Amaliy mashg`ulot Hozirgi o`zbek she’riyati namoyandalaridan kimlarni bilasiz?



Download 62,97 Kb.
bet4/6
Sana29.01.2022
Hajmi62,97 Kb.
#418513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hozirgi adabiy jarayon amaliy

Mustaqillik davri dramaturgiyasi. O'zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O. Yoqubovning "Bir koshona sirlari", Usmon Azimning "Bir qadam yo'l", Erkin Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla A'zamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan so'ng" kabi asarlari hozirgi o'zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo'ldi.

U. Azimning "Bir qadam yo'l" dramasida inson ko'ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida 


odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko'rish, uni ziyorat etishni umr bo'yi orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo'lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi, undan so'ng farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko'rmay o'tib ketgan qariya va uning o'g'illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko'rsatilgan.

Istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy tajri-balar bir zum ham to'xtagan emas. 


Dramaturglar sanog'iga yetib bo'lmas hayotiy holatlar shu holatlarda harakat qiladigan 
qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari yangi ifoda shakllarini o'ylab topganlarki, bu hoi asarlarning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan.

E. Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon" trage-diyasida insoniyat paydo bo'lgandan 


beri hal bo'lmay kelayotgan va bundan keyin ham to'la hal etilishi mumkin bo'lmagan yaxshilik 
va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar 
o'rtasidagi to'qnashuv o'tmishda yashab o'tgan bobolarimiz taqdirlari misolida ta'sirli tasvirlab 
berilgan. Qo'lida imkoniyati bo'lishiga qaramay, o'zining yovuz farzandlariga qarshi qo'shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o'z otalarining 
ko'zlariga mil tortish darajasida yirtqichlashgan Habash va Elbars timsollaridagi tubanliklar 
asarda butun ko'lami bilan juda ta'sirli yo'sinda ko'rsatib berilgan.

Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo'lga kiritilishi og'ir 


kechayotgan soha bo'lib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Mustaqillik davri dramaturgiyasi 
bozor iqtisodi talablariga eng ko'p berilgan adabiy tur bo'ldi. Bu hoi sahna asarlarining sifatiga 
salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi, albatta.

Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uyg'otadi. Negaki, o'zbek 


komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo'lgan. Hamza, 
Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekovlarning teran ma'noli kulgi asarlarini eslashning o'zi 
fikrimizning nechog'liq haq ekanligini ko'rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati nochor 
bo'lgani uchun na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o'quvchilarga biror estetik ozuqa bera 
oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko'cha so'zlari, tiyiqsiz chuchmallik 
hamda pardasizlik katta sur'at bilan kirib kelmoqda. Mualliflar qahramonlar ruhiyatidagi 
to'qnashuvlar tarangligi haqida emas, so'zlarning pardasizligi haqida ko'proq bosh 
qotirishmoqda.

She'riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo'lgan yaqin o'tmishdagi estetik yuksakliklarga 


yetibgina qolmay, undan balandroq cho'qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon 
haqiqat bo'lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha eri-shilgan sahnaviy yuksaklikka yetib 
borilmayotganligi achi-narlidir.

Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi taranglik 


hali-hanuz pyesalarga ko'chib, sahna realligiga aylangani yo'q. Holbuki, har qanday keskin 
ijtimoiy o'zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik
turdagi asarlar yaratilishi uchun mo'1-ko'l material bera oladi. Biz yashayotgan davr ana 
shunday keskin o'zgarish-yangi-lanishlar davridir.

Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib 


qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni odamning taqdiriga bog'lab, ta'sirli 
yo'sinda ifodalash kerakligiga odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur 
gapni yalang'och yo'sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda.

Har bir alohida odamda bo'lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o'z 


mo'ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo'ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi 
davr o'zbek adabiyoti uchun inson ma'naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko'z 
ilg'amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz 
uni egallash sari og'ishmay borayotir.

Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir 


yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta'sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti.



Download 62,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish