4. CPU Coller – CPU ni sovitib turuvchi qurilma (1.4-rasm).
B ilamizki, CPU larda signallar almashinuvi juda ham katta tezlikda amalga oshadi, shuning uchun ushbu qurilmada yuqori darajadagi qizish hosil bo’ladi. Buning oldini olish uchun esa CPU larning ustki qismiga sovutgich, ya’ni cooler o’natiladi. Ushbu cooler tokni ona platadagi maxsus slotdan oladi.
1.4-rasm. CPU cooler
5. Tezkor xotira (оperativnaya pamyat , ОZU, RAM) (1.5-rasm)
U shbu qurilmaning vazifasi kompyuter bilan ishlash davomida operatsion tizim yoki foydalanuvchi murojaat qiladigan fayl yoki fayllar to’plamini o’zida saqlaydi va shu orqali ma’lumotlarni tezkor almashinuvini ta’minlaydi. Ayniqsa katta hajmli axborotlarni qayta ishlashda tezkor xotiraning yetarlicha katta hajmga ega bo’lishi kompyuterning bir tekisda ishlashini ta’minlaydi va haqiqiy tezligini qo’llab-quvvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |