Amaliy grafika va badiiy fotografiya


O’zbekistonda ommaviy tadbir va tomoshalarning ahamiyati



Download 1,95 Mb.
bet6/32
Sana21.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#831974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Orginal yozma qism 26.06.2022 F.Yuldoshev (2)

1.2. O’zbekistonda ommaviy tadbir va tomoshalarning ahamiyati
Madaniy tadbirlaming asosiy vazifasi - milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo’lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash hisoblanadi. Zotan, xalqlarning o’ziga xosligi va betakrorligini saqlash, tarixan shakllangan qadimiy milliy madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib topgan milliy an’ana va urf-odatlaming o‘zaro yaqinlashuvi va bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun madaniy tadbirlaming ahamiyatini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, madaniy tadbirlarda shaxs o‘z insoniy fazilatlarini shakllantira boshlaydi, yashirin, betakror, individual hususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni o‘stiradi va rivojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning o‘ziga xosligi shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ulami kelgusi avlodlarga yetkazib beradi.
Madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo’sh vaqtida ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, og’zaki jurnal, klub kechalari, badiiy kompozitsiyalar, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an’analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o’z ichiga madaniy-ma’rifiy muassasalarning asosiy va ko’p shakllarini qamrab oladi.
Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o’zida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini ko’proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda havaskorlik ijodi, bo’sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli (ommaviy bayramlar, an’anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar) ga murojaat etsak, ularda havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma’rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko’zgusidir.
Madaniy tadbirlarni amaliy tashkil qilish nazariya va metodika asosida konkret ish shakllarini ijodiy uyushtirishdir. Amaliy ishga kirishish – bu uchinchi jarayondir.
Shunday qilib, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishga erishish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  1. Nazariy va ilmiy asoslarni (jumladan, ish tajribani ham) o’rganish.

  2. Umumiy va spetsifik metodikani (jumladan, ilg’or ish tajribani ham) o’zlashtirish.

  3. Ishga ijodiy yondashish, amaliy tashkil qilish malakasiga ega bo’lish.

Shularning barchasini inobatga olib aytadigan bo’lsak, mazkur taqdimotdan anglashilga umumiy ma’no bo’lmish ommaviy tadbirlar va ularda ishlatiladigan innovatsion texnologiyalar har uchchala bobda ham o’z ifodasini topgan. Birinchi bobda madaniy tadbirlar nazariyasiga oid masalalar yoritildi. Ularning kelib chiqish tarixi va o’tmishdan misollar keltirilib o’tiladi. Unda ilmiy-nazariy asoslar, jumladan, tadbirlarning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o’rni hamda ularning umumiy va o’ziga xos printsiplari, shuningdek, konkret funktsiyalariga xarakteristika beriladi.
Ikkinchi bobda madaniy tadbirlarni tayyorlash metodikasi va jarayonining asosiy bosqichlari, ya’ni stsenariy yaratish va uni postanovka qilish qonun-qoidalari ilmiy-metodik tarzda o’rganiladi. Shuningdek, foydalaniladigan usul va vositalarga, zamonaviy texnologiyalarga izoh berildi.
Uchinchi bobda madaniy tadbirlarning asosiy shakllariga alohida va batafsil xarakteristika beriladi. Har bir shaklning mohiyati, qisqacha tarixi, o’ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy imkoniyatlari o’rganildi.
Mavzuimizga qaytadigan bo’lsak, ommaviy tadbirlarning yurtimizda o’tkazilishi faqat ijobiy manfaat beradi. Chunki bu tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad xalq hayotini mazmunli tashkil etish, ommaning ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan iboratdir. Shuning o’zi ham hukmatning xalq bilan qanchalik yaqin aloqada bo’lganini isbotlab beradi. Mazkur tadbirlarni tashkil etishni biz bir necha rejalarga bo’lishimiz mumkin. Masalan :

  1. Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati.

  2. Badiiy-ommaviy tadbirlarning afzalligi.

  3. Badiiy-ommaviy tadbirlar negizi.

  4. Kishilarda ommaviy tadbirlarga bo’lgan ehtiyoj.

  5. Madaniy-ma’rifiy ishlarning kollektivlar hayotidagi o’rni.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar — bu ideologik va tarbiyaviy ishlar sistemasining asosiy zvenolaridan biri bo’lib, ular xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, mehnatkashlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim rol o’ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy aktivligini oshirish jarayonini o’ziga xos vazifalar, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya berish, havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam olish, hordiq chiqarishini uyushtirish orqali olib boradi.
Madaniy-ma’rifiy ishlar, eng avvalo, madaniy-ma’rifiy muassasalar — klub, park, muzey, kutubxona hamda madaniy komplekslarning faoliyatidir.
Madaniy-ma`rifiy ishlar bilan klub, park, kutubxona muassasalari hamda madaniy-komplekslargina emas, balki bunday ishlar bilan boshqa ijtimoiy muassasa va tashkilotlar ham shug’ullanadi.
Madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan yuqorida tilga olingan barcha davlat muassasalari, kasaba uyushmalari ko’ngilli jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, san’at muassasalari, o’quv yurtlari, sanoat korxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar o’z ishining bir bo’lagi sifatida shug’ullanadilar. Demak, madaniy-ma’rifiy ishlar barcha kollektivlar hayotida madaniy-tarbiyaviy ish sifatida muhim o’rin egallaydi.
Madaniy-ma’rifiy faoliyat ko’p qirrali ijtimoiy-madaniy jarayon bo’lganligi sababli, u hayotning deyarli barcha sohalari bilan bog’liq. Avvalo, u kishilarnnng mehnat faoliyati va bo’sh vaqti bilan aloqadordir. Madaniy-ma’rifiy ishlar kishilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, mazmunli dam olishini ta’minlash va ishlab chiqarishda yaxshi natijalarga erishishlari uchun yordam beradi. Mehnatda qo’lga kiritilgan g’alabalarini nishonlaydi, ilg’or ish tajribalarini omma orasida targ’ib qiladi.
Hozirgi madaniy-ma’rifiy ishlarda keng tarqalgan shakllar biri ommaviy kompleks shakllardir. Ular birlashib, «badiiy-ommaviy tadbirlar» ni vujudga keltiradi. «Badiiy-ommaviy tadbirlar» tushunchasi madaniy-ma’rifiy muassasalardagi ham ommaviy, ham kompleks ish shakllarining mohiyatini yaxshiroq ochishga yordam beradi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hanuzgacha badiiy-ommaviy tadbirlar amaliyotda «madaniy-ommaviy tadbirlar», «ommaviy tadbirlar», «ommaviy shakllar» deb ham yuritiladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar kishilarning ishdan bo’sh vaqtida, ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an’analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o’z ichiga madaniy-ma’rifiy muassasalarning asosiy va ko’p shakllarini qamrab oladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar nazariyasini o’zlashtirishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o’rnini bilish muhim bo’lganidek, ularning o’ziga xos bo’lgan printsiplari va funktsiyalarini (vazifalarini) ilmiy asosda o’rganish ham katta ahamiyatga egadir.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning o’ziga xos printsiplari ularni tashkil qilishda yo’l-yo’riqlar ko’rsatadigan asosiy manbadir.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish