Amaliy mashg’ulot №1 (4-soat). Mavzu: Detallarini tayyorlash va ta’mirlash texnologik jarayoni. Tokarlik stanoklari shpindellarini tayyorlash, ta`mirlash jihozlari va texnologik jarayonini o`rganish Ishdan maqsad


-rasm. Karetka yo’naltruvchilarini mexanik ishlov berib qayta tiklash uchun moslama



Download 0,7 Mb.
bet5/9
Sana26.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#468902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5217638550215857472

2.3-rasm. Karetka yo’naltruvchilarini mexanik ishlov berib qayta tiklash uchun moslama



  1. 1 va 3 tekisliklar konussimon shakldagi chashkasimon jilvirtosh bilan (2.2-rasm) ketma-ket jilvirlanadi. Jilvirtosh donaligi 36-46, qattiqligi CM1-CM2, kesish tezligi 35–40 m/s va surish 6–8 m/min. Bu yuzalar bitta tekislikda 0,02 mm ainiqlik bilan joylashishi kerak. Keyin 2 va 4 yuzalar ketma-ket √0,8 g’adir-budurlikkacha jilvirlanadi. To’g’richiziqlilikdan, o’zaro parallellikdan chetga chiqish hamda vint o’qiga parallelmasligi yo’naltruvchi uzunligiga 0,02 mm dan ortiq bo’lmasligi kerak. Parallellikdan chetga chiqish 5.10-rasmdagi moslama bilan amalga oshiriladi. 1, 2, 3 va 4 yuzalar toza frezalash yoki finishli randalash bilan qayta tiklanishi mumkin.

3) Karetka stanina yo’naltruvchilarida 2.3-rasmda ko’rsatilganidek to’g’rilab joylashtrilib moslama va uroven (2.3-rasm) o’rnatiladi. Karetka va staninaning brikish yuzalari orasiga kichik burchak (10 kichik bo’lmagan) ingichka klin joylashtriladi va karetka holati rostlanadi. Keyin klinning chiqib qolgan qismlari qalam bilan belgilanib joylarda karetkaning og’ish kattaligi aniqlanadi. Bu kattalik karetkani bo’ylama yo’naltruvchilarini randalashda inobatga olinadi.
4) Karetkani randalash dastgohi stolida 1 va 3 tekisliklari bilan to’rtta o’lchash plastinalarida o’rnatiladi (rasmda ko’rsatilmagan). Vint osti teshigida nazorat valiki joylashtriladi. Karetkani o’rnatilishining supportni ko’ndalang yo’liga parallelligi 300 mm uzunlikka 0,02 mm aniqlik bilan to’g’rilanadi. Tekshirish keskich tutqichda mahkamlangan indicator bilan nazorat valikining chiqib turuvchi qismi yuqori va yon shakllantruvchisi bo’yicha o’lchanadi. 1 va 2 yuzalarda (2.4-rasm) nazorat valiki 4 o’rnatiladi va masofa a (stol yuzasidan nazorat valikning yuqori hakllantruvchisigacha) ustun va indicator yordamida o’lchanadi. O’lchash valikning ikkala uchida ham amalga oshiriladi. Huddi shunday o’lcham b (stol yuzasidan yuza 3 gacha) aniqlanadi.
5) 1, 2 va 3 yuzalar navbati bilan randalanadi. 1 va 2 yuzalarni randalashda yeilishni yo’qotish uchun yetarli bo’lgan minimal metall qatlami qirqib tashlanadi. Shundan so’ng bu yuzalarga yana nazorat valiki 4 o’rnatiladi, yana a masofa (randalangan keyin) yuqorida ko’rsatilgan usulda aniqlanadi, bu 1 va 2 yuzalardan qirqib olingan metall qatlamiga mos keladi. Yuza 3 ni randalashda qirqib olinadigan metall qatlami og’ishdan olingan o’lcham (1 operatsiyaga qarang), 1 va 2 yuzalardan qirqib olingan metall qatlami (5 operasiya) va yeilishiga mos qirqim qalinligi 0,1 mm dan tashkil topadi. Keyin nazorat maqsadida b masofa o’lchab ko’riladi, undan oldin o’rnatilgan o’lcham (4 operasiyaga qarang) olib tashlanadi. Ikkala o’lchashlardagi farq qirqib tashlanadigan metall qatlami kattaligiga muvofiq keladi. Randalangan yo’naltruvchilarning profili nazorat shabloni bo’yicha tekshiriladi, u stanina yo’naltruvchilari profiliga mos bo’ladi.
6) Randalangan yuzalarga shabrlashga qoldiriladigan qalinlik 0,1–0,23 mm bilan kerakli qalinlikdagi qoplagich o’rnatiladi.
7) Mos texnik sharoit talablari bilan staninaning ta’mirlangan yo’naltruvchilari shabrlanadi.
8) Karetkaning randalangan (hali shabrlanmagan) yuzalari aseton yoki aviasiya benzini bilan rangli materialdan qilingan tamponlar yordamida moysizlantriladi. Huddi shunday qoplagich yuzalari ham moysizlantriladi (bu yuzalar oldin najdak qog’ozi bilan tozalanadi yoki qum purkab tozalanadi). Moysizlantrilgan yuzalar 15 – 20 min davomida quritiladi.
9) 1 sm2 yuzaga 0,2 g hisobida epoksid yelim tayyorlanadi. Yelimlanadigan har bir yuzaga yog’och yoki metall (moysizlantrilgan) lapatkacha yordamida yupqa yelim qatlami surtiladi. Qoplagichning yelim surtilgan yuzasi karetkaning briktriladigan yuzasiga quyilib, havo sharchalarini yo’qotish uchun yengil ishqalantriladi. Staninaning yo’naltruvchilariga yelim tushishini oldini olish uchun qog’oz list quyiladi, va unga karetka siqishlarsiz o’rnatiladi. Bunda






Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish