Tarixiy mazmundagi yozuvlar.
SHumer shaharlari, Akkad, Bobil va Osuriya
davlatlari podsholarining bizgacha yetib kelgan yozuvlari juda katta ilmiy
qimmatga egadir. SHunday yozuvlardan biri er. avv. XXIV asrga oid Lagash
davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan urushi to`g`risida hikoya
qiladigan Lagash hokimi Eannatumning chegarada tosh taxtaga bitilgan «Kalxatlar
stelasi» deb ataladigan yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi
Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va
bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga
yurishlari to`g`risidagi yozuvlari va «Manishtusu yodgorligi (obelisk)»da podsho
yer zahirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko`payishi to`g`risida ma’lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |