Mustaqil tekshirish savollari:
Elektr markazdan qochma nasoslarni usti va quduq ichi jihozlari.
Elektr markazdan qochma nasoslari qanday meyorlar asosida guruhlarga ajratiladi.
Elektr markazdan qochma nasoslarni modulli tayyorlanishining afzallik tomonlarini kо‘rsating.
Gaz – ajratgichlarni tayinlanish asoslari.
Topshiriq bo’yicha variantlar
№
|
Dtash., m
|
H, m
|
Q, m3/kun
|
Ps, Mpa
|
l, m
|
1
|
140
|
2700
|
140
|
0,2
|
100
|
2
|
169
|
2800
|
145
|
0,2
|
100
|
3
|
141
|
2900
|
150
|
0,2
|
100
|
4
|
128
|
3000
|
155
|
0,2
|
100
|
5
|
122
|
2800
|
160
|
0,2
|
100
|
6
|
140
|
2700
|
140
|
0,2
|
100
|
7
|
154
|
2800
|
145
|
0,2
|
100
|
8
|
143
|
2900
|
150
|
0,2
|
100
|
9
|
145
|
3000
|
155
|
0,2
|
100
|
10
|
166
|
2800
|
160
|
0,2
|
100
|
6-AMALIY MASHG‘ULOT. NEFT QUDUQLARIDAGI QUM TIQINLARNI BARTARAFLASHDA QО‘LLANILADIGAN JIHOZLAR VA UNING HISOBI
Ishning maqsadi: neft quduqlarini yuvish yordamida qum tiqinlarini bartaraflash jihozlarini tanlash va ularni о‘rganish
Nazariy qism.
6.1. Quduqlarni yuvish tartibi
Qumlar (tog‘ jinslarining zarralari) qatlamdan quduqning stvoliga tog‘ jinslarini parchalanishi natijasida, odatda yumshoq yoki kuchsiz sementlangan tog‘jinslaridan olib chiqiladi. Quduqning tubida chiqqan qum tо‘planib о‘tirib qoladi va qum tiqinlarini hosil qiladi hamda quduqqa oqib keladigan debitni kamaytirib yuboradi.
Qum tiqinlarini bartaraflash ishlari quduqlarni yer osti kapital (joriy) ta’mirlash ishlariga kiradi hamda quduqni suv bilan, har xil suyuqliklar, gaz suyuqlik aralashmasi, kо‘piklar, havo damlab yuvish ishlari amalga oshiriladi.
Quduqlarni qum tiqinlardan yuvish tо‘g‘ri va teskari (6.1-rasm) usullarda olib boriladi.
Yuvishning asosiy mohiyati quduq tubidagi tiqinni yuvuvchi suyuqlik suv yoki neft yordamida yuqoriga yuvib chiqarishdir. Yuvishning quyidagi usullari qо‘llaniladi: tо‘g‘ri, teskari, tо‘xtovsiz va aralash. Tо‘g‘ri yuvishda suyuqlik yuvuvchi quvurlarga haydaladi, yuvilgan qumlar halqa oraliq orqali harakatlanadi.
Teskari yuvishda yuvuvchi suyuqlik halqa oralig‘iga haydaladi, yuvilgan qumlar yuvuvchi quvurlar orqali harakatlanadi.
Kompleks usulda yuqorida 2 ta usul birlashtiriladi.
Yuvish tezligi va uning samaradorligi yuvuvchi suyuqlikning sifatiga, tanlangan yuvish usuliga, ishlatish tizmasining diametriga va yuvuvchi quvurga, tiqinning tavsifiga bog‘liq. Yuvuvchi suyuqlik sifatida va tiqinni bartaraf qilish uchun neft, suv va loyli eritmalardan foydalaniladi.
Loyli eritmalar favvora quduqlariga haydaladi, qaysiki qatlam bosimi gidrostatik bosimdan yuqori bо‘lganda qо‘llaniladi. Neft va loyli eritmalar yuvuvchi suyuqlik sifatida qо‘llanilanganda, maxsus tarnov tizimidan va chо‘ktirgichlardan foydalaniladi. Quduqlarni qumli tiqinlardan tozalovchi jihozlar texnologik sxemalarga bog‘liq (6.1-rasm). Yuvuvchi nasosning turi talab qilingan bosim va uzatish kо‘rsatgichidan kelib chiqib aniqlanadi.
Quduqlarni yuvishni gidravlik hisobini olib borish ishlarida talab qilingan bosim va suyuqlik sarfining texnologik tasniflari, halqa oralig‘ida suyuqlik harakatlanganda yо‘qotilishi, yuvuvchi quvurlarda va halqa oralig‘ida suyuqliklarni zichligini farqi muvozanatlashganda naporni yо‘qotilishi, shlangda, vertlyugda va nasadkada naporni yо‘qotilishi о‘rnatiladi hamda jarayonni amalga oshirishni muddati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |