Yechimi: Ishlar ikki smenada olib borilgani uchun eng ko’p ishchilar ishlash smenasi umumiy odamlarning 60% ni tashkil qiladi deb qabul qilingan, ya’ni
400´0,6 = 240 odam.
Maishiy xonalar yuzasini hisoblaganda bu xonalardan 90% ishchilar bir smenada foydalaniladi deb qabul qilingan
240´0,91=216 kishi.
Me’yoriy hujjatlarga asosan har bir foydalaniladigan ishchi uchun sanitar-gigiyenik va maishiy xonalar yuzasini me’yori keltirilgan. Talab qilinadigan xona turiga qarab har bir turdagi xonaning yuzasi hisoblanadi.
Ovqatlanish uchun mo’ljallangan xonada har bir ovqatlanadigan ishchi uchun 0,7 m2 yuza ajratilgan. Ovqatlanish ikki smenada olib boriladi deb qabul qilinganda
Ishchi kiyimlarni changsizlashtirish va quritish uchun xizmat qiladigan xonani yuzasi bir ishchiga 0,2 m2 belgilangan va bu xona 50% ishchilarga mo’ljallanadi
0,2 x 216·0,5 = 21,6 m2.
Ishchi kiyimni va toza kiyimni saqlash uchun mo’ljallangan garedrob yuzasi bir kishiga 0,4 m2 belgilangan va bu garderobdan hamma ishchilar foydalanadi
0,4 x 400 = 160 m2.
Ishdan so’ng ishchilar dushda cho’milishi uchun har 10 kishiga bir dush joyi belgilanadi. Dushdan 60% smenada ishlovchi ishchilar foydalaniladi deb qabul qilinadi
216 ishchi·0,6/10 = 13 dona.
Yuvinish xonalarida, qo’l yuvish uchun har 35 kishiga bir kran belgilangan. Bu holda kranlar soni quyidagicha aniqlanadi
216/35 = 6 dona kran
Har bir ishchiga yuvinish xonasida 0,1 m2 yuza bo’lishi belgilangan. Bu holda yuvinish xonasining yuzasi quyidagi formula orqali hisoblanadi
216x0,1 = 21,6 m2.
Qish vaqtida ishchilar uchun isinadigan xonada har bir ishchi-ga 0,1 m2 yuza ajratiladi.
216x0,1 = 21,6 m2.
Qurilish maydonida ishlovchi ishchilarni 60% ni erkaklar va 40% ni xotin-qizlar tashkil qilishini hisobga olsak, har smenada ishlovchi xotin-qizlar quyidagicha aniqlanadi;
216x0,4 = 86 odam.
Hojatxonalarda har 25 kishiga 1 dona unitaz ajratiladi
216/25 = 8,64 dona.
Bir unitazga 2,5 m2 yuzi ajratilishini xisobga olsak, u holda hojatxona yuzasi quyidagicha hisoblanadi
2,5x9 dan = 22,50 m2.
Hisoblangan har bir sanitar-gigiyenik va maishiy xonalar yuzasini 30% erkaklarga va 30% xotin-qizlarga ajratiladi. Hisoblangan yuzalarga to’g’ri keluvchi yoki yuzasi qiymatiga eng yaqin inventar vaqtinchalik binolar tanlanadi.
?
Amaliy ishni bajarish jarayonida talabalarning mavzuni
to’liq o’rganishida yordam beruvchi savollar:
Mikroiqlim deb nimaga aytiladi?
Optimal va ruxsat etilgan mikroiqlim nima?
Qanday ish kategoriyalarini bilasiz?
Mehnat gigiyenasi nima?
Sanitariya-maishiy xonalarning vazifasi nima?
Konditsioner qanday qurilma?
Ish bo’yicha hisobot tayyorlang ?
Do'stlaringiz bilan baham: |