish bo’limi; 2.1-yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi);
3-diagnostika bo’limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post;



4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobillarning navbat kutish joyi;


4.1-qo’zg’almas kutarish jihoziga ega bo’lgan TXK ishchi posti;
4.2- TXK yer usti ishchi posti;
5-JT posti; 5.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;
5.1-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan JT posti;
6-moylash bo’limi; 6.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;
6.1.-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan ishchi posti;
7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi;
7.0- avtomobillarning navbat kutish joyi;
8-elektr jihozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi;
8.0- avtomobillarning navbat kutish joyi;
9-yonilg’i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi;
9.0- avtomobillarning navbat kutish joyi;
10-agregat-mexanika bo’limi;
10.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;
11-shinomontaj bo’limi; 11.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;
12-qoplamachilik agregat ustaxonasi;
12.0-avtomobillarning navbat kutish joyi;
13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0-avtomobillarning navbat
kutish joyi; 13.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 13.2-er usti ishchi posti;
14-bo’yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post;
14.2- yer usti ishchi posti; 14.3-yordamchi post.



Download 162,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish