Amaliy mashg’ulot № 7.
Friksion materiallarni yeyilishga sinash
1. Ishning maqsadi:
Tormoz qurilmalarida ishlatiladigan friksion
materiallarni yeyilshga sinash.
2. Kerakli asbob uskunalar:
1.
Diskli tormoz o‘rnatiladigan tajriba qurilmasi
2.
Mikrometr
3. Nazariy qism:
Turli texnologik mashina va jihozlarda ishlatiladigan ko‘pgina tormoz
qurilmalarida friksion material sifatida GOST 1198-80 bo‘yicha tayyorlangan
asbestli tormoz tasmasi ishlatiladi. Bu tormoz tasmasi asbest ip va latun simlaridan
to‘qilgan tasmaga maxsus namga va moyga chidamli A yoki B tarkibi shimdirilib,
quritilib termik ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Bunday tasmaning po‘lat gardishi
(diskasi) bilan ishqalanish koeffitsiyenti shimdirilgan A va B tarkiblar uchun mos
ravishda 0,35 va 0,45 dan kam bo‘lmaydi. Tormoz tasmasining ishlash muddati
bevosita uning yeyilish bardoshligi bilan aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan standart
talablarga ko‘ra A va B tormoz tasmalari 2 soat sirpanish rejimida to‘xtovsiz
ishlagandan keyin qalinligi bo‘yicha yeyilishi mos ravishda 0,20 va 0,15 mm dan
oshmasligi kerak.
7.1-rasmda tajriba bajariladigan maxsus qurilmaning sxematik tasviri
keltirilgan. Umumiy stanina 1 ga elektromotor 2 va silindrik reduktor 2 o‘rnatilgan
bo‘lib, reduktorning yetaklanuvchi o‘qida qo‘zg‘almas qilib tormoz gardishini va
dastak 5 o‘tkazilgan. Tormoz kolodkalari 6 va gardish orasidagi tirqishning
kattaligi roslovchi bolt 7 yordamida sozlanadi. Dastak 5 ning o‘ simtasi tormoz
ishlagan paytda cheklovchi 8 ning cheklagichlari orasida joylashgan dastakning o‘
simtasi tormoz ishlagan paytda gardishni bo‘ sh aylanib ketishidan saqlaydi va
bunda moy to‘ ldirilgan stilindr 9 ichidagi porshen dempfer bo‘ lib, dastakning
burchak siljishlarining zarbasiz, yumshoq bo‘ lishini ta’minlaydi.
7.1-rasm. Friksion materialni yeyilishga sinash maxsus qurilmasi.
4. Ishning bajarilishi:
1. Ish bajariladigan tajriba qurilmasining tuzilishi bilan tanishing (7.1-rasm).
2. Tormoz kolodkasini ajratib oling va undagi tormoz tasmasining qalinligini
o‘lchang.
3. Tormozni yig‘ing va tajriba qurilmasini ishga tayyorlang.
4. O‘qituvchi ruxsati bilan qurilmani ishga soling va uni tormozlang.
5. Qurilmani 10 minut davomida tormozlangan holda yurgizing. Bunda
elektromotor va tormoz kolodkalarining qattiq qizib ketmasligini nazorat qiling.
6. Qurilmani to‘xtatib tormoz kolodkasini ajratib oling.
7. Tormoz tasmasining sinovdan keyingi qalinligini o‘lchang va yeyilishini
aniqlang.
8. Tormoz tasmasining yeyilish miqdorini 2 soat uchun hisoblang va standart
talabi bilan solishtiring hamda ishlatilgan tormoz tasmasining A yoki B tipiga
mansubligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |