Amaliy mashg’ulot-5 Mavzu: Katalitik krekinglash jarayonini avtomatlashtirish. Ishdan maqsad



Download 45,14 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi45,14 Kb.
#95314
Bog'liq
5-амалий ТЖА


Amaliy mashg’ulot-5

Mavzu: Katalitik krekinglash jarayonini avtomatlashtirish.
Ishdan maqsad: Katalitik kerakinglash jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish va jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.

Qisqacha nazariy ma`lumot

Distillyat va qoldiq xomashyoning har xil turlarining katalitik krekingi yuqori oktanli benzinlar va yuqori kontsentratsiyali propan-propilen hamda butan-butelen fraktsiyali gaz olish uchun mo`ljallangan jarayon 420-550⁰C temperaturada va 0,1-0,2 MPa bosimda alyumosilikatli, tseoliti bo`lgan va boshqa katalizatorlarda kechadi. Katalitik krekingni o`rnatishning asosiy bo`g’ini reaktor - regeneratorli blok hisoblanadi. Katalitik kreking qurilmasi reaktorli - regeneratorli blokini avtomatik sistemasining funksional (ishlash) sxemasi 1-rasma tasvirlangan. Sistema blokining uchta eng muhim agregatlari - isitish pechi 1, reaktor 2 va regenerator 3 ning ishini ifodalovchi o`zgaruvchi parametrlarning avtomatik barqarorlashuvini ko`zda tutadi.

Rostlash sistemasi quyidagi o`zgaruvchi jarayonning barqarorlashishini ta`minlovchi bir qator o`zaro bog’liq konturlardan iborat: isitish pechida xom ashyoni isitish temperaturasi, reaktorda qaynayotgan qatlam sathi, reaktordan chiqayotgan kokslangan katalizator sarfi, regeneratordan chiquvchi regeneratsiyalangan katalizator sarfi, reaktorda va regeneratorda qaynayotgan qatlamning temperaturasi, regeneratordan chiqayotgan katalizatorning kokslanganligi. Avtomatik rostlash nuqtai nazaridan qarab chiqiladigan reaktor va regenerator musbat teskari aloqasi bo`lgan ko`p bog’lanishli ob`ektni ifodalaydi. Buning sababi shundaki, reaktordan chiqishda regenatorda havo ortiqcha bo`lganda katalizatordagi koks miqdorining ortishi regeneratorda qaynayotgan qatlam temperaturasini orttiradi va binobarin, reaktorda qaynayotgan qatlam temperaturasini o`stiradi. Bunda xom ashyoning parchalanish darajasi ortadi va katalizatorning keyingi kokslanishi ro`y beradi. Shunday qilib, reaktor-regenerator sistemasi o`zgaruvchanlik an`anasiga ega. Rostlash ob`yektining aytib o`tilgan xususiyati faqat uning issiqlik rejimigagina xos bo`lmay, balki gidrodinamik rejimiga ham xosdir.

Quyida reaktor-regenerator blokini avtomatik rostlash sistemasining tavsifi keltirilgan. Xom ashyoni isitish temperaturasini avtomatik rostlash kaskad sxema bo`yicha amalga oshriladi, shu bilan birga pechning ag’darish zonasi temperaturasi oraliq koordinata bo`lib xizmat qiladi. Boshqaruvchi ta`sir sifatida pechda yonilg’i gazining sarfidan foydalaniladi. Rostlashning bu konturi rostlovchi klapan 13 ga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagichi 6 yordamida amalga oshirilgan.

Pechning chiqishida xomashyoni isitish temperaturasi rostlagich bilan barqarorlashadi, rostlagichning chiqish signali rostlagichga topshiriq beradi. Xomashyoni isitish temperaturasini barqarorlashtirish uchun kaskadli ARS ning qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir, chunki asosiy g’alayonlanishlar (masalan, yonilg’i gaz liniyasida bosimning o`zgarishi) sistemaga rostlovchi organ tomonidan ta`sir qiladi. Boshqa bir jihati shundaki, «yonilg’i gazining sarfi - pechning ag’darish zonasi temperaturasi» kanalining inertsionligi - «yonilg’i gaz sarfi - xomashyoni isitish temperaturasi» kanalining inertsionligidan ancha kichik.

Reaktor rejimini avtomatik rostlashning bog’langan sistemasi reaktordagi temperatura va qaynayotgan qatlamning sathini, shuningdek katalizatorning reaktordan regeneratorga sarflanishini barqarorlashtirishni ko`zda tutadi.





Katalitik kreking jarayonini avtomatlashtirish sxemasi.
Reaktor 2dagi temperaturani rostlash pechdan o`tmasdan baypas orqali sovuq xomashyo sarfini o`zgartiruvchi, rostlovchi klapanga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagich yordamida amalga oshirildi. Sath rostlagichi klapan yordamida regenerator 3 dan chiqadigan tutun gazlari sarfini o`zgartiruvchi sath balandligi rostlagichi orqali rostlanadi. Reaktordan regeneratorga katalizator sarfi rostlagich yordamida rostlovchi klapanga ta`sir qilish yo`li bilan rostlanadi.

Qaynayotgan qatlam temperaturasini rostlash jarayonida baypas va binobarin, pech orqali xomashyo sarfi o`zgaradi. Shuning uchun xomashyo temperaturasini ARSida g’alayonlanishlar vujudga keladi. Pechning temperatura rejimini barqarorlashtirish va xomashyoni isitish temperaturasini ARSining sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash uchun sistemada temperatura rostlagichi uchun temperatura rostlagichidan topshirishni o`zgartirish ko`zda tutilgan bo`lib, bunda u sovuq xomashyo baypasida rostlovchi klapanning holati o`zgarganda pechga kelayotgan yonilg’i gazining sarfini o`zgartiradi.

Regenerator texnologik rejimining ARS quyidagilarni ta`minlaydi: regeneratorniig sovituvchi zmeeviklariga kondensat berishni rostlovchi klapanga ta`sir qiluvchi temperatura rostlagichi yordamida regeneratorda temperaturani barqarorlashtirish; regeneratorga havo beruvchi rostlovchi klapanga ta`sir qiluvchi rostlagich yordamida regeneratordan chiqayotgan katalizatorning kokslanganligini barqarorlashtirish; tashiluvchi agentni uzatishni rostlovchi klapanga ta`sir qiluvchi rostlagich yordamida regeneratordan reaktorga katalizator sarfini barqarorlashtirish.
Mashg’ulot topshirig`i:

1. Katalitik kerakinglash jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.



2. Katalitik kerakinglash jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.
Download 45,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish