Mahalliy geografik bashoratlar. Ma'lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar guruhining tabiiy muhitga ta'sirini oldindan asoslab berish mahalliy geografik bashorat deb ataladi. Tabiatga ta'sir etadigan muhandislik inshootlari sanoat korxonasi, suv ombori, shaxtalar, yo'llar, aerodromlar, shaharlar va boshqalar bo'lishi mumkin.
Mahalliy geografik bashoratlarni amalga oshirishda ko'proq o'xshatish va matematik hisoblash usullaridan foydalaniladi. Masalan, foydali qazilma koni ochiq usulda qazib olinadigan bo'lsa, hududda botiq hosil bo'ladi, tashlamalar vujudga keladi, yer osti suvlari sathi pasayadi, noxush jarayon (surilma, ko'chki. o'pirilma)lar rivojlanadi, suv, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi ma'lum joylarda butunlay yo'qoladi ma'lum bir joylarda esa katta o'zgarishlarga uchraydi.O'zbekistonda asosan tekislik, tog' oldi va tog' tabiat komplekslari tarqalganligi uchun bashoratlash ishlari ikki yo'nalishda olib borilishi lozim.O’zbekistonda tekislik tabiat komplekslaridan hozirgi paytda asosan chorvachilik va sug'orma dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Cho'l yaylovlaridan ham turlicha foydalaniladi. Qizilqum, Qarnob va Surxondaryo yaylovlaridan yuqori darajada foydalanilsa, Ustyurt platosi, Qizilqumning shimoli g'arbi Orol dengizining qurigan qismidagi yaylovlardan umuman foydalanilmaydi.Ustyurt platosi hozirgi paytda, asosan. inson faoliyati ta'sirida o'zgarmoqda. Bu yerda gcologik-qidiruv ishlari, yo'l qurilishi, gaz quvurlariningyotqizilishi, ayrim joylarda muhandislik inshootlarinitig qurilishi inson xojalik faoliyatining asosi hisoblanadi.Kelajakda gaz va neft konlarining qidirilishi va ularning ishga tushirilishi, yo'llarning qurilishi, aholi manzilgohlarining barpo qilinishi munosabati bilan texnogen eroziya keng rivojianishi mumkin.Tog oldi va tog' tabiat komplekslarida insonning mehnat faoliyati juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi.Tog’ oldi tabiat komplekslari kuchii o'zgargan adirlar va past tog'lar kamroq o'zgargan o'rtacha va baland tog’lar tabiat komplekslari kuchsiz o'zgargan hisoblanadi.Tog' oldi tekisliklarining tabiat komplekslari o'zgarishining bashoratini Mirzacho'l misolida ko’rib chiqamiz. Mirzacho'lning deyarli barcha yerlari o'zlashtirib bo'lingan, Mirzacho'ldagi tabiat komplekslarining kelajakdagj o'zgarishini bashoratlashda yer osti suvlari sathi, ularning minerallashish darajasi hisobga olinmog'i lozim. Mirzacho'i yerlaridan doimiy yuqori hosil olish ucliun yer osti suvlari sathining 2,5 m chuqurlikda va ularning minerallashish darajasini 3—5 g miqdorida ushlab turish lozim. Shunda sho'rlanish jarayoni ro'y bermaydi. Buning uchun vertikal va gorizontal zovurlar yaxshi ishlashi, yerni yuvish ishlari vaqtida olib borilishi lozim. Aks holda yer osti suvlari sathining ko'tarilishi va ularning bug'lanishi natijasida yerlar sho'rlanib ketadi va ishdan chiqadi. Tog'-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiat komplekslarining o'zgarishini bashoratlashda quyidagilarga e'tibor beriladi: a) konning maydoni va loyihadagi chuqurligi; b) konni qazib olish usuli (yopiq yoki ochiq tarzda); d) kondan va qayta ishlovchi korxonalardan cluqadigan chiqindilarning yillik miqdori va ular egallaydigan maydon; e) konni qazib olish jarayonida ro'y berishi mumkin bo'lgan noxush tabiiy geografik jarayonlar; f) konni qazib olish jarayonida tuproq, o'simlik, suv va hayvonot dunyosining o'zgarishi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |