Aholini piyoda ko’chirish
Piyoda ko’chirishda kolonna (500 - 1000) tashkil etiladi. Yirik shaxarlarda
kolonna o’tishi tufayli transport xarakatiga xalakit berishi mumkin. Shuning uchun yig’ilish ko’chirish nuqtalarini shaxar chetiga tashkil etiladi, bu kolonna o’tish masofasini qisqartiradi.
O’tish uchun xarbiy qo’shinlar, yuk tashuvchi transport yuruvchi yo’llar jalb etilmaydi. Dam olish uchun 1 -1.5 soatdan keyin 10-15minut vakt ajratiladi. Kunning ikkinchi yarmida 1- 2 soat vaqt ajratiladi. Uzoq masofada piyoda ko’chirishda oraliq ko’chirish nuqtasi tashkil etiladi, yo’lyonida xavfli zonalardan narida.Piyoda ko’chirishda oraliq ko’chirish nuqtalari orasida 1-2 ta xarakatli avtomashinada tibbiyot nuqtalari ajratiladi, ular yurishi uchun yul bo’lishi kerak, og’ir bemorlarni yaqinda joylashgan tibbiyot muassasalarga olib borishadi. Piyoda kolonnani kuzatib boruvchi 1-2 san. Drujinachilar birinchi tibbiy yordamni ko’rsatishadi.
Qabul etish ko’chirish nuqtasida 1 vrach, 2 o’rta tibbiyot xodimi smenada (12 soat) sanitar transporti, dori vositalar ajratiladi. Bunda stantsionar, bog’lov xonasi, ambulatoriya va izolyator tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |