Amaliy mashғulot №1 Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash Ishning maqsadi



Download 25,4 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi25,4 Kb.
#648159
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


Amaliy mashғulot №1
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash


Ishning maqsadi: Xavflar va ularni tasnifi, nomenklaturasi, asosiy manbalari, identifikatsiyasilash tartibi, sodir bo`lish yo`llari (ssenariylari)ni aniqlash va batafsil tavsiflashni o`rganish va ulardan pedagogik amaliyotda foydalanish malakasini hosil qilish.

Avariyalar xavfini har tomonlama baholash avariyalarni yuzaga kelish sabablari (texnik qurilmalarning buzilishi, xodimlarning xatolari, tashqi ta`sirlar) va ularning rivojlanish sharoitlari, ishlab chiqarish xodimlari va aholining shikastlanishi, foydalanuvchi tashkilot mulkiga va uchinchi shaxslarga, atrof-muhitga etkaziladigan zarar tahliliga asoslanadi. «O`lchanadigan» kattalik to`ғrisida gap borayotganligini ta`kidlash uchun xavf darajasi tushunchasi ishlatiladi. Foydalanish jarayoni ko`plab xavf-xatarlar bilan boғliq bo`lgan xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariyalar xavfi darajasi tegishli xavf ko`rsatkichlarini hisobga olish asosida aniqlanadi. Umumiy holatda xavf ko`rsatkichlari ko`rib chiqilayotgan ko`ngilsiz hodisalar oqibatlarining ehtimoli (yoki chastotasi) va oғirlik darajasi majmui (kombinatsiyasi) ko`rinishida ifodalanadi.


Quyida xavf asosiy miqdor ko`rsatkichlarining qisqacha tavsiflari berilgan.
1. Texnik qurilmalarning buzilib qolishi bilan boғliq xavf-xatarlarni tahlil qilishda texnik xavf ajratiladi. Texnik xavf ko`rsatkichlari tegishli ishonchlilik nazariyasi usullari yordamida aniqlanadi.
2. Xavf-xatarlarning eng ko`p ishlatiladigan tavsiflaridan biri individual xavf hisoblanadi. Individual xavf — o`rganilayotgan xavf-xatar omillari ta`siri natijasida alohida individuum (inson)ning shikastlanish chastotasi. Umumiy holatda miqdor (son) jihatdan individual xavf muayyan vaqt mobaynida jabrlangan insonlar sonining xavf ostida bo`lganlarning umumiy soniga nisbati bilan ifodalanadi. Ob`ekt atrofidagi hudud bo`ylab xavfning taqsimlanishini hisoblash («xavfni xaritalash»)da individual xavf potentsial hududiy xavf (quyiga qaralsin) va insonning xavfli omillar ta`siri hududida bo`lishi ehtimoli bilan aniqlanadi. Individual xavf ko`pincha individuumning malakasi va uning xavfli vaziyatda xatti-harakatlarga tayyorligi va himoyalanganligi bilan belgilanadi. Individual xavf, odatda, har bir kishi uchun emas, balki turli xavfli hududlarda taxminan bir xil vaqt mobaynida bo`ladigan va bir xil himoya vositalaridan foydalanadigan kishilar guruhi uchun aniqlanishi lozim. Individual xavfni ob`ekt xodimlari va tutash hudud aholisi uchun, yoki, zarur hollarda, tor doiradagi guruhlar, masalan, turli ixtisosdagi ishchilar uchun alohida-alohida baholash tavsiya etiladi.
3. Xavfning ob`ekt va yaqin atrofdagi hudud bo`yicha taqsimlanishini ifodalovchi boshqa kompleks xavf ko`rsatkichi potentsial hududiy xavf hisoblanadi. Potentsial hududiy xavf — bu hududning ko`rib chiqilayotgan nuqtasida shikastlovchi omillarning yuzaga kelish chastotasidir. Potentsial hududiy, yoki potentsial xavf ta`sir ob`ekti (masalan, inson)ning shu joyda bo`lishiga boғliq emas. Ob`ektning ta`sir doirasida bo`lishi shartli ehtimoli 1 ga teng deb olinadi (ya`ni ko`rib chiqilayotgan butun vaqt mobaynida ushbu joyda inson bo`ladi). Potentsial xavf xavfli ob`ekt odam ko`p joyda yoki odamsiz sahroda joylashganligiga qaramaydi va keng interval doirasida o`zgarishi mumkin. Potentsial xavf, nomidan kelib chiqqan holda, ushbu joyda joylashgan konkret ta`sir ob`ektlari (retsipientlar) uchun mumkin bo`lgan maksimal xavf potentsialini ifodalaydi. Odatda, potentsial xavf yirik avariyalarda ijtimoiy va individual xavflarni baholash uchun foydalaniladigan oraliq xavf o`lchovi hisoblanadi. O`rganilayotgan hududda potentsial xavf va aholining taqsimlanishi aholi uchun ijtimoiy xavfni miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun har bir ssenariyda har qaysi xavf-xatar manbasidan shikastlanganlar soni aniqlanishi va shundan keyin u yoki bu darajada jabrlangan insonlar soni belgilangani (N)ga nisbatan ko`p bo`lgan hodisalar chastotasi (F)ning ushbu belgilangan insonlar soniga boғliqligi aniqlanishi kerak (ijtimoiy xavf).
4. Ijtimoiy xavf avariyalarning ko`lami va ehtimoli (chastotasi)ni tavsiflaydi va yo`qotishlar (zarar)ni taqsimlash funktsiyasi yordamida aniqlanadi. Ushbu funktsiya F/N-egri chiziғi (Farmer egri chiziғi) deb ataladi. Umumiy holatlarda, tahlil vazifalaridan kelib chiqqan holda, N ostida jabrlanganlarning umumiy soni ham, o`lar holatda jarohatlanganlar soni ham yoki oqibatlarning boshqa oғirlik ko`rsatkichi ham tushuniladi. SHunday ekan, qabul qilsa bo`ladigan xavf mezoni alohida hodisa uchun son bilan emas, balki turli avariyalar ssenariylari uchun ularning ehtimolligini hisobga olgan holda tuzilgan egri chiziq yordamida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda xavfning qabul qilsa bo`lishini aniqlash uchun ikkita egri chiziqdan foydalanish usuli keng tarqalgan. Bunda logarifmik koordinatalarda qabul qilsa bo`ladigan va qabul qilib bo`lmaydigan o`lar holatda jarohatlanish xavflarning F/N-egri chiziqlari belgilangan. Ushbu egri chiziqlar o`rtasidagi soha oraliq xavf darajasi sifatida belgilanadi va uni kamaytirish masalasi ishlab chiqarish spetsifikasi va hududiy sharoitlardan kelib chiqqan holda hal qilinishi lozim.
5. Ob`ekt xavfining boshqa miqdoriy integral o`lchovi — bu jamoaviy xavfdir. Jamoaviy xavf muayyan vaqt mobaynida ob`ektda avariyalar natijasida taxmin qilinayotgan jabrlanganlar sonini belgilab beradi.
6. Sanoat xavfsizligini iqtisodiy tartibga solish va suғurtalash maqsadlari uchun qiymat yoki natural ko`rsatkichlardagi statistik taxmin qilinayotgan zarar xavfning muhim ko`rsatkichi hisoblanadi (zararning matematik taxmini yoki muayyan davr ichida zarar etkazilishi ehtimollarining ushbu zararlarning tegishli o`lchamlariga ko`paytmalari yiғindisi).

Download 25,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish