Amaliy ish №1
Geodeziyada ishlatiladigan о‘lchov birliklari.
Ishdan maqsad: Geodeziyada bajariladigan о‘lchash va о‘lchash natijalarini hisoblash, tenglash va jadval holiga keltirish ishlarida ishlatiladigan о‘lchov birliklarini mustaqil о‘zlashtirish.
Geodezik ishlarni bajarishda chiziqning uzunligi, maydonning yuzi, turli burchaklar, havo bosimi kabi kattaliklar о‘lchanadi. Bunda ishlatish joyiga qarab о‘lchovlarning turli birliklari qо‘llaniladi. Joyda uzunlik о‘lchashda asosiy birlik metrdir.
Geodeziyaning grafik ishlarida uzunlik birligi sifatida metr bо‘laklari-santimetr, millimetr qо‘llaniladi.
Geodezik ishlarda burchak qiymati gradus, grad, radian birliklarida о‘lchanadi.
Gradus о‘lchovi. Sanoatimizda ishlab chiqarilayotgan burchak о‘lchash asboblarining kо‘pi (hisoblash jadvallari ham) gradus о‘lchoviga moslangan. Gradus о‘lchovida aylana 360 gradus, 1gradus=60 minut, 1min=60 sekund. О‘lchangan burchak qiymati β=85º35'18'' kabi yoziladi.
Grad (detsimal) о‘lchovi. Bu о‘lchov о‘nli sistemaga asoslangan bо‘lib kо‘pincha, chet davlatlarda ishlab chiqariladigan asboblar shu sistemaga moslangan. Grad о‘lchovida aylana 400 grad (d) ga, 1grad yuz о‘nlik minutga, 1ming 100 о‘nlik sekundga teng. Bu bog‘lanish quyidagicha yoziladi. Aylana=400g; 1g =100';
1'=100''.
Burchak qiymati 125, 586345g bо‘lsa, u 125g 58s 63,45ss ga yoki 125 g 58′ 63,45″ shaklida yoziladi.
Gradus bilan grad о‘lchovlari orasida quyidagi munosabat bor:
1g =0,9º; 1º=1,11111g
1s=0,54'; 1′=1,85185s
1ss=0,324''; 1''=3,08642ss.
Radian о‘lchovi. Bu-о‘lchov birligi bо‘lib, matematik hisoblash ishlarida qо‘llaniladi. Radian о‘lchovida burchak qiymati yoy uzunligining radiusga bо‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Aylana uzunligining radiusga nisbati 2π deb olinadi; shunda 360º=2π, 180º=π, 90º=π/2 ga tо‘g‘ri keladi. Ma’lumki, π=3,14159. 1radianning gradus о‘lchovidagi qiymati ρ bilan belgilanadi; ρ=180/π bо‘lganidan uning gradus sistemasidagi qiymati quyidagiga ρ=57, 29578º=3437,7468′=206264,81″ yoki ρ=57, 29578º=57º17,7468′=57º17′44,8′ yoki yaxlitlab olsak, ρ=57,3º=3438′=206265 bо‘ladi. Radianning grad qiymati ρg=400/π=63,6620g; ρs=6366,20s; ρ′s=636620ss.
Radian о‘lchovidan gradus о‘lchoviga о‘tishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi. Burchakning radian qiymatini α, gradus qiymatini β desak, quyidagi munosabatni yozamiz;
Masalan burchakning radian qiymati βº=1,25 bо‘lsa, gradus qiymati βº=57,3x1,25=71,625º yoki 71,62º.
Burchakning gradus qiymati bо‘yicha radian qiymatini aniqlashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
β va ρ bir xil birlikda olinadi.
Misol. Burchakning gradus qiymati β=15º25′; buni minutga aylantirsak, β=925′ bо‘ladi. Burchakning radian qiymati esa bо‘ladi.
Maydon yuzini aniqlashda birlik о‘rnida kvadrat metr(m2), gektar (ga) =100x100=10000m2, kvadrat kilometr (km2) va ar (10x10) =100m2 lar qо‘llaniladi.
Havo temperaturasini о‘lchash birligi Selsi termometri shkalasining bir bо‘lagi bо‘lib, u 1daraja deb olinadi. Termometr shkalalari turli bо‘lganidan Selsiy shkalasi bо‘yicha olingan daraja qiymati yoniga S harfi yoziladi, masalan 15ºS kabi.
Havo bosimi barometrik nivelirlashda qо‘llanilib, bunda birlik bir atmosfera hisoblanadi. Bir atmosfera balandligi 760 millimetrli simob ustunining 0ºS dagi bosimiga teng. Atmosfera sо‘zi atm harflari bilan belgilanadi. Bir atmosfera bosim 1 kvadrat santimetrga ta’sir etadigan 1,033 kg og‘irlik kuchiga teng, ya’ni 1atm-25,4mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |