Amaliy ish
Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi.
Android, Windows 7, 10 OT lar
Ishning maqsadi:
Zamonaviy operatsion tizimi hamda Android,
Windows 7 , 10
OT lar ko’nikmalari bilan tanishish.
Ishning vazifalari:
1.
Zamonaviy operatsion tizimi tushunchasi va turlari.
2.
Zamonaviy
operatsion tizimda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
(Пуск menyusi hamda Мой компьютер
yorlig’i
va h.k.)
Nazariy qism
:
Operatsion
tizimning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya’ni u
dasturlarni ishga tushiradi, ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi,
foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo’yicha turli servis amallarini
bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini
boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion tizim xizmatidan
foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta’minlab
beruvchi operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Operatsion tizimni tanlash juda
muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida qaysi dasturlar bilan ishlash
mumkinligini, uning ma’lumotlari himoyasining darajasini, qanday texnik
vositalari kerakligini va hokazolarni aniqlaydi.
Shaxsiy kompyutеrlarning opеratsion tizim
lari yaratilishi tarixiga nazar
solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyutеrlar uchun yaratilgan birinchi opеratsion
tizim CPFM-
80 (Control Programm for Microcompyters, ya’ni mikrokompyutеrlar
uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research
kompaniyasisining prеzidеnti Gеri Kildell bo’lgan.
16 razryadli yangi kompyutеrlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi
Microsoft kompaniyasining asoschisi va prеzidеnti, multimiliyardеr Bill Gеyts
ilgari surgan, u IBM firmasi bi
lan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Opеratsion tizim bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin:
- bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
-
ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi);
- tarmoqli.
Bir vazifali opеratsion tizim bir foydalanuvc
hining har bir aniq paytda aniq
bir vazifani bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday opеratsion tizimlarning tipik
vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali opеratsion tizim vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda
EHM dan
jamoa bo’lib foydalanishni ta’m
inlaydi.
Tarmoq opеratsion tizimi. Lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi
bilan bo’g’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga
kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli opеratsion
tizimlarning tipik
vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va
boshqalar. Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini
ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat opеratsion tizim
-tarmoq
opеratsion tizimi dеb ataladi. Ushbu opеratsion tizim, jumladan, tarmoq ichra
ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni
ko’rsatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga
ega bo’ladi:
1. I
shonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi
ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni
tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik
tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa
foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim
foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’si
ridan hamda
aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini
egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi
ancha ixcham bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq
foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli
algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir
foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur
hususiyat operatsion tizimning muhim hususiyati hisoblanadi.
5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan
javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar
asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma
-
ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar
natija bir xil bo’lishi kerak.
6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi
mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida
ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi
texnik va
dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir
bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi
tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’l
ishi kerak.
Opеratsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr
qurilmalari bilan qulay muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy
ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb
ataladi.
Hozirda operatsion tizimlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib ulardan
quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS,
OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar.
Microsoft Windowsning paydo bo’lishi mikro kompyuterlar tizimi sohasida
yangi era boshlanganining belgisidir. MSDOS boshqaruvida ishlovchi 1980-
yillardagi ishlanmalarning cho’qqisiga aylangan windows 3.1 ga ishchi guruhlari
uchun m
o’ljallangan Windows tizimlari kuchli ilovalarni qulay va o’zlashtirishga
oson ko’p vazifali grafik muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu
tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy
kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta’minlangan.
Bundan tashqari Windows ga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini
maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar
mujassamlashtirilgan.
Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Foydalanuvchining to’liq qayta ishlangan interfeysi. Yangi interfeys sharofati
bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar
va arxivlar bilan ishlash ancha oson va engil. Mana foydalanuvchining yangi
interfeysining asosiy hususiyatlari:
ishga tushurish tugmachasining menyusi (Start Menu, ruscha versiyada -
Bosh menyu) siz so’nggi paytlarda ishlagan dasturlar va hujjatlarga,
boshqaruv paneli (Control Panel)ga, printerlarga va tizim utilitlardan
foydalanish, ularga yo’llashning osonlashishi ta’minlanadi;
bir dasturdan boshqasiga o’tishga soddalashtirilg
ani;
oldingi versiyalardagi fayllar dispetcheri (File manager)ni almashtirib
kelgan Windows o’tkazuvchisi (Windows Explorer)ning kuchli dastur
ekanligi;
serverlar ko’rib chiqishni va tarmoq fayllariga xuddi lokal qattiq
diskdagidek oson ishlov ber
ish imkonini beruvchi tarmoq o’rami nishoni
(Network Neighborhood)ning borligi;
tez-tez ishlatiladigan dasturlar, panellar va hujjatlar uchun yorliqlar yaratish
imkoni borligi;
obyektlarning tizimini sozlashni yengillashtiruvchi hususiyatlarining
ro’yxati;
hujjatga u yaratilgan ilovani ishga tushurmay nazar tashlash imkonini
beruvchi «tez ko’rib chiqish» vositalarining to’plami;
sizning kompyuteringizdagi bo’lganidek, xuddi shuningdek tarmoq
serveridan ham hoxlagan axborotni tanlashga yordam beruvchi kuchli izlash
dasturi;
siz tasodifan kerakli bo’lgan nimanidir chiqarib tashlaganingizda sizga uni
tiklashda qo’l keladigan
savatcha (Recycle Bin);
printerlar va shriftlar bilan ishlash uchun oddiy asboblar;
tizimni o’rnatish va sozlashda foydalanuvchini kuzatuvchi «ustalar»
jamoasi (Wizards).
unda kontekstli izlash imkoni paydo bo’lgan takomillashtirilgan yordam
tizimining mavjudligi.
Yangi tizimga o’tish Windowsga Windowsning oldingi versiyalarining
qobiqlari bo’lgan dasturlar dispetcheri (Program Manager) va fayllar dispetcheri
ham kirganliklari tufayli ham osonlashadi. Shunisi ham borki, ulardan kimdir uzoq
vaqt foydalanishi (agar umuman foydalansa) ehtimoldan uzoq.
Fayl nomlari haqidagi ma’lumotlarni qo’llab quvvatlash. Siz Windows 3.X
va MS DOS tizimlaridagi fayllarning nomlarining uzunligiga cheklovlar haqida
yodingizdan chiqarib qo’yishingiz mumkin. Windowsda fayllar nomlarining
uzunligi 255 tagacha belgidan iborat bo’lishi mumkin.
Tarmo
qda ishlashni qo’lab
-
quvvatlashning kompyuterga qo’shib ishlangan
vositalari. Windows, shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan oldingi ko’plab
operatsion tizimlardan farqli o’laroq avval boshidanoq tarmoqda ishlash uchun
yaratilgan edi va mana shuning uchun ham kompyuterdagi fayllar va uskunalar bilan
birgalikda foydalanish imokoniyatlari Windows dan foydalanuvchining
interfeysiga to’liq integrallashtirilgan.
Plug and Play. Windowsda periferiya uskunalarini o’rnatish va sozlashni
maksimal darajada
soddalashtirishga urinishini o’zida mujassamlangan, Plug and
Play standartini qo’llab
-quvvatlash amalga oshirilgan. Operatsion tizim mana shu
tarzda avtomatik ulanishni va uskunalarning Plug and Play standartlari talablariga
javob beradigan uskunalarni
konfiguratsiyalashni ta’minlaydi, ularning eskirgan
uskunalar bilan moslashib ishlashni qo’llab
-quvvatlaydi va mobil komponentalarini
ulash va o’chirish uchun dinamik muhitni yaratadi.
Portativ kompyuterlarni qo’lab
-quvvatlash. Plug and Play standartini
qo’llab
-
quvvatlashni qo’shimcha qilib Windows portativ kompyuterlardan
foydalanuvchilarga fayllarni sinxronlashtirish, fayllarning bevosita kabelga ulanishi
yordamida va masofadan uzatish vositalari taqdim etadi.
Windows OS da quyidagi uch turdagi menyular mavjud:
Пуск menyusi –
asosiy menyu.
Kontekst menyu.
Ilova va oynalar bilan ishlashga mo’ljallangan maxsus menyular.
Asosiy menyu. Vazifalar panelining chap burchagida (yoki tepada, agar panel
ish stolin
ing chap yoki o’ng chetiga joylashtirilgan bo’lsa) ishga tushurish
tugmachasi joylashgan. Ushbu tugmachani bosilishi ekranda rasmda tasvirlangan
bosh menyuning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ushbu menyu keyingi vaqtda ochilgan, hamma dasturlar va hujjatlarga tezlik
bilan yo’llashni ta’minlaydi. Kerakli obyektga o’tish uchun sichqonchaning
tugmachasini bir marta bosishning o’zi kifoY. Bundan tashqari bosh menyu lokal va
tarmoq disklardagi dasturlar va hujjatlarni izlashni sezilarli darajada engillashtiradi.
Tizimdan chiqish ham bosh menyu yordamida amalga oshiriladi. Ishni yakunlash
buyrug’i mana shuning uchun xizmat qiladi.
Mening kompyuterim nishoni sizning kompyuteringizning resurslarining holati
bilan tanishish imkoniyatini beradi. Uni och
ib, siz ekranda quyidagi ko’satilgan
rasmdagiga o’xshash papka darchasini ko’rasiz. Bu darchada har bir diskovod lokal
qattiq disk, kompakt disk, kompakt disklarning simi va kompyuteringiz ulangan
tarmoqlar ulangan tarmoq kataloglarining hammasi uchun b
ittadan nishon bo’ladi.
Bundan tashqari bu darchada boshqarish panelga, printerlarga, modem yordamida
telefon kanallari bo’yicha tarmoq resurslari bilan aloqa uchun mo’ljallangan
tarmoqqa uzoqdan yo’llash dasturiga yo’llash uchun qo’shimcha tizimiy mane
llar
ham mavjud bo’lishi mumkin.
Mening kompyuterim nishoni hamma lokal va tarmoq resurslari taqdim etilgan
panelni ochadi.
1. Sarlavha qatori
–
darchaning uning nomi, darchani boshqarish tugmachasini
o’z ichiga olgan yuqori qatori,
-
yig’ishtirilsin, darchani vazifalar paneliga
yig’ishtirish uchun
- yoyilsin, darchani butun ekranga yoyish, - tiklansin,
darchaning oldingi o’lchamlarini qaytarish,
- yopilsin, ish tugashi bilan
darchani to’liq yopish k
abi piktogrammalar joy olgan.
2. Menyu qatori
–
ushbu darcha uchun mo’ljallangan buyruqlar bo’lgan
bandlarni ichiga olgan qator.
3. Uskunalar paneli. Tez-
tez ishlatiladigani buyruqlarning tugmachalarini o’z
ichiga olgan panel hisoblanadi.
4. Manzil sa
tri. Panelning yo’nalishi ko’rsatilgan qator.
5. Darchaning ish maydoni. Darchaning uning obyektlari ko’rsatilgan asosiy
qismi.
6. Ish maydonining ko’rinmaydigan qismini ko’rib chiqish uchun gorizontal va
vertikal chizg’ich mintaqalari.
7. Holat satri
. Darchaning qo’shimcha axborot ko’rsatilgan pastki satri.
8. Darchaning chegaralari - uning perimetrini tashkil etuvchi chiziqlar.
Darchaning istalgan o’lchamini o’zgartirish uchun darchaning chegarasida
turish va darchaning o’lchamini sichqonchaning t
ugmachasini bosib turgan holda
o’zgartirish kerak.
Darchalarning quyidagicha turlari mavjud:
1. Ilovalar darchasi
–
Microsoft Office Word ning standart darchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |