Ko‘paytirish va reproduksiyasi. Gripp viruslari tovuq embrionining amniotik va allantois bo‘shliqlarida, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida yaxshi ko‘payadi, natijada hujayraga virusning kuchsiz patogen ta’siri kuzatiladi. Gripp viruslari epitelial hujayralarning glikoprotein retseptorlariga birikadi, retseptor endotsitoz yo‘l bilan hujayraga kiradi. Hujayra yadrosida virus genomining transkripsiya va replikatsiyasi amalga oshadi. Bunda RNK fermentlari aRNK sifatida ribosomalarga uzatiladi va u erda virusga xos oqsillar sintez qilinadi. Virus hujayradan kurtaklanish yo‘li bilan chiqib ketadi. 4
CHidamliligi. Gripp viruslari sovuqda tirik saqlanib qoladi. Past haroratda, ayniqsa havo harorati 00S dan past bo‘lganda virus uzoq saqlanadi. Ammo qizdirilganda, tik tushadigan quyosh nuri, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tezda nobud bo‘ladi; ishqor va nordon muhitlarga ham ta’sirchan. Glitserinda 3 oy davomida faolligini yo‘qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |