4
I
6
8
3
s
7
Kvadratlar to'plamini tayyorlash uchun och va to'q rangdagi qiytimlami tanlash
va ulardan uchburchak va to'rtburchaklarni shunday bichib olish kerakki, tayyor
holdagi har bir kvadrat9x9 o'lchamda bo'lishi kerak (chok haqi 0,5—1 sm).
Kvadratlar to'plaminiquyidagicha tayyorlab olinadi: awal uchburchaklar diagonali
bo'yicha birlashtirib olinadi, so'ngra 5 ta kvadrat bir-biriga ulanib, vertikal tasma
hosil qilinadi. Xuddi shunday usulda tayyorlangan 5 ta vertikal (kvadratlar to'plami)
tasma o'zarobiriktirilgach katta kvadrat to'plami hosil bo'ladi. Tayyorlanayotgan quroq
ko'rpa uchun bunday kvadratlardan 12 dona tayyorlab oli-nishi kerak.
Bu kvadratlar to'plami turlicha bo'lishi mumkin, lekin ularda rang monandligi
saqlanib qolishi zarur Awal 3 ta kvadratlar to'plami o'zaro kengligi 9 sm va uzunligi
45 sm (chok haqlari hisobga olinmagan) bo'lgan tasma orqali biriktiriladi. Bu
tasmalar yaxlit bo'lmasdan turli rangdagi gazlama bo'laklaridan ham tayyorlanishi
mumkin. Xuddi shunday tartibda yana qolgan kvadratlar to'plami o'zaro birlashtirib
chiqiladi. Hosil bo'lgan kvadratlar to'plami bloklarining uzunligi 171 sm, kengligi 9
sm bo'lgan tasmalar orqali biriktiriladi.
Bunday tasmalar xuddi awalgilaridek, yaxlit gazlamadan bo'lmay, turli
gazlamalarni biriktirib hosil qilingan bo'lishi ham mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir biriktirish chokidan so'ng namlik-issiqlik
ishlovi berish kerak.
Endi qavilgan quroq ko'rpa detallarini o'zaro biriktiriladi. Ko'r-paning astarini
bichib olinadi. Uning o'lchamlari avra o'lcham-laridan 5—6 sm ga kattaroq bo'lishi
kerak, ya'ni (171 sm+5 sm)x (225 sm+5 sm), chunki astar avraning ustiga bukib
tikiladi. Yaxshilab dazmollangan astarni polga teskari tomonini ustiga qilib yoziladi.
Uning ustidan avra o'lchami bo'yicha tayyorlangan sintetik vatin qo'yiladi. Vatin
ustidan esa o'ngini ustiga qilib quroq avrani shunday yozish kerakki, bunda avraning
atrofidan astar bir xil masofada chiqib tursin.
Uchala detaining uchlarini to'g'rilab, to'g'nog'ichlar bilan qadab chiqiladi.
Qadashni awal markazdan burchaklar tomon, so'ngra markazdan yon tomonga qarab
bajarish kerak (67- rasm,
d).
To'g'nog'ichlar o'rni va ko'rpaning hamma tomonlari
qo'lda ko'klab chiqiladi. Endi ko'rpani mashinada yoki qo'lda qavib chiqish mumkin.
Bunda qaviq chokini gazlama qoldiqlari biriktirilgan joylarida bajarilsa, ko'rpaning
qavig'i chiroyli chiqadi. qavib bo'lingach, ко'фа perimetri bo'yicha astarni avra ustiga
bukiladi, uchlariga 68- rasmdagidek ishlov berilib, buklov chokini tikib qo'yiladi.
Xuddi shu tartibda orasiga sintetik vatin qo'ymasdan ikki qavat qilib divan
yopinchig'ini tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |