AUTORIZATION <baza egasi>
Misol:
CREATE SCHEMA talaba AUTORIZATION sa
Bu operatordan keyin chizmaga kirgan barcha obyektlarni yaratish operatorlari keltiriladi.
Chizmani olib tashlash uchun quyidagi operator qo‘llanadi:
<chizmani olib tashlash>::= DROP SCHEMA [<chizma nomi>]
[CASCADE | RESTRICT ]
Agar RESTRICT ko‘rsatilsa, faqat chizma bo‘sh bo‘lsa, olib tashlanadi. CASCADE ko‘rsatilsa, shu chizma bilan bog‘langan barcha jadvallar va boshqa obyektlar olib tashlanadi, keyin esa chizma olib tashlanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ko‘p BBB tizimlarida bunday operatorlar mavjud emas va bu ishni alohida aloqa orqali bajariladi.
Jadval yaratish
Jadval yaratish uchun CREATE TABLE operatori ishlatiladi, uning formati quyidagicha:
<jadval yaratish operatori>::= CREATE TABLE <jadval nomi>
({<ustun nomi> {<domen nomi> | <berilgan turi>}
[ NOT NULL | NULL ] [ [ UNIQUE ] | [ PRIMARY KEY ] ]
[ <kelishuv bo‘yicha qiymat>] [<check chegarasi>]} [,…]
[,<chegara tavsifi>])
<chegara tavsifi>::={ [CONSTRAINT <chegaralanish nomi>]
[<birlamchi kalit>] [<muqobil kalit>[, ...] ]
[<tashqi kalit>] [CHECK (<jadval bo‘yicha
shart>) ]} [, ...]
Har bir ustun uchun uning turi yoki domeni ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar
ustunning xususiyatini berish uchun quyidagicha ishlatiladi:
NULL – ustun qiymati bo‘sh bo‘lishi mumkin;
NOT NULL – ustun qiymati majburiydir;
PRIMARY KEY – ustun birlamchi kalit;
UNIQUE – ustun qiymati noyob;
DEFAULT – ustun uchun kelishuv bo‘yicha qiymat berish;
CHECK – ustun uchun chegara berish.
Qolgan parametrlar jadvalga tegishli, bo‘lib ularga CONSTRAINT
kalit so‘zi bilan nom berish mumkin. Bu nom jadvalni o‘zgartirishda ishla-
tish mumkin.
Misol:
talaba (id_talaba, zach_nom,familiya, ismi, sharifi, id_millati, jinsi,pas_ser, pas_nom, tug_yil, manzil, ogirligi, tug_joi, id_tum, id_ray,id_fak) munosabatning jadvali yaratilsin:
Oldin domenlarni yaratamiz
CREATE DOMAIN Jjnsi CHAR(3)
CHECK VALUE IN (‘erkak’, ‘ayol’)
CREATE DOMAIN Dtug_yil INT
CHECK VALUE BETWEEN 1960 AND 1989
CREATE TABLE talaba (id_talaba INTEGER PRIMARY KEY,
zach_nom CHAR(8) NOT NULL UNIQUE,
familiya VARCHAR(40) NOT NULL,
ismi VARCHAR(40) NOT NULL,
sharifi VARCHAR(40),
id_millati INTEGER,
jinsi Jjnsi,
pas_ser CHAR(2) NOT NULL,
pas_nom CHAR(8) NOT NULL,
tug_yil Tug_yil,
manzil VARCHAR(255),
ogirligi DECIMAL (6,2),
tug_goy VARCHAR(50) DEFAULT ‘Toshkent’,
id_tum INTEGER,
id_ray INTEGER,
id_fak INTEGER,
stipendiya INTEGER,
UNIQUE (pas_ser,pas_nom),
CONSTRAINT Millat
FOREIGN KEY (id_millati)
REFERENCES millatlar
ON DELETE SET NULL,
CONSTRAINT Oblast
FOREIGN KEY (id_obl)
REFERENCES viloyat
ON DELETE SET NULL,
CONSTRAINT Rayon
FOREIGN KEY (id_ray)
REFERENCES tumanlar
ON DELETE SET NULL,
CONSTRAINT Fakul
FOREIGN KEY (id_fak)
REFERENCES fakultet
ON DELETE CASCADE
ON UPDATE CASCADE)
Do'stlaringiz bilan baham: |