Amaliy mashgʻulot №3 Mavzu: Agregat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga xisoblash



Download 46,24 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi46,24 Kb.
#657481
Bog'liq
AMALIY MASHGʻULOT 3

AMALIY MASHGʻULOT №3




Mavzu: Agregat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga xisoblash




Ishning maqsadi: Agregat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga xisoblashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
Agregat stanoklarning o‘ziga xos xususiyatlari. Tasnifi va tuzilishi.
Donalab, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chikarish sharo­itlarida teshiklarga ishlov berish jarayonlari xam universal, xam RDB parmalash va teshik yo‘nish stanoklarida bajariladi. Yirik seriyalab va yalpi ishlab chikarish sharoitlarida esa buishlarni bajarish uchun ko‘p xil ishlarni bajara oladigan, ish unumini bir vaktning uzida bir nechta va turli teshiklarga ishlov berish xisobiga oshiradigan stanoklar talab etiladi. Bunday talablarni agregat stanoklar qondiradi. Agregat stanoklar mustakil ish bajara oladigan unifikasiyalangan (birxillashtirilgan) yirik qismlar (agregatlar) dan tuzilgan bo‘lib, yagona boshqarish, nazorat kilish va muvofiklashtirish sistemalari bilan jixozlangan.
Agregat stanoklarda asosan quyidagi qismlar birxillashtirilgan: kuch kallaklari va turli yuritmalar bilan jixozlangan stollar; ko‘pshpindelli qutilar (parmalash, rezьba qirqish va xokazo ko‘pshpindelli qutilari); burish-bo‘lish stollari va barabanlar; gidravlik yuritish, moylash va sovitish stansiyalari asosiy (zamin) korpus detallar (staninalar, stoykalar, burchak liklar va x.k); qirindi yig‘ish transportyorlari; elektr sxemalardagi asboblar va x.k. Birxillashtirilgan qismlarning ko‘pchiligi kattakichikligi jixatdan o‘zaro farqlanadigan qilib chikariladi, bu esa agregat stanoklarni ishlov beriladi­gan detallarning o‘lchamlariga qarab tuzishga imkon beradi.
Agregat stanoklarda birxillashtirish darajasi 75-80 foizga yetadi, bu esa stanoklarni tayyorlashda va ishlatishda kator afzalliklar beradi [26]:

  1. agregat stanoklarni loyixalash va tayyorlashda (maxsus stanoklarga nisbatan) vakt va mablag sarfi kamayadi, shuningdek ixtisoslashtirilgan stanoksozlik zavodlarida birxillashtirilgan qismlarni seriyalab ishlab chikarish xarajatlari qisqaradщ ■

  2. stanoklar mustakil qismlardan tuzilgani uchun ularni turli detallarga ishlov berishga qayta sozlash, shuningdek ta’mirlash ancha osonlashadi;

  3. stanokning tajriba nusxasini tayyorlash va sinashga vakt va mablag sarflanmaydi, chunki agregat stanoklar turli sinov lardan utgan tayyor qismlardan tuziladi.

Agregat stanoklarda teshiklardan tashkari, tashqi aylana yuzalarga, tekis (yassi) va vintsimon sirtlarga xam ishlov beri­ladi. Shuning uchun bunday stanoklarda: parmalash, zenkerlash, razvertkalash, teshik yo‘nib kengaytirish, frezalash, tashqi aylana sirtlarni yo‘nish, rezьba qirqish, yon sirtlar (toreslar)ni kesish va x. k. ishlar bajariladi.
Teshiklarga ishlov berish va rezьba qirqishga mo‘ljallangan agregat stanoklarda ishlov beriladigan detal odatda ko‘zgalmaydi, asosiy xarakat va surish xarakati esa, parmalash stanoklaridagi kabi asbobga beriladi. Lekin ba’zi xollarda asosiy xarakat asbobga, surish xarakati esa ishlov beriladigan detalga berilishi mumkin.
Agregat stanoklar ko‘pincha yarimavtomat stanok tarzida bo‘ladi, chunki ularda, bajaruvchi organlarning barcha xarakatlari avtomatlashtirilgan, zagotovkani o‘rnatish va tayyor detalni yechib olish esa ko‘lda bajariladi. Ishlov beriladigan zagotovkalarning shakli ularni avtomatik tarzda yunaltirishga va stanokga o‘rnatiщga qulay bo‘lganda stanoklarni to‘liq, avtomatlashtirish xam mumkin.
Agregat stanoklarning shartli belgilari odatda standartga mos kelmaydi. Har qaysi maxsus konstruktorlik shu’basi (MKP) o‘zining: shartli belgilaridan foydalanadi.
Agregat stanoklar tasnifi va tuzilishi.
Stanoklarni yasashda ishlatiladigan birxillashtirilgan qismlar stanoksozlik me’yorlari (normallari) bo‘yicha seriyalab ishlab chikariladi. Bu me’yorlar ENIMS tomonidan Morkva AJI va AS MKSH, Minrk AL MKSH, Xarkov AS MKSH va boshqa konstruktorlik shu’balari bilan xamkorlikda ishlab chikilgan. Bu qismlardan turli agregat stanoklar yasash mumkin. Agregat stanok (1 rasm) quyidagi birxillashtirilgan qismlardan: stoyka 7, ko‘pshpindelli quti 3 ning yuritmasi 2, yon stanina 4, ikkita kuch stol 5, teshik yo‘nish shpindelli babkasi 6, markaziy stanina 7, burish-bo‘lish stoli 8 va taglik stanina 9 dan tuzilgan. Stanok tarkibiga, shuningdek, birxillashtirilgan gidroyuritma, moylash va sovitish stansiyalari, elektr sxema (1rasmda ko‘rsatilmagan) xam kiradi. Stanokga o‘rnatiladigan moslama birxillashtirilgan qism bo‘lmasa dam, asosan birxillashtirilgan detallardan tuzilgan.



1 rasm. Agregat stanoknnng tuzilish struktur asi:
1— ustun; 2 — ko‘pshpindelli qutining yuritmasi; 3, 4 yon stanina; 5 — kuch stol; 6 — teshik yo‘nish shpindelli babkasi; 7 maRKaaiy stanina; 8 — burish-bo‘lish stoli; 9 — taglik stanina

2 rasm. Aralash bir pozisiyali ikki tomonlaka parmalash agregat stanogining stasionar (joyidan olinmaydigan.) moslami bilan birga umumiy ko‘rinishi:
1 — yon stanina; 2—maRKaziy stanina; 8— taglikstanina; 4 — ustup; 5 va 14 — kuch stollar; 6 va 13 — ko‘p shpindelli qutilarning yurntmalarn; 7 va 12 — ko‘p shpivdelli qutilar; 8 va 11 — asboblar; 9 — detal; 10 — moslama

Agregat stanoklarning zamin tuzilmalari.


Yuqori unumli agregat stanoklarni nisbatai ko‘proq chiqarish va ulardan unumli foydalanish soxalarini (shu jumladan seriyalab ishlab chiqarishni) kengaytirish yo‘llaridan biri bu stanoklarni yaratishda ularning zamin kompanovkalari (tuzilmalari)dan foydalanishdir. Ma’lum toifadagi agregat stanoklarning zamin tuzilmasi deyilganda ularning birxillashtirilgan qismlardan tuzilgan, shuningdek ishlov beriladigan detallarning shakli va o‘lchamlaridan qatiy nazar o‘zgarmas geometrik parametrlarga ega bo‘lgan umumiy qismi tushiniladi.
3-rasmda eng ko‘p tarkalgan vertikal bir tomonli ko‘p pozisiyali agregat stanoklarning zamin tuzilmasi keltirilgan. Bu tuzilma diametri 1000 mm li planshaybali burish stoli 1 va oltinchi gabaritli kuch stol 2 dan iborat. Kuch stol 2 ning platformasi 630 mm yuradi va uning ustida oltinchi gabaritli burchaklik S joylashgan. Ko‘rsatilgan stollar mos xolda maRKaziy stanina 4 ga va taglikstanina 5 ga o‘rnatilgan stoyka 6 ga maxkamlangan.
Mazkur zamin tuzilma birxillashtirilgan boshqaruvchi elektr sxema va mos elektr urkunalar bilan jixozlangan. By tuzilmada shuningdek, birxillashtirilgan gidrostansiya (3- rasmda ko‘rsatilgan) va detallarni ko‘p pozisiyali moslama da siqish uchun gidroyuritma xam bor.

3-rasm. Vertikal ko‘ppozisiyali bir tomonli agregat stanoklarning zamin kompanovkasi (tuzilmasi):
1- burish yo‘lish stoli; 2 - kuch stol; 3 - burchaklik; 4 - maRKaziy stanina; 5 - taglik stanina; 6 - ustun; 7, 8, 9, 10 - shtiftlar

Zamin tuzilmaning asosiy geometrik parametrlari kuyida gilardan iborat:



  • taglik stanina 5 dan kuch stol 2 ning yon tomonigacha (toresigacha) bo‘lgan masofa N = 1300 mm;

  • kuch stol platformasining ish sirtidan burish bo‘lish sto­li 1 planshaybasining o‘kigacha bo‘lgan masofa V = 530 mm;

  • burish bo‘lish stoli planshaybasining ish sirtidan bur­chaklik 3 ning yotqizish tekisligigacha bo‘lgan masofa (platforma urta vaziyatda bo‘lganda o‘lchanadi) Hi — 1150 mm;

  • kuch stol platformasining o‘rtacha vaziyatdan pastga yurish yo‘li LH = 250 mm va yuqori ga yurish yuli LB 380 mm;

  • kuch stol platformasining eng kichik ko‘shimcha pastga yurish yuli Lmin ss= 20 mm.

Zamin tuzilma asosida yaratiladigan barcha stanoklarda Ya , va V geometrik parametrlar doimoy qiymatga ega bo‘ladi. Ya, parametri ko‘pchilik stanoklar uchun turlicha bo‘ladi va ko‘pshpindelli qutining Uk (mexvo‘r) o‘lchamiga, asbobni sozlashdagi (ishlov berish sxemasidagi) tutashtiruvchi o‘lchamlarga, planshaybaning ish sirtidan moslamadagi tayanch sirtgacha bo‘lgan masofaga, shuningdek ishlov beriladigan sirtlarning tayanch sirtga nisbatan joylashishiga botiq.
Stanokning zamin tuzilmasiga ko‘p shpindelli quti va moslama o‘rnatilmaydi. Bular ishlov beriladigan detallarning xar qaysi turi uchun turlicha bo‘ladi. Geometrik o‘lchamlarning aniqligini tekshirishda ko‘pshpindelli quti o‘rnatiladigan za­min qismlar (burchaklik 3 dagi shtiftlar 7 va 8 xamda uning yotish tekisligi) ning moslama o‘rnatiladigan zamin qismlar (planshaybadagi shtiftlar 9 va 10 xamda uning ish sirti) ga nisbatan joylashishi nazorat knlinadi. Geometrik aniqlik maxsus qurilmalar yordamida tekshiriladi.
Geometrik aniqlik bu xilda tekshirilganda keyinchalik za­min tuzilmaga turli ko‘p shpindelli qutilarni va moslamalarni o‘rnatganda shpindellarning aylanish o‘qining detalga nisba­tan joylashish aniqligini to‘grilashga extiyoj kolmaydi. Mazkur xolda to‘liq o‘zaro almashinuvchanlikga rioya qilinadi.
Ko‘rib chiqilgan zamin tuzilmali agregat stanoklarda mayda va o‘rtacha yiriklikdagi korpus detallar, yumaloqmas sterjenlar (richaglar), xavol silindrlar (vtulkalar) va dirklarda teshiklar parmalash, teshiklarni parmalab kengaytirish, zenkerlash, toza ishlov berish, (razveRTKalash), yo‘nib kengaytirish va rezьba qirqish mumkin. Teshiklarga ishlov berish (parmalash, zenkerlash, xomaki va toza razveRTKalash) aniqligi 7 kvalitetga, ularning o‘zaro joylashish aniqligi esa 8 aniqlik darajasiga erishadi.
Agregat stanoklar zamin tuzilma asosida yaratilganda quyidagi afzalliklarga erishiladi:

  • mexnat sarfi va stanoklarni loyixalash muddatlari qisqaradi, chunki bunda faqat ko‘p shpindeli qutilar, moslamalar va asboblarii sozlashning o‘zi ishlab chiqiladi;

  • sotib olinadigan va tayyorlanadigan birxillashtirilgan qismlar xamda detallar ruyxati jiddiy qisqaradi. Natijada staninaning ayrim qismlarini, ko‘p shpindelli qutilar, gidro stansiyalar va x.k. dagi korpus detallarni mayda seriyalab ish­lab chikarishni tashkil etish mumkin bo‘ladi. Bu xam ularni tayyorlaщdagi mexnat sarfini ma’lum darajada kamaytirishga va ishlab chikarish maromini oshirishga imkon beradi;

  • ishlab chikarish sharoitlarida zamin tuzilmadagi ko‘p shpin­delli qutini, moslamani va asboblar sozlashini o‘zgartirish yo‘li bilan bir xil detaldan ikkinchi xil detalga o‘tishga imkon yaratiladi. Bunga erishish uchun zamin tuzilmaga turli ko‘p shpindelli qutilarni va moslamalarni o‘rnatishda tuliq o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash, shuningdek* birxillash­tirilgan elektr va gidravlik sxemalarni qo‘llanish zarur;

  • zamin tuzilmalarni buyurtmachi talabiga ko‘ra mayda seriyalab ishlab chikarish imkoni paydo bo‘ladi, bu esa agregat stanoklarni joriy etish muddatlarini qisqartiradi.

Ko‘rsatilgan bu afzalliklar 9.7 rasmda keltirilgan zamin tuzilma asosida agregat stanoklar yaratishda yaqqol ko‘rinadi. Bu zamin tuzilma yuqorida ko‘rib o‘tilgan tuzilmadan farq qilib, asosiy xarakat yuritmasi bilan jixozlangan. Bu tuzil­ma uklari orasidagi burchak r == 90° bo‘lgan . (O‘qlari o‘zaro tik joylashgan) konussimon reduktorlarning korpuslaridagi aso­siy teshiklarga ishlov beradigan agregat stanoklarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Faqat traktorsozlik va qishloq xujalik mashinasozligi zavodlarida konussimon reduktorlarning 115 xili chiqariladi, bu esa mazkur soxadagi reduktorlar ruyxatining taxminan 90 foizini tashkil etadi.
Hisobotning mazmuni.

    1. Mavzu.

    2. Ishdan maqsad.

    3. Qisqacha nazariy ma’lumot.

    4. Agregat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga xisoblash o‘rganing.

    5. Xulosa.

Download 46,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish