Mavzu:Suyuqliklarni aralashtirish jarayonlari va qurilmalarini xisoblash Nazariy ma’lumotlar. “Suyuqlik-suyuqlik”, “suyuqlik-gaz” va “suyuqlik-qattiq jism” sistemalarida aralashtirish asosan quyidagi texnologik maksadlarda kullaniladi:
- suspenziya xosil kilish, ya’ni qattiq jism zarrachalarini suyuqlik muxitida xajman bir tekisda tarkatish;
- emulsiya xosil kilish, ya’ni suyuqlik zarrachalarini berilgan ulchamlargacha maydalash va ularni suyuqlik muxiti xajmi buylab bir tekisda taksimlash;
- barbotaj jarayonlarida gaz pufaklarini suyuqlikda bir xil taksimlanishiga erishish yoki suyuqliklarni gaz bilan tuyintirish (aeratsiya);
- suyuqliklarni isitish yoki sovutish jarayonlarini tezlashtirish;
- uzaro aralashadigan sistemalardagi modda almashinish jarayonlarini (masalan, qattiq zarrachalarni suyuqlikda eritish) jadallashtirish;
- biotexnologik jarayonlarni amalga oshirish.
Aralashtirish jarayoni uning intensivligi (tezligi), kuvvat sarfi va samaradorligi bilan tavsiflanadi.
S anoat korxonalarida suyuqliklar quyidagi usullarda aralashtiriladi: mexaniq aralashtirish, pnevmatik usulda aralashtirish, turbulizatorlar yordamida aralashtirish va sirkulyatsiyaviy aralashtirish.(4.1-rasm)
Jarayon intensivligi aralashtirilayotgan suyuqlikni birlik xajmiga V yoki massasiga (V) sarflanayotgan energiya mikdori (N/V yoki N/(V/)) bilan aniqlanadi.
Aralashtirish qurilmasi xajmi bo’yicha maxsulot fazalarini aralashish darajasi quyidagi tenglama yordamida ifodalanadi
i =1- (x1/(100 - xa) + x2 /xa)/(m + n),
4.1-rasm.Aralashtirish qurilmasi sxemalari
bu yerda xa=100Vkk/(Vcc+Vkk)- tulik (ideal) aralashish paytida qattiq zarra-chalarni aralashma xajmidagi konsentratsiyasi; Vk- tarkalayotgan qattiq jism zarrachalarining asosiy maxsulotdagi xajmi; Vs- qurilmadagi asosiy maxsulot xajmi, masalan, suyuqlikni; k , s - qattiq zarrachalar va suyuqlikning zichlik-lari; x- aralashtirish qurilmasidagi zarrachalar konsentratsiyasi, uzgaruvchan kiymat; x1=x-xc- aralashtirish qurilmasidagi modda konsentratsiyalarining musbat farki; x2=x-xc - modda konsentratsiyalarining manfiy farki; m- musbat (x10) ulchov natijalari olingan namunalar soni; n- manfiy ulchov natijalari (x20) olingan namunalar soni.
Aralashish darajasi 0 i 1 chegaralarda uzgarishi mumkin.