teslash(release testing) Ushbu testlash jarayoni dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilar jamoasidan tashqarida, uni amaliyotga tadbiq etish davridagi testlash jarayoni bo’lib hisoblanadi. Testlashning bu bosqichidan ko’zlangan asosiy maqsad dasturiy ta’minotni amaliyotga qo’llash uchun yetarli darajada tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Bu jarayon nafaqat foydalanuvchi talablari. Balki dasturiy ta’minot qo’llanilayotgan butun bir tizimning talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Bu jarayon ham o’z navbatida bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi va ular quyidagilar:
Requirements-based testing(talablarga asoslangan testlash) – bunday testlash talablarning qay darajada bajarila olinayotganini tetslashga asoslangan. Shuning uchun dasturiy ta’minot uchun talablar ishlab chiqilayotganda ularni keyinchalik testlash uchun qulay bo’lishini ham inobatga olish kerak. Senario – testing (ssenariyni testlash) – bunda dasturiy ta’minot qay tarzda ishlashini belgilab beruvchi hujjat – ssenariy talablari bajarilayotgani testlanadi.
Performance testing(ijroni yoki dasturiy ta’minotning ishlash jarayonini testlash) – bu dasturiy ta’minotni amaliyotga tadbiq qilish jarayonidagi testlashning so’nggi bosqichi bo’lib bunda asosiy e’tibor dasturning barcha mayda detallarini ham inobatga olgan holda testlash lozim bo’ladi.
III.Foydalanuvchi tomonidan testlash(user testing) Bunda foydalanuvchi yoki iste’molchi dasturiy mahsulotdan foydalanish davomida yuzaga kelgan muammolar bo’yicha o’z fikr va maslahatlari bergan holda testlash jarayonini amalga oshiradi. Deyarli barcha tizimlar uchun dasturchi va ishga tushirish davomida olib borilgan testlashning o’zi yetarli bo’lib qolmaydi. Chunki murakkab tizimlarda shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, faqatgina foydalanuvchi yoki mijoz dasturiy mahsulotdan foydalanayotgan vaqtda muammolar yuzaga keladi. Shu jihati bilan ham testlashning ushbu bosqichi muhim hisoblanadi. Buning ham bir necha usullari mavjud:
Alfa testlash – bunda foydalanuvchi dasuturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi jamoa bilan birga faoliyat olib borgan holda testlashni amalga oshiradi.
Beta testlash – dasturiy ta’minotning ma’lum bir funksiyalari foydalanuvchilar testlashlari uchun ochiq bo’ladi va ular testlash jarayonini o’z kasbiy vazifalarini bajara turib amalga oshiradilar.
Tasqidlovchi testlash – bunda foydalanuvchi dasturiy ta’minotni izchil o’rganib uni o’zining ish jarayoni uchun tadbiq qilish mumkin yoki mumkin emasligi haqida yakuniy qarorni qabul qiladi.