Signalni borib qaytish vaqtini hisoblash (PDV)
Tarmoqning ishlash qobiliyati, ikki va undan ortiq stantsiyalarning bir vaqtda ma’lumot jo‘natishda kadrlar to‘qnashuvini aniqlashning ishonchliligini tekshirishdan iborat. Agar bunday to‘qnashuv (kolliziya) yuz bergan bo‘lsa, u holda barcha uzatuvchi stantsiyalar kolliziya hodisasi sodir bo‘lganligi haqida ma’lum vaqt oralig‘ida (kolliziya oynalari) mos signal olish orqali ogoxlantirilishlari kerak bo‘ladi.
Tekshirish usuli ikki stantsiya orasidagi eng yomon yo‘ldan signal tarqalishining (borib kelish vaqti) to‘liq ushlanish vaqtini hisoblashdan iborat bo‘ladi. Hisobda bit intervallarda (bi) ifodalangansegmentlardagi ushlanib qolish vaqti kattaliklaridan foydalaniladi. Bit interval (bit time) – bu tarmoq bo‘ylab bir bitni uzatish uchun zarur bo‘ladigan vaqt oralig‘i, bu esa 10-megabitli Ethernet tarmog‘i uchun 100 ns ni tashkil etadi. 1-jadvalda borib qaytish vaqtini hisoblash uchun standart bilan aniqlangan segmentlarning vaqt xarakteristikalari ko‘rsatilgan
1-jadval. Borib qaytish vaqtini hisoblash uchun ushlanishlarning kattaliklari
Ethernet segmentining tipi
|
Maks. uzunlik, m
|
Boshlang‘ich segment
|
Oraliq segment
|
Oxirgi segment
|
1 metr uzunligida ushlanish
|
t0
|
tm
|
t0
|
tm
|
t0
|
tm
|
t1
|
10BASE5
|
500
|
11,8
|
55,0
|
46,5
|
89,8
|
169,5
|
212,8
|
0,0866
|
10BASE2
|
185
|
11,8
|
30,8
|
46,5
|
65,5
|
169,5
|
188,5
|
0,1026
|
10BASE-T
|
100
|
15,3
|
26,6
|
42,0
|
53,3
|
165,0
|
176,3
|
0,1130
|
10BASE-FL
|
2000
|
12,3
|
212,3
|
33,5
|
233,5
|
156,5
|
356,5
|
0,1000
|
10BASE-FB
|
2000
|
-
|
-
|
24,0
|
96.4
|
-
|
-
|
0,1000
|
FOIRL
|
1000
|
7,8
|
107,8
|
29,0
|
129,0
|
152,0
|
252,0
|
0,1000
|
AUI (> 2 m)
|
2+48=50
|
0
|
5,1
|
0
|
5,1
|
0
|
5,1
|
0,1026
|
Borib qaytish va qt ni hisoblash (PVD) deganda, eng yomon yo‘llarni barcha segmentlarining ushlanishlarni summalashdani boratdir. Maksimal uzunlikdagi segment uchun tm vaqti olinadi, qisqaroq segmentlar uchun vaqt quyidagi formula bilan hisoblanadi:
ts = L*tl + t0 , bu yerda L – segmentning metrdagi uzunligi.
Standart tomonidan hosil bo‘lgan summaga yana 5 bi qo‘shish tavsiya qilinadi. Agar olingan summa 575 bi dan kichik yoki teng bo‘lsa, u holda yo‘l standartga mos va tarmoq ishlash qobiliyatiga ega hisoblanadi.
Borib qaytish vaqtining bunday kattaligi eng yomon yo‘lning chekki tugunlari kolliziya haqida ogohlantirish olishlari va 575 bi mobaynida ma’lumot uzatishni to’xtashini kafolatlaydi. Bu son o‘z ichiga 511 bit kadrni hamda 64 bit preambula va taqsimlanishni o‘z ichiga oladi (511+ 64 = 575 bit). Agar eng yomon yo‘l bo‘yicha borib qaytish vaqti standartga mos ekanligi aniqlangan bo‘lsa, u holda tarmoqning qolgan barcha yo‘llarining ushlanishlari ham shunday bo‘ladi va tarmoq ishlash qobiliyatiga ega hisoblanadi.
Agar yo‘lning boshlang‘ich va oxirgi segmentlarining tiplari turlicha bo‘lsa, u holda hisobni ikki marta bajarish kerakligini hisobga olish zarur. Avval segmentlarning biri boshlang‘ich (chapdagi), boshqasi esa – oxirgi (o‘ngdagi), so‘ngra esa – teskarisi olinadi. PVD ning bunday usulda olingan qiymatlaridan maksimalini tanlab olish kerak bo‘ladi va uni maksimal ruxsat etilgan 575 bi qiymati bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |