Amaliy mashg’ulot №7: elektr o’lchashlar



Download 188,69 Kb.
bet1/10
Sana30.12.2021
Hajmi188,69 Kb.
#91551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ф

AMALIY MASHG’ULOT № 7:ELEKTR O’LCHASHLAR

Elektr qurilmalari (generator, transformatorlar, energiya iste’molchilari va energiyani uzgartiruvchi boshqa qurilmalar) normal ishlashi uchun aniq texnik talablar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bunday talablarni tekshirish elektr o’lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insoning sezgi a’zolari elektr kattaliklari (tok , kuchlanish, chastota, kuvvat, energiya va boshqalar)ni bevosita kuzata olmaydi. Elektr o’lchash asboblari yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega bo’lishi hamda ishonchli va oddiy bo’lganliklari tufayli aksariyat fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yorug’lik, tezlik va boshqalar) elektr o’lchash asboblari yordamida o’lchanadi. Bunda noelektrik kattaliklar unga proporsional bo’lgan kattaliklarga o’zgartiriladi.

Elektr o’lchashlar usuli elektr va elektr bo’lmagan kattaliklarni o’zoq masofalardan o’lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o’lchashlar chuqur burg’ulanadigan quduqlarda, kon shaxtalarida, Yerning sun’iy yo’ldoshlarida va boshqa sohalarda keng qullaniladi.

Elektr o’lchashlar zamonaviy mashina va mexanizmlarni avtomatik boshqarishning asosiy bo’g’ini bulib hisoblanadi.



Fizik kattalikni o’lchash-o’lchanayotgan kattaliklarni shartli ravishda o’lchov birligi sifatida qabul qilingan xuddi shunday jinsdagi kattalik bilan taqqoslash demakdir. Shuning uchun ham berilgan kattaliklarni uning o’lchov birligi deb qabul qilingan qiymati bilan solishtirish jarayoniga o’lchashdeb ataladi.

Berilgan o’lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi o’lchov deb ataladi. O’lchovlar o’zgarmas va o’zgaruvchan qiymatli qilib tayyorlanadi. Qarshiligi 0,1 Om bo’lgan g’altak o’zgarmas qiymatli o’lchovdir. Har xil sig’imni olishga imkon beradigan o’zgaruvchan sig’imli kondensator esa o’zgaruvchan qiymatli o’lchov hisoblanadi.

O’lchanayotgan kattalikni o’lchov birligi yoki o’lchov bilan taqqoslash uchun mo’ljallangan moslama o’lchash asbobi deb ataladi.

O’lchash asboblarini tekshirish va darajalash uchun mo’ljallangan asboblar namuna asboblari deb ataladi.

Fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o’lchovlari etalonlar deb ataladi.

O’lchov birligi-o’lchash natijasi ko’rsatilgan birlikda ifodalangan va o’lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma’lum bo’lgan o’lchash holatidir.

O’lchash aniqligi- o’lchash kattaligining haqiqiy qiymatlariga o’lchash natijalarini yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifatidir.

Fizik kattaliklarni elektr o’lchash vositalari yordamida o’lchash elektr o’lchash deyiladi va u hozirgi vaqtda elektr va noelektr kattaliklarni o’lchashda keng foydalaniladi. Buning boisi shuki, bu usul qo’llanganda elektr o’lchashlarni masofadan turib, yuksak aniqlik va o’ta sezgirlik bilan amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Noelektr kattaliklarni nazorat qilish yoki o’lchash uchun ular o’lchash o’tkazgichlari yordamida elektr kattaliklariga aylantirib, elektr o’lchash asboblari bilan o’lchanadi.


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish