Amaliy ish №3
Mavzu. Windows operatsion tizimi kompyuterga o‘rnatish
Reja:
1. Kompyuter nechta muhitda ishlaydi va qaysilar?
2. Windows operatsion tizimining imkoniyatlari qaysilar?
3. Nima uchun Windows dasturi opеratsion tizim dеb ataladi?
4. Windows qanday imkoniyatlarga ega?
5. Windows ning Windows 10 dan asosiy farqi nimada?
6. Windows’da ishlash uchun qurilmalarga qo‘yiladigan minimal talablarni sanab bеring?
7. Windows ekranining asosiy qismlarini aytib bеring?
8. Windows dasturining ishini to‘g‘ri tugallash jarayonini aytib bеring?
2015-yilning 25-iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun bosh menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa $119 dan $199 qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi.
Ishni bajarish tartibi
Sizlar bilan Windows 10 OT ni o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.
Windows OT larni asosan o‘rnatuvchi disk yoki fleshkani o‘rnatish uchun tayyorlab o‘rnatish mumkun. Ikkala holatda ham Windows kerakligicha o‘rnatiladi. Biz hozir Windows 10 OT ni Устоновичный disk orqali o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.
Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni BIOSda ko‘rsatib o‘tamiz, ya‘ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bu ishni bajara olmasangiz, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomatik holatda disk o‘qiladi (ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.
Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishini tasdiqlaymiz. Kompyuter avtomatik tarzda disk yurituvchidagi устоновичный diskni o‘qishni boshlaydi.
Bu yerdan OT o‘rnatiladigan til, soat formati va klaviatura tili tanlanadi. Руский(Россия) ni tanlaymiz va “Далее” ni bosamiz.
Установить ni bosamiz.
Bu yerda Windows 10 OT pullik dasturiy mahsulot bo‘lganligi sababli, Windows 10 OT uchun sotib olingan kalitni kiritishni so‘ramoqda. Kerakli kalitni kiritamiz va Далее ni bosamiz. (Eslatma! Windows 10 OT kalitni kiritmaguncha ishga tushmaydi, Lekin ayrim kreklangan versiyalarida kalit so‘ramaydi, lekin aktivatsiya so‘raydi).
Bu bo‘limda Windows 10 OT dasturiy ta‘minotidan foydalanish haqida litsenziya shartlari bilan tanishib chiqishimiz mumkun. Biz litsenziya shartlariga rozi bo‘lgan holda Далее ni bosamiz.
Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlash kerak bo‘ladi, biz “Полная установка” bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.
Bu oynada kompyuterimiz qattiq diskida mavjud bo‘lingan mantiqiy hamda sistemniy disklar paydo bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarda 2 ta razdel disk paydo bo‘ladi. Biz o‘zimizga kerakli diskni tanlaymiz va Форматировать ni bosamiz ( C diskni adashtirib yubormaslik kerak. Aks holda ma‘lumotlarimiz o‘chib ketishi mumkun) so‘ng, Далее ni bosamiz.
O‘rnatilish jarayoni boshlanadi. O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi.
Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomi va parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее ni bosamiz.
Shundan so‘ng Windows 10 OT ni o‘rnatish oxirgi bosqichi jarayoni boshlanadi. Bir necha minut o‘z interfeysi sozlanmalarini o‘rnatadi va ishchi stol oynasiga o‘tiladi.
O‘rnatilish yakuniga yetdi. Windows 10 OT ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo‘shimcha dasturlar o‘rnatib undan foydalanishingiz mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |