AMALIY MASHG‘ULOT № 1. ISHLAB CHIQARISH TURINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Ishlab chiqarish turini aniqlash va xisoblashni taxlil qilish.
ISHNI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR
Har bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga kerak bo‘lgan mahsulot va zaxira qismlarining malumotiga ega. Bu malumot ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda malumotni turi, soni, o‘lchami va materiali to‘g‘risida ham etarlicha axborot bor. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan sexlar bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Har bir mahsulot umumiy ko‘rinishining chizmasi, detallarning ishchi chizmasi, yig‘uv chizma, spetsifikatsiyalar va texnik talablar bilan boyitiladi.
Ishlab chiqarish dasturining xajmi, mahsulot tasnifi, jarayonning texnik va iqtisodiy shartlariga asosan shartli ravishda uchta ishlab chiqarish turi mavjud: donali, seriyali, yalpi. Har bir ishlab chiqarish turi o‘ziga xos tashkiliy shaklga ega. Shuni aytish kerakki, bitta korxonada xar-hil ishlab chiqarish turlari bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish turi va unga to‘g‘ri keladigan ishni tashkil qilish shakli tehnologik jarayonni tasnifini hamda uning tuzilishini aniqlaydi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish turini aniqlash detalga mexanik ishlov berish tehnologik jarayonni loyixalashni boshlang‘ich asosiy bosqichidir.
Ishlab chiqarish turlari tavsifi
1.1 – jadval
Qiyoslash elementi (ko‘rinishi)
|
Ishlab chiqarish turi
|
Donalab
|
Seriyali
|
yalpi (ko‘plab)
|
Biriktirilgan amallar koeffitsienti
|
>40
|
20-40 mayda seriyali
10-20 o‘rta seriyali
1-10 ko‘p seriyali
|
1
|
Ish joyini maxsusligi
|
maxsus emas
|
Bir necha amal bajarish uchun
|
Bitta amalni bajarish uchun
|
Maxsulot nomenklaturasi
|
keng va xar xil
|
CHeklangan va aniqlangan
|
Bitta
|
Dastgohlar
|
Universal, RDB boshqariladigan
|
Universal, RDB boshqariladigan, maxsuslashtirilgan
|
Maxsus
|
Dastgohlar joylashuvi
|
Dastgoxlar guruxlari bo‘yicha
|
Guruxlar bo‘limlar va texnologik jarayon bo‘yicha
|
Texnologik jarayon bo‘yicha
|
Ishchilar kvalifikatsiyasi
|
Yuqori
|
Yuqori va o‘rtacha
|
Past (sozlovchilar, yuqori)
|
Ishchi asbob
|
Standart va normallashtirilgan
|
Standart, normallashtirilgan va maxsus
|
Maxsus va parmalashshtirilgan
|
Nazorat o‘lcham asboblari
|
Universal
|
Chegaraviy va universal
|
Chegaraviy va maxsus
|
Moslamalar
|
Universal va normallashtirilgan
|
Maxsuslashtirilgan va qayta sozlanadigan
|
Maxsus
|
Texnologik xujjatlar ko‘rinishlari
|
Marshrut
|
Marshrut va amallar
|
To‘liq marshrut va amallar, ayrim usullar to‘liq yoritiladi
|
Maxsulot tannarxi
|
Yuqori
|
O‘rtacha
|
Past
|
Ishlab chiqarish sikli
|
Uzoq davom etadi
|
O‘rtacha
|
Oz (minimal)
|
Ishlab chiqarish unumdorligi
|
Uncha yuqori emas
|
O‘rtacha
|
YUqori (maksimal)
|
Normallashtirish ko‘rinishi
|
Tajriba-viy statistik
|
Xisobiy va tajribaviy statistik
|
Xisobiy tadqiqiy tekshirish bilan
|
Ishlab chiqarish turini bir necha xil usullarida aniqlanishi mumkin. Ma’lumot berilgan detalga ishlov berish uchun texnologik jarayonni loyixalashda berilgan yillik dasturga (xajmga) asosan 1.2. jadval yordamida ishlab chiqarish turini taxminan aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish turi yillik ishlab chiqarish dasturiga asosan ishlab chiqarish turini aniqvlash jadvali.
1.2 – jadval
Detalni og‘irligi, kg.
|
Ishlab chiqarish turiga to‘g‘ri keladigan detalni ishlab chiqarishni yillik dasturi, dona
|
YAkka tartibda
|
Kam seriyali
|
O‘rta seriyali
|
Ko‘p seriyali
|
YAlpi (kamida)
|
1,0
|
10
|
10-1500
|
1500-75000
|
75000-200000
|
200000
|
1,0-2,5
|
10
|
10-1000
|
1000-50000
|
50000-100000
|
1000000
|
2,5-5,0
|
10
|
10-500
|
500-35000
|
35-000-75000
|
75000
|
5,0-10
|
10
|
10-300
|
300-25000
|
25000-50000
|
50000
|
10,0
|
10
|
10-200
|
200-10000
|
10000-25000
|
25000
|
Biriktirilgan amallar koeffitsient orqali aniqlash mumkin, ma’lum vaqt mobaynida bo‘limda bajariladigan texnologik amallar soni (O) ni shu bo‘limdagi ish joylari (R) ga nisbati biriktirilgan amallar koeffitsienti (K) ga teng bo‘ladi.
K = O/R (1.1)
Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari quyidagicha aniqlanadi.
K 1 bo‘lsa - yalpi ishlab chiqarish
1< K 10 bo‘lsa - ko‘p seriyali ishlab chiqarish
10 < K 20 bo‘lsa - o‘rta seriyali ishlab chiqarish
20 < K 40 bo‘lsa, mayda - "kichik" seriyali ishlab chiqarish
Donalab ishlab chiqarishda K>40 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |