2 masala. Isitilgan xolda pechkaning foydali quvvati Rf = 15 kVt. Uning shakli kubli. pechkaning ichki sirtini xarorati tich = 500 oS, tashqi
Sirtining xarorati tsir =50 oS. pechkaning ichki o`lchamlari 0,8 x 0,8 x 0,8m. Issiqlik izolyatsiyasi ikki qatlamli. Birinchi qatlamni qalinligi σsh= 0,1m, shamotli g`ishtdan yasalgan. Ikkinchi qatlam vermikulitli ko`kat bilan to`ldirilgan. Qatlamlar chegarasida xarorat va vermikulitni qalinligini (σv) aniqlab bering. Isitilgan pechkani f.i.k. 75%.
Masalani yechimi
Isitilgan pechkadan yo`qoladigan quvvatni xisoblaymiz
Ryuk = Rf / η - Rf = 15 / 0,75 – 15 = 5 kVt
Taxmin qilib qatlamlarni chegarasidagi xaroratni tcheg= 4000S qabul qilamiz. Bunda shamotni o`rtacha xarorati
tsh, urt = (tcheg + tich) / 2 = (500 + 400) / 2 = 450 oS.
4500S xaroratda shamotni issiqlik o`tkazuvchanligi (1)
λsh = 0,7 – 0,64• 10-3 tsh, urt = 0,7 – 0,64• 10-3• 450 = 0,988 Vt/(m oS).
SHamotni ichki yuzasini sirtini aniqlaymiz
Ash.ich = 6 • 0,82 = 3,84 m2.
SHamotni tashqi yuzasini sirtini aniqlaymiz
Ash.tash = 6(0,8 + 2σsh)2 = 6(0,8 + 2•0,1)2 = 6 m2.
SHamotni xisobiy sirtini aniqlaymiz
Ash.xis = (Ash.tash • Ash.ich)0,5 = (6 • 3,84)0,5 = 4,8 m2.
SHamot qatlamni termik qarshiligini aniqlaymiz
Rt.sh = σsh /(λsh Ash.xis) = 0,1 /(0,988 • 4,8) = 0,021 oS/Vt.
Qatlamlar orasidagi xaroratni aniqlaymiz
tqat = tich – ‘yuk Rt.o’ = 500 - 5•103 • 0,021 = 395 oS.
Qatlamlar orasidagi xarorat taxmin qilib olingan xaroratga teng, shuning uchun xisob qaytadan bajarilmaydi.
Vermikulit qatlamini termik qarshiligi quvvatni yo`qotish tenglamasidan aniqlanadi.
Rt.v =[(t2 – tt) /1000 Ryuk] - Rt.sh = [(500 – 50) /1000 • 5]– 0,021= 0,0692 oS/Vt.
Vermikulit qatlamini o`rtacha xaroratini aniqlaymiz
tv.o`rt = (tqat + tt) / 2 = (395 + 50) / 2 = 222,5 oS.
222,5 0S xaroratida vermikulitning issiqlik o`tkazuvchanligi
λv = 0,08 + 0,23 • 10-3 tv.o`rt = 0,08 + 0,23 • 10-3 222,5 = 0,131 Vt/(m oS).
Vermikulitni kerakli qalinligicha ketma-ket yaqinlashish usuli bilan aniqlaymiz. SHuning uchun qatlamni aniq bir miqdorinii qabul qilib, uning termik qarshiligini aniqlaymiz va aniqlangan Rt.v = 0,0692 oS/Vt bilan solishtiramiz.
Verkulitni qalinligini 0,08 m qabul qilamiz. Verkulit qatlamini ichki yuzasini sirti shamotni tashqi yuzasini sirti bilan baravar
Av.ich =Ash.tash = 6 m2.
Vermikulit qatlamni tashqi yuzasining sirtini aniqlaymiz.
Av.tash = 6(0,8 + 2σsh + 2σv)2 = = 6(0,8 + 2• 0,1 + 2• 0,08)2 = 8,07 m2.
Vermikulit qatlamini xisobiy sirtinin aniqlaymiz
Av.xis = (Av.ich Av.tash)0,5 = (6• 8,07)0,5 = 6,96 m2.
Vermikulit qatlamining termik qarshiligini xisoblaymiz
Rt.v = σv / (λv Av.xis) = 0,08 / (0,131• 6,96) = 0,0877 oS/Vt.
.
Termik qarshilik kerakli miqdordan ko`’ chiqganligi uchun, vermikulit qatlamini qalinligi 0,06m qabul qilamiz va xisobni qaytaramiz.
Av.tash = 6(0,8 + 2• 0,1 + 2• 0,06)2 = 7,5 m2.
Av.xis = (6 • 7,5)0,5 =6,7 m2.
Rt.v = 0,06 / (0,131• 6,5) = 0,0684 Rt.v .
Vermikulit qatlamini 0,06 m qabul qilish mumkin, chunki bunda Rt.v xisobiy ko`rsatgichi 0,0684 oS/Vt.
Do'stlaringiz bilan baham: |