Amaliy geografiya



Download 1,67 Mb.
bet103/126
Sana31.05.2022
Hajmi1,67 Mb.
#622650
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Bog'liq
1712 AMALIY MAJMUA

Tayanch atamalar: geografik baholash, Ekologiya, sistemali, ekologik, landshaft va iqtisodiy tadqiqot usullari, agroiqlimiy resurslar, relyef, tuproq sharoiti, yer osti suvlari
Tabiiy sharoit yoki landshaftlarni foydalanish maqsadlarida ba­hoiash — geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik. chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo'jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma'lum bir qismini suv ombori qurish maqsadida baholash);
b)Baholasn uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar yoki ma'lumotlar ro'yxatini tuzish;

  1. O’rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko'rsatkichlar yoki xossalami o'rganish va o'lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi,yonbag'irlar qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me'yori va h.k,);

  2. olingan ma'lumotlar va ko'rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo'yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o'lchamlari va h.k. haqida);

f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo'qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko'ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko'rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab "juda qulay”, "qulay", "o'rtacha qulay”, "kamroq qulay", "qulay emas" deb baholanadi.Masalan, tekisliklar yo'l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho'llar qulay, to'lqinsimon tekislikiar o'rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog'lar esa qulay emas.
Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko'rsalkichlar asosida amalga oshirishga asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10 °C dan yuqori bo'lgan kunlar yig'indisi qish-loq xo'jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o'sishi mumkinligini aniqlashda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Ma­salan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig'indisi bo'Iishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratuiing +10°C dan yu­qori yig'indisi 1000° gacha bo'Iishi eng tezpishar arpa navining yeti­lishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000—1400° da pishadi, I400-1800° da esa o'rta pishar, 1800° dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko'rsatilgan ushbu miqdor ko'rsaikichlari baholash­ning ma'lum bonitetli darajalari hisoblanadi. Yer resurslari xo'jalik jihatdan juda ko'p maqsadlarda baholanadi. ayniqsa yer resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amaiga oshirish asosan relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yer osti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mayjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo'Iadi. Yuqorida ko'rsatilgan omillaming tahlili asosida O'zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari murakkablik darajasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: oddiy, o'rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar. Oddiy tabiiy komplekslarga tog' oldi prolyuvial va daryo vodiylarining yuqori terrasalari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta'minlangan bo'lib, bu suvlarining sathi ko'tarilmaydi, chunki lyoss va lyossimon jinslar ostida shag'al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay. O'rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati ta'minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer yuzasiga yaqin ko'tariladi va sho'rlanishga sabab bo'lishi mumkin. Shamol va suv eroziyasi yuz berishi mumkin. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga keltirishni loyihalashtirish zarur. , Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning o'rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug'orish davomida ularning sathi ko'tariladi va tuproqda tuz lo'plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar qurishni ko'zda tutmoq tozim. Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati ta'min-lanmagan., ularning sathi sug'orish paytida tezda ko'tarilib kctadi. Buning oldini olish maqsadida zich zovuriar tarmog'ini qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining oldini olish uchun tomchilatish, yomg'irlatib va tuproq ostidan sug'orish usullarini zarur. Iqlim resurslarining miqdor ko'rsatkichiari ko'p jihatdan qishloq xo'jalik ekinlarining turini va hosildorligini belgilab beradi. Har qanday ekinlarning pishib yetilishi uchun ma'lum miqdorda issiqlik zarur bo'iadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz iqlimiy resurslarini qishloq xo'jaligi nuqtai nazaridan baholash muhim amaliy ahamiyatga ega,
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo'lsagina ekinlar urug'i unib chiqadi, rivojlanadi va pishib yetiladi. Ekinlar­ning urug'i unib chiqishi, ko'p hollarda, havo harorati o'rtacha +10 °C dan yuqori bo'lganda yuz beradi.
O'zbekistonning tekislik qismida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud: issiq, juda issiq, o'rtacha jazirama, jazirama, o'ta jazirama. Issiq mintaqaga O'zbekistonning shimoli g'arbida joylashgan Ust-yurt platosining Orol dengizi sohillari kiradi. +10 °C dan yuqori haroratlar yig'indisi 3500° dan kam. Mazkur mintaqada uzumning ertapishar navlari yetilishi mumkin. Juda issiq minlaqada haroratlar yig'indisi 3500-4000°. Mazkur mintaqaga Ustyurt platosining shimoliy va o'rta qismlari, Amudaryo deltasining shimoliy qismi kiradi. Ushbu mintaqada uzumning tez-pishar, sholining ertapishar, makkajo'xorining kechpishar navlari pishib ulguradi. O'rtacha jazirdma mintaqada haroratlar yig'indisi 4000—4500° gacha boradi. Ustyurt platosi va Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vohasi, Qizilqumning shimoliy qismiga to'g'ri keladi. Mazkur mintaqada paxtaning ertapishar navlari toiiq pishib yetiladi. Jazirama mintaqada haroratlar yig'indisi 4500° dan 5000c gacha yetadi. Ushbu miniaqaga Qizilqumning katta qismi, Zarafshon vodiysining quyi qismi, Mirzacho'l, Farg'onavodiysi kiradi. Mazkur mintaqada paxtaning o'rtapishar navlarini ekish mumkin. Juda jazirama mintaqada haroratlar yig'indisi 5000° dan yuqori . bo'ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka tolali paxta yetishtiriladi.
Sizga ma'lumki, O'zbekistonning sharqiy va janubi sharqiy qismlari asosan tog’lardan iborat Tog'larda balandlikka ko’tarilgan sayin havo harorati pasayib boradi. natijada musbat haroratlar yig'in­disi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari ham o'zgarib boradi.
Tog'larda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: iliq mintaqa, salqin mintaqa, juda salqin mintaqa.
Iliq minlaqada haroratlar yig'indisi 3000—4000° atrofida va o'rtacha batandlikdagi tog'larni o'z ichiga oladi. Ushbu mintaqada lalmikor yerlarda don yetishtirish hamda sug'orma uzumchilikni rivojlantinsh mumkin paxta yetilmaydi.
Salqin mintaqada musbat haroratlar yig'indisi 3000° dan kam. O'rtacha balandlikdagi tog'larni o'z ichiga oladi. Mazkur mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Juda salqin mintaqada haroratlar yig'indisi 1000° dan kam, dehqonchilik uchun yaramaydi. Bu mintaqa baland tog'larni o'z ichiga oladi.
Tabiat komplekslarining dam olish maqsadlarida fuydalaniladigan xususiyatlari yoki komponentiari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan, manzarali o'rmon, dengiz va okean qirg'oqlari, tog' vo-diylari, g'orlar. manzarali chiroyli o'simliklar, ajoyib relyef shakllari, muzlar shular jumlasidandir.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish