Dasturlash tizimi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash tizimining tashkil qiluvchilari (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OC boshqaruvi ostida ishlaydi. OC ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilishdir.
Amaliy topshiriqlar:
1-amaliy ish. Ishchi stolning bezaklarini o'zgartirish.
I shchi stol bezaklari sizga yoqmasa, uni xohlagan paytingizda o'zgartirish mumkin. Buning uchun: Ishchi stolning ixtiyoriy bo'sh yerida "sichqoncha" ning o'ng tugmasini bir marta bosing, paydo bo'lgan oynadan "свойства" bo'limini tanlang va "sichqoncha" chap tugmasini bir marta bosing, natijada oyna hosil bo'ladi.
Ekranda shakl, rasm va fondan tashkil topgan. "Фоновый рисунок" orqali fonni o'zgartirish mumkin. Bu oynaning "Зaстaвкa", "Оформление", "Пaрaметры” bo'limiga kirib, siz mos ravishda o'zingizga yoqadigan ayrim parametrlarni tanlashingiz va o'rnatishingiz mumkin.
2-amaliy ish. Disklarning xossalarini ko’rish.
A yrim xollarda disklarning hossalarini (uning xajmi, bo’sh va band joylarning qanchaligi va hokazo) ko'rish foydadan xoli emas. Buning uchun Ishchi stoldan «Мой компьютер» ilovasini tanlaymiz, «Sichqoncha» tugmasini ikki marta bosamiz (sizga tanish bo'lgan oyna hosil bo'ladi).
B u oynada kerakli diskni tanlaymiz, «Sichqoncha» ning o'ng tugmasini bosib, kontekst menyudan “Cвойства” bo'limi tanlansa, yana alohida menyu bo’limlari hosil bo’ladi. «Cервис» bo'limida diskka xizmat qiluvchi muayyan tekshirishlar va amallar bajariladi.
Talabalar uchun topshiriqlar:
Ishchi stolning xususiyatini o'zgartiring.
- ekrandagi fonli rasmni;
- ekrandagi belgilar o'lchovini;
- ishchi stoldagi yorliqlar holatini.
Mavjud tizimning konfiguratsiyasini tekshiring.
o’rnatilgan tizimni;
kompyuter konfiguratsiyasi: MP chastotasi, tezkor xotira hajmi…
Pusk menyusi bilan turli amallar bajaring, “Свойства” bo'limi vazifalarini o'zlashtiring, «Настроить» menyusi imkoniyatlarini tushutiring.
Masalalar paneli bilan turli amallar bajaring. Uning xususiyatlarini o’zlashtiring.
Windows tizimida oynalarni boshqaring.
Windowsning fayllar tizimi bilan ishlang. Quyidagi amallarni avval “Мой компьютер” ilovasi yordamida so’ngra qobiq dasturlar ilovasi yordamida amalga oshiring:
fayl va papkalar yarating;
fayl va papkalarning xususiyatlarini ko’ring;
fayl va papkalarni qayta nomlang;
fayl va papkalarning nusxasini kerakli joyga ko’chiring;
fayl va papkalarni butunlay boshqa joyga oling;
fayl va papkalarni o’chiring;
fayl va papkalarni zichlashtiring va o’z xoliga qaytaring.
Bajarilgan vazifalar bo’yicha hisobot tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |