Amaliyish№3 Mavzu: Ammiak olish va u bilan tajribalar o’tkazish.
Darsning maqsadi: Ammiak olish va u bilan tajribalar o’tkazishni o’rganish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:Ammoniy xlorid5kalsiy gidroksid, xlorid
kislota, fenolftalein, pirobirkalar, pipetka, shtativ, gaz olish asbobi, qizdirgich.
Ishning borishi: (Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling)
Probirkaga ammoniy xlorid hamda kalsiy gidroksid kukunlarini aralashtirib
solinadi va uni og’zini gaz o’tkazgich nayli probirka bilan mahkamlanadi.
Nayning ikkinchi uchini teskari qo’yilgan bo’sh probirkaga Kiritiladi. Aralshmali
probirkani biroz isitiladi. O’tkir hid paydo bo’lgandan kegin qizdirish to’xtatiladi
va hosil bo’lgan gazni suvli probirkaga solinadi. Ajmmiakli suv hosil bo’ladi.
Ammiakli suvga 2-3 tomchi fenolftalein tomizilganda eritma rangi o’zgaradi,
lakmus qog’oz tekkizilganda esa binafsha ranga kiradi. Xlorid kislota solganda esa
rang yo’qoladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun ammiakli suv, xlorid kislota va nitrat kislota
bilan reksiya tenglamalari yozing.
Ammiak olish asbobi