Amaliy ish №1



Download 23,98 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi23,98 Kb.
#552707
Bog'liq
1-amaliy ish.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI

______________________________ yo'nalishi
_____-guruh talabasining


amaliy ish
1

Bajardi: ____________


Qabul qildi: ____________
Qarshi 2021 y

Mavzu:Elektron hukumat tizimini rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari
Ishning maqsadi: Rivojlanib borayotgan elektron hukumat tizimi, uning faoliyat turlari va bu sohada qabul qilingan qonun va qarorlar haqida ma’lumotga ega bo’lish


Ishning vazifalari:



  1. Elektron hukumat haqida ma’lumotga ega bo’lish

  2. Elektron hukumat tiziming rivojlantirishning fuqarolar huquq va majmajburiyatlariga ta’sirini o’rganish



Nazariy qism:
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha xarakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestrini yuritish, yagona identifikatorlar, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar ro‘yxatlarini shakllantirish, ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimini joriy qilish orqali elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — yagona reyestr) axborot tizimini;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan elektron hukumatning yagona identifikatorlari, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar ro‘yxatlari axborot tizimini modernizatsiya qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
yagona reyestrga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)ning axborot tizimlari va axborot resurslari (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimlari) kiritiladi;
davlat organlari va tashkilotlariga yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlaydigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanish taqiqlanadi. Bunda, yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimiga nisbatan tezkor, qulay, samarali, kamxarj va xavfsiz foydalanish imkonini beradigan boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanishga, istisno tariqasida, faqat raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning xulosasiga muvofiq ruxsat berilishi mumkin;
davlat organlari va tashkilotlari idoralararo elektron hamkorlik qilishda elektron hukumatning ma’lumotnomalari, klassifikatorlari va yagona identifikatorlaridan foydalanishga majburdirlar.
3. Quyidagilar:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga;
Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi;
mazkur tartib ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risida nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:
2020-yil 1-oktabrga qadar yagona reyestrni yaratish va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
2021-yil 1-yanvarga qadar yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimining amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimlarining egasi hisoblanadi va texnik faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
yagona reyestrni yaratish, “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish hamda keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘i mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga, axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
7. Davlat organlari va tashkilotlari:
a) 2020-yil 1-avgustga qadar yagona reyestrda axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni kiritishga mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilasinlar hamda mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsinlar;
b) 2020-yil 15-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan kelishgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar:
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini inobatga olgan holda o‘zlarining axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish;
amaldagi axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bo‘yicha ma’lumotlar doimiy yangilab turilishini inobatga olgan holda ularni yagona reyestrga kiritish;
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini shakllantirish doirasidagi xabar va ma’lumotlarning doimiy dolzarbligini ta’minlash.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilishining muntazam ravishda monitoringi olib borilishini ta’minlasin.
9. “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.

Foydalanilgan adadiyotlar:
1. lex.uz


Internet resurslari
Download 23,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish