Ishni bajarish tartibi
Ishni bajarish jarayonida, MCC paketi ishga tushiriladi va uning ichidagi boshqaruv dasturlari ketma ket boshqariladi.
Linux Mandriva Corporate Server 4.0 operatsion tizimini ishchi oynasidan menyu bo’limidan Mandriva Linuxning boshqaruv markaziga o’tiladi.
Rasm 3.1. MCC boshqaruv dasturini ishga tushirish
Boshqaruv markaziga kirish ham yetarlicha himoyalangan. Boshqaruv markaziga kirish uchun root ya’ni admin parol kiritiladi.
Rasm 3.2. MCC Boshqaruv paneli ko'rinishi
Boshqaruv markazi bir necha bo’limlarni o’z ichiga oladi. Bular: dasturiy ta’minotni nazorat qilish va o’rnatishni boshqarish, apparat ta’minoti, fizik qurilmalarini boshqarish, tarmoq va Internet ni sozlash, tizimni sozlash, Qurilmalarni o’rnatish, xavsizlik va yuklash bo’limlari.
22
Bo'limda Dasturiy ta’minotni nazorat qilish va o’rnatishni boshqarish bo’limida quyidagilar amalga oshiriladi.
1- Dasturiy ta’minot paketlarini sozlash, nazorat qilish va o’rnatish
2- Dasturiy ta’minot komponentalarini yangilash va moderinizatsiya qilish
3- O’rnatilgan dasturiy ta’minot paketlarini o’chirish
4- OTni moderinizatsiya qilish va yangilash
Bo'limda Apparat ta’minoti, fizik qurilmalarini boshqarish bo’limida quyidagilar amalga oshiriladi:
1- Kompyuter apparat ta’minoti konfiguratsiyasini ko’rib chiqish
2- Ekran parametrlarlarini o’zgartirish
3- Sichqonchani o’rnatish nuqtasini belgilash va sozlash
4- Monitorni va grafik muhitni sozlash
5- Klaviatura parametrlarini sozlash
6- Printer parametrlarini sozlash
Bo'limda Tarmoq va Internet ni sozlash bo’limi quyidagi amallarni bajarishga mo’ljallangan:
1- Tarmoq interfeyslarini o’rnatish(LAN, ADSL,ISDN …)
2- Tarmoq interfeyslarini qayta sozlash
3- Tarmoq interfeyslarini o’chirib tashlash
4- Internet ulanishlarini local kompyuterlari uchun foydalanishga ruxsat berishni sozlash
5- Hostlar ro’yxatini boshqarish
6- Internetning boshqa o’zgarishlarini sozlash(IP, DNS server va boshqalar) 7- Tamoqni nazorat qilish
8- FTP va HTTP proxy serverlarini tarmoq uchun sozlash 9- Wi-fi aloqasini sozlash
Bo'limda Tizimni sozlash bo’limi quyidagi amallarga mo’ljallangan:
1- Dasturlar va ikonkalarni ko'rinish va yuklanish holatlarini sozlash
2- Sana va vaqtni sozlash
3- Consol ekranni ochish
23
4- Servislarni o’chirish va yoqish
5- Sistema log larini ko’rish va qidirish
6- Sistemaning foydalanuvchilarini qo’shish va o’zgartirish
5. Bo'limda Qurilmalarni o’rnatish bo’limi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1- Bu yerda disk razdel(partition) larini yaratish hajmlarini o’zgartirish va o’chirishlarni amalga oshiriladi
2- Floppy diskni tanlash va uni o’rnatish
3-DVD-ROM ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
4- NFSulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
5- Hard disk qismlarini foydalanishga ruxsat berishga sozlash
6- WebDav ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
7-Samba konfiguratsiyalarini boshqarish
8-Samba ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
Bo'limda Xavfsizlik bo’limi: bunda kompyuter va tarmoqlarini himoyalash sozlanadi.
Bo'limda Yuklash bo’limida tizimni yuklashni sozlash va tizim yuklanganda grafik mavzularni tanlashlarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |