Temuriylar davri yogoch uymakorligi san’ati.
Yogoch uymakorligi maktablari va ustalarining xayoti va faoliyati.
Amaliy san’atning tarixiy kelib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqaladi. Bashariyat ulg‘ayib borgan sari amaliy san’at ham yuksala boradi. Yashash uchun kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun extiyoj kuchayib borish jarayonida qо‘l Mehnatidan aqliy Mehnat ajralib chiqa boshlagan. Ov qurollari, uy-ruzgor buyumlariga bulgan extiyoj kuchayib boradi. Avvalo tosh uymakorligi, suyak uymakorligi, keyinchalik esa yogoch uymakorligi xam sekin astalik bilan o’z rivojini topdi.
Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa, ijtimoiy taraqqiyotda katta uzgarishlar sodir buldi. Bu esa fan va san’at rivojida katta axamiyat kasb etdi. Xalqning turmushi, xulk va odatlari, yutug va maglubiyatlari ularning asarlarida uz ifodasini topib boradi. Xar bir davrda san’atkorlar xayot guzalliklarini tasvirlab bordi, ular tenglik, ozodlik, birodarlik va yorkin kelajakka intilish yulidagi kurashga da’vat etdi.
Arxeologik kazishlar natijasida Surxon voxasidagi Yumalok-tepa tubidan topilgan yogoch uymakorligi mazkur joylarda 1, 1,5 ming yil mukaddam san’atning bu turining yaxshi rivoj topganligini olimlarimiz isbotlab berishdi.
Xali-xanuz bunday noyob topilmalar nafakat Surxon voxasida, balki, Samarkand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Fargona vodiysidagi Sux va kadimiy shaxar-kishloklaridan 5-6-asrdagi san’at asarlari topildi.
Chingizxon boskinchiligi tufayli 13-asrga kelib madaniy xayot izdan chikdi. Urta Osiyodagi Buxoro, Samarkand, Urganch, Balx va Marv kabi shaxarlar Chingizxon boshchilik kilgan mugullar tomonidan ostin-ustun kilib tashlangan.
Bu vayronagarchiliklarga 14-asrning ikkinchi yarmida A.Temur Urta osiyo Xalqlarini birlashtirish orkali chek kuydi. Xalqimizning madaniyati, san’ati, shu jumladan yogoch uymakorligiga uz kurgan obidalari orkali xissa kushdi. Samarkandga yirik-yirik usta ulamolarni tuplab, masjidlar, madrasalar, saroylar va boshka ulkan inshoatlar kurdirdi.
16-asr arxitektura inshoatlarining kurinishi yanada takomillashdi, kupriklar, savdo rastalari kurila boshladi. Jome’ masjidlari saroy tipida serxasham kilib, kishlik va yozlik kilib kurilib, katta ayvonlar uyma ustunlari va eshiklari xam uyma bezaklar bilan bezatiladi.
17-asrga kelib Urta Osiyoda avj olgan uzaro feodal nizo va urushlar Eronning Xivaga kilgan xujumi va boshkalar arxitektura va badiiy xunarmandchilikka salbiy ta’sir kursatdi. Kupgina musavvir va xunarmandlar Xindistonga Boburiylar saroyiga ketishga majbur buldilar. 18-asrga kelib me’morchilik va amaliy bezak san’ati rivojlana boshladi. Saroy kurilishlari Xalq me’morchiligi kompazitsiya uslublaridan foydalanib ichkari xovli, xovuz, kup ustunli ayvon, sinchli imoratlar kurila boshladi.
18-19-asrlarda binolarning ayniksa ichki kismini koshin, toshganch va yogoch uymakorligi bilan bezatildi.
Xivadagi Paxlavon Maxmud makbarasi, Qо‘qondagi Daxmai shoxonlarni misol keltirish mumkin. Xalqimizning ijodkor ustalaridan usta Shirin Murodov, Mirxamid Yunusov, Shamsiddin Gofurov, Yunus Ali Musayev, Usmon Ikromov,Kuli Jalilov, Sulaymon Xujayev, Xaydar Najmiddinov, Maksud Kosimov, Maxmud Usmonov, Abdulla Boltayev, Abdurazzok Abduraxmonovlar uz xunarlarini maktabda va maktabdan tashkari muassasalarda yoshlarga urgatishni yulga kuydilar. Keyinchalik esa uz uslubi, yunalishiga ega bulgan Xiva, Samarkand, Buxoro, Toshkent va Kukon kabi yirik yogoch uymakorligi maktablari rivoj topdi.
-Xiva yog’och uymakorligining Ota Polvonov va Sapo Boqibekovning ijodiy faoliyati aloxida o’rin tutadi. Bu maktab uymakorligi Naqshlarning maydaligi, zamininig kamligi, novdalarning zichligi bilan ajralib turadi.
-Samarqand yog’och uymakorligida esa uymalarning maydaligi, Naqshning murakkabligi, usimliksimon girix va gulli girix Naqshlarining kup ishlatilishi bilan ajralib turadi. Ijodkor ustalar Abdulxofiz Jalilov, Asatilla, Nasurilla, Nurali Narzullayevlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |