2 – jаdvаl .Оld qo’shimchаlаr vа ulаrning ko’pаytuvchilаri
Оld qo’shimchа nоmi
|
Bеlgisi
|
Ko’pаytuvchisi
|
O’qilishi
|
O’zbеkistоndа
|
Хаlqаrо
|
Eksа
|
E
|
Е
|
10000000000000000000=1018
|
Kvintilliоn
|
Pеtа
|
P
|
R
|
1000000000000000=1015
|
Kvаdrilliоn
|
Tеrа
|
T
|
T
|
1000000000000=1012
|
Trilliоn
|
Gigа
|
G
|
Sg
|
1000000000=109
|
Milliаrd (billiоn)
|
Mеgа
|
M
|
M
|
1000000=106
|
Milliоn
|
kilо
|
k
|
k
|
1000=103
|
Ming
|
gеktо
|
g
|
h
|
100=102
|
Yuz
|
dеkа
|
dа
|
da
|
10=101
|
O’n
|
dеtsi
|
d
|
d
|
0,1=10-1
|
O’ndаn bir
|
sаnti
|
s
|
c
|
0,01=10-2
|
Yuzdаn bir
|
milli
|
m
|
m
|
0,001=10-3
|
Mingdаn bir
|
mikrо
|
mk
|
mk
|
0,0000001=10-6
|
Milliоndаn bir
|
nаnо
|
n
|
n
|
0,000000001=10-9
|
Milliаrddаn bir
|
pikо
|
p
|
r
|
0,000000000001=10-12
|
Trilliаrddаn bir
|
fеmtо
|
f
|
f
|
0,000000000000001=10-15
|
Kvаdrilliоndаn bir
|
аttо
|
а
|
a
|
0,00000000000000001=10-18
|
Kvintiliоndаn bir
|
FIZIK PARAMETRLARNI O’LCHASHDA YO’L QO’YILADIGAN XATOLIKLAR.
Har qanday fizik kattalikni qanchalik aniq o‘lchamaylik uning haqiqiy qiymatini topish mumkin emas. Tajribada o‘lchangan qiymat faqat taqriban haqiqiy qiymatga teng. Haqiqiy qiymat bilan o‘lchangan qiymat orasidagi farq (ayirma) o‘lchamning xatoligi deyladi. Tajriba vaqtida olingan o‘lchamlarga qanday faktorlar va nima uchun farq qilishini va ular o‘lchamini aniqlash darajasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini xatoliklar nazariyasi o‘rganadi. Tajribalar o‘lchamiga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: foydalanadigan qurilmalarning sifati, temperatura, namlik, o‘lchash usuli, eksprementatorning shaxsiy xususiyatlari va h.k. Yuqorida sanalgan faktorlar tajriba natijasiga salbiy ta’sir qiladi va haqiqiy qiymatni aniqlashni qiyinlashtiradi. Hatto tajriba o‘tkazish sharoiti yaxshilanganda, aniq sezgir qurilmalardan foydalanilgan holda ham, ayrim xatodan holi bo‘lish qiyin. Buning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Tajriba natijalarini aniqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni surunkali (sistematik) va tasodifiy xatoliklarga ajratish qabul qilingan. Surunkali xatolik har doim natija uchun haqiqiy qiymatidan bir tomonga o‘zgaradi, ya’ni uni kamaytirib boradi.
Tasodifiy xatolik, aksincha, bir hil ehtimollik bilan natijani uning haqiqiy qiymatidan, ham oshishga va ham kamayishiga sabab bo‘ladi. Tajribani o‘tkazishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning sabablarini ko‘rib chiqamiz.
1.Tajribani o‘tkazish usuliga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar.
Tajribani o‘tkazish usuliga bog‘liq bo‘lgan holda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar surunkali xatoliklarga kiradi. Masalan, oddiy kalorometr bilan ishlaganda, agar tashqi muhit bilan izolyatsiyasi yaxshi bolmasa, u holda natija olinganda issiqlik miqdorining qiymati haqiqiy qiymatdan kam miqdorda aniqlanadi, ya’ni surunkali xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Surunkali xatoliklarni mukammalroq usullarga o‘tish bilan yo‘qotiladi.
2.Qurilmaga bog‘liq bo‘lgan tasodifiy xatoliklar.
Bu turdagi xatoliklar yuqori sifatli qurilmalarga ham tegishlidir. Ular ma’lum bir sezgirlik va aniqlash darajasiga ega. Shunday qilib, o‘lchov qurilmalari natijani ma’lum sezgirlik darajasi chegarasidagina aniqlay oladi.
3.Qo‘llaniladigan apparatlar bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali xatoliklar.
Tayyorlangan qurilmalarning sifati yoki darajalanishi ham surunkali xatoliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, analitik torozining noto‘g‘ri sozlanishi, termometr yoki voltmetr shkalasini noto‘g‘ri darajalash – tempratura yoki kuchlanishni o‘lchashda surunkali xatolikka olib keladi. Bunday xatoliklar qurilmani to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan yo‘qotiladi.
4.Tajriba o‘tkazuvchining shaxsiy xatosi.
Bu xatoliklar tajriba o‘tkazuvchining diqqatiga, tajribasiga va sezgirligiga bog‘liq bo‘lib, u tasodifiy xatoliklarga kiradi. Masalan, fotometr qurilmalar bilan ishlaganda okulyarga qarab ikkita yarim yorug‘likni bir – biriga tenglashtiriladi, shu holda yorug‘likni tenglashganligini ko‘z bilan qaraganda ma’lum darajada xatolikka yo‘l qo‘yiladi. (Bu tajriba o‘tkazuvchining ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq)
5.Tajriba o‘tkazish sharoitiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar.
Tasodifiy xatoliklarga yana tajriba o‘tkazish sharoitiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar kiradi. Ular tempratura, bosim o‘zgarishi, tok zanjiridagi kuchlanish o‘zgarishi va boshqa hollarda ro‘y beradi. Surunkali va tasodifiy xatoliklardan tashqari tajriba natijalari orasida boshqa natijalardan katta farq qilib turuvchi xatoliklar uchrab turadi. Bu xatolik tajriba o‘tkazuvchining e’tiborsizligi tufayli yoki qurilma noto‘g‘ri ishlagan holda ro‘y beradi. Ana shu xato natijani tashlab yuborib, boshqa natija bilan to‘ldiriladi.
Xatoliklar nazariyasi tajribada olingan o‘lchamlarning xatoligini qanday yo‘llar bilan kamaytirish mumkinligini o‘rgatadi. Shuning uchun tajribani qanday aniqlikda o‘tkazilganligini bilish ishning asosini tashkil etadi. Biz bu qo‘llanmada ayrim va keng qo‘llaniladigan uslublarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |