Holatlar fazosida yechimni izlash usullari. HFda yechimni izlash usullari odatda quyidagilarga bo’linadi [1-4]:
1) Chuqurligi bo’yicha izlash;
2) Kengligi bo’yicha izlash;
3) Evristikli izlash.
U mumiy holda holatlar daraxtini ( ,F,G) uchlik ko’rinishda berish mumkin. Bu erda bitta elementdan iborat to’plam, F- operatorlar to’plami, G-maqsadli holatlar to’plami.
Misol. Yuk tashuvchi robot A punktdan chiqib, (B, C, D) punktlarning har birida faqat bir martadan bo’lib, yana A punktga qaytib kelishi kerak. Punktlar orasidagi masofalar va marshrutlar sxemasi 1.3-rasmda keltirilgan.
Marshrutni tanlash masalasi uchun HFda yechimlarni izlash 1.4-rasmda keltirilgan [1].
Ushbu grafda boshlang’ich tugunga A holat mos keladi. A tugun AB, AC, AD holatlarga mos keluvchi uhta 1-pog’onali ichki tugunlarni hosil qiladi. 1-pog’onali AB, AC, AD ichki tugunlar 2-pog’onali ichki tugunlarni hosil qiladi va h.k.
Grafda tugunlarning ochilish tartibi izlash strategiyasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |