Amaliy mashg’ulоt № 2
Mavzu: Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti.
MASHG’ULOTNING MAQSADI: Windows OT ishlashni o’rgatish.
MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
MASHG’ULOTNING BОRISHI:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Windows OT haqida ma’lumotlar beriladi.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish. O’rganganlari ustida mashq.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berib, Kоmpyuterlarni o’rnatilgan tartib asоsida o’chirish.
1. Windows ish stoli elementlari bilan tanishtirish. Masalalar paneli. Windows XP dasturi ishga tushgandan keyin ekran ikki qismga ajraladi: ish stoli va masalalar paneli. [A-1.117 page]
Windows XP interfeysining asosiy elementi – bu ish stoli hisoblanadi. Ish stolida hamma dasturlarning oynalari ochiladi. Ish stolidan dasturlarni tez ishga tushirish maqsadida ham foydalaniladi.
Odatda ish stolining quyi qismida joylashgan masalalar paneli dasturlarni tez ishga tushirish va yopish hamda kompyuterning ishlashi haqida sizga axborot berish uchun xizmat qiladi.
Ish stolida bitta yoki bir qancha belgi va yorliqlar bo’lishi mumkin. Belgi va yorliqlar grafikli obekt bo’lib, dasturlarni tez ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Ularning ostida dasturning nomi yoziladi. Ko’p dasturlar kompyuterga o’rnatilayotganda ish stolida yorliqlar hosil qiladilar. O’zingiz ham mustaqil ravishda yorliqlar hosil qilishingiz mumkin (bu haqda keyinroq so’z yuritiladi). Yorliqning o’chirilishi dasturning o’chirilishiga olib kelmaydi, ya’ni yarligi o’chirilgan dastur kompyuter xotirasida qolaveradi.
Windows XP dasturi ishga tushganda ish stolida Корзина belgisi mavjud bo’ladi. Bu belgini ikki marta bossak, Корзина dasturi ishga tushadi. Bu dasturning vazifasi o’chirilgan fayllarni vaqtincha saqlashdan iborat.
Hozir biz Корзина dasturini ishga tushirib, dastur oynasi misolida, barcha dastur oynalari bilan ishlashning sodda usullari bilan tanishib chiqamiz.
Sichqonchani Корзина ustiga olib kelib, ikki marta asosiy tugmasini tez bosing;
Ish stolida Корзина dasturining oynasi paydo bo’ldi; [A-1.140 page]
Masalalar panelida ham Корзина dasturining tugmasi hosil bo’ldi;
Dasturning nomi ko’rsatilgan qatorning yuqori o’ng burchagidagi Свернуть tugmasini bosing;
Do'stlaringiz bilan baham: |